“INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE” BELARUS, International scientific-online conference www.interonconf.com
100 PAGE
Narxlar barqarorligini ta'minlash inflyatsion targetlash rejimiga o'tishda
samarali usullardan biri bo'lib, u o'z navbatida, "O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning bank
tizimi va to'lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta'minlash singari asosiy
maqsadlari qatorida turadi. Past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror)
inflyatsiya mamlakatda barqaror iqtisodiy o'sish uchun juda zaruriy omil
hisoblanadi. Binobarin, inflyatsion kutilma tijorat banklari tomonidan kredit
ajratishda undagi foiz stavkasiga qo'shiladi hamda yuqori inflyatsion kutilma
kredit foiz stavkasining yuqori bo'lishiga olib keladi.
Barqaror iqtisodiy o'sish uchun past darajadagi va progonoz qilinadigan
(barqaror) inflyatsiya markaziy banklar uchun zaruriy shartlardan biri
hisoblanadi. Shu sababli, past darajadagi va prognoz qilinadigan (barqaror)
inflyatsiyani ta'minlash aksariyat markaziy banklar tomonidan ularning uzoq
muddatli maqsadi (target) sifatida belgilanadi.
Inflyatsion targetlash rejimi bir necha makroiqtisodiy maqsadlarga
erishish imkonini beradi:
narxlarning keskin oshishi va yuqori inflyatsiyani oldini olish;
pul bozorini shakllantirish, pul bozorini segmentlash sabablarini bartaraf
etish;
ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarning
to'lov qobiliyatini qo'llab-quvvatlash hamda moliya sektorining barqarorligini
ta'minlash.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsion jilovlash rejimi
sharoitlarida pul kredit siyosatining quyudagi instrumentlari foydalanadi:
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya darajasini ushlab turish uchun
pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri bo'lib, Markaziy bank
tomonidan belgilanadigan asosiy stavka hisoblanadi.
Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirish orqali tijorat banklari
tomonidan omonat va kreditlar bo'yicha taklif etiladigan foiz stavkalariga ta'sir
ko'rsatishi mumkin. Bu o'z navbatida, umumiy talab orqali iqtisodiyotdagi narx
darajasiga ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflyatsion targetlash
rejimiga bosqichma-bosqich o’tilayotgan bo'lib, 2023 yilda 5 foiz darajadagi
inflyatsion maqsad (target)ga erishish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning inflyatsiyaga qarshi
kurashdagi asosiy vazifalaridan biri bu Markaziy bank asosiy stavkasi – pul
kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Banklararo pul
bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank
tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog'liq.