Ona tili va o’qish savodxonligi



Yüklə 380,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.12.2022
ölçüsü380,67 Kb.
#76560
1   2   3   4
2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darslari samaradorligini oshirish Maqola

1
 Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursunov Sh., Hakimova N. Baxtiyorova H. Ona tili va o‘qish savodxonligi 2-
sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. 4-bet. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1132


Darsning metodi: tushuntirish, suhbat, “Bulutlarni tarqating” didaktik o‘yini, 
“Ajratamiz” didaktik o‘yini, Rasmli diktant. 
Darsning borishi: O‘quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida “Bulutlarni 
tarqating” didaktik o‘yini o‘tkaziladi. 
“Bulutlarni tarqating” didaktik o‘yini. 
O‘qituvchi doskaga quyosh rasmini iladi va uni “So‘zni topib ishlating” 
bo‘limiga oid savollar yozilgan bulutchalar bilan yopib qo‘yadi. Sinf jamoasi 3 
guruhga bo‘linadi. 
O‘quvchilarning qo‘llariga Tarbiya faniga oid savollar yozilgan kartochkalar 
tarqatiladi. Ularga javob bera olgan o‘quvchi bulutni olib, unda yozilgan savolga javob 
beradi. Agar qo‘lidagi savolga javob bera olmasa, jamoasidan yordam olishi mumkin, 
ammo bulutdagi savolga o‘zi javob berishi lozim. O‘yin shu tariqa davom etib, hamma 
bulutlardagi savollarga javob berilgandan so‘ng quyosh porlaydi. Qaysi guruh to‘g‘ri 
va ko‘p savollarga javob bergan bo‘lsa, shu guruh g‘olib hisoblanadi va 
rag‘batlantiriladi. 
Yangi mavzu: Yangi mavzuni e’lon qilishdan avval, o‘qituvchi doskaga bittadan 
misol yozilgan uchta varoqlarni iladi, o‘quvchilarga navbat bilan bajartiradi va 
birgalikda bajarilgan misollarni tekshiradi, xatosi bo‘lsa, to‘g‘rilaydi. Shundan so‘ng 
varoqlarning orqasini o‘giradi va bugungi mavzu nomi (Samarqand - tarix beshigi) 
kelib chiqadi.
O‘qituvchi mavzuni tushuntiradi: 
Samarqand - dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. U o‘rta asrlarda “Yer 
yuzining sayqali” deya e’tirof etilgan. Samarqandning qadimgi nomlaridan biri 
“Smarakansa” bo‘lib, “ulug‘ shahar” degan ma’noni anglatgan. Turkiy tilda so‘zlovchi 
aholi esa uni “Semizkent” deb atagan. 
Qadimda Samarqandni baland devor bilan o‘rab chiqishgan. O‘sha devorlar 
shaharni dushmanlar hujumidan himoya qilib turgan. Devor bilan o‘ralgan shaharlar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1133


qal’a deyilgan. Uning 3ta darvozasi bo‘lgan. Samarqand qal’asiga kirish va chiqish ana 
shu darvozalar orqali amalga oshirilgan. 
Qal’a mustahkam bo‘lsa ham, u juda ko‘p hujumlarga uchragan, urushlarga guvoh 
bo‘lgan. Bir necha bor vayronaga aylantirilgan. Ana o‘sha vayronalar ba’zi manbalarda 
Afrosiyob deb ham ataladi. 
Bundan 650 yil oldin Amir Temur bobomiz Samarqand shahrini o‘z davlatining 
poytaxti deb e’lon qilgan. Shahar yana devorlar bilan o‘rab olingan. O‘shanda shaharga 
kirib-chiqish uchun 6ta darvoza qurilgan. Temuriylar davrida Samarqand shahri juda 
go‘zallashib ketdi. Registon maydoni ham ayni shu davrlarda qurilgan. Bu maydonda 
hozir “Sharq taronalari” xalqaro festivali o‘tkaziladi. 
1925-yildan 1930-yilgacha Samarqand davlatimiz poytaxti edi. Olimlarning 
aniqlashicha, Samarqandning yoshi 2700dan oshgan ekan. Samarqand albatta borish 
kerak bo‘lgan 50 shaharning biri hisoblanadi.
2
O’qituvchi Samarqand haqida ma’lunotlarni o’quvchilarga chiroyli nutqi orqali 
yetkazgandan so‘ng suhbat metodidan foydalanib, o‘quvchilarning bilimlarini 
mustahkamlaydi. 
1. Samarqand shahri haqida nimalarni bilasiz? 
2. 
“Qadimgi” deganda nimani tushunasiz? “Qadimgi shahar” deganda-chi?
3. Samarqand haqida nimalarni bilib oldingiz?
 
“Ajratamiz” didaktik o‘yini
3
 
Darslikning 56-betida berilgan koʻrsatmalar asosida “Ajratamiz” oʻyini 
tashkillashtiriladi. Oʻquvchilar oʻyin shartlarini oʻqib chiqadilar hamda oʻqituvchi 
qayta tushuntirib oʻtadi. Shundan keyin oʻyinni oʻynash boshlanadi. 

Yüklə 380,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin