Savol-javob
“Davlatlar” deb nomlangan ustunga yozilgan so‘zlarga e’tibor qarating. Ularda
qanday o‘xshashlikni ko‘ryapsiz?
Ushbu savol davlat nomlari
-iston va
-iya qoʻshimchalari bilan tugashiga
oʻquvchilarning diqqatini qaratish maqsadida berilgan.
Oʻquvchilar toʻgʻri javobga yetib kela olmasalar, oʻqituvchining oʻzi buni
tushuntirib beradi. Nega davlat nomlari shu shaklda tugashini u yerda shu millat
vakillari yashashi bilan bogʻlab tushuntiradi.
Mavzuni mustahkamlash maqsadida
“Rasmli diktant” o‘tkaziladi.
“Rasmli diktant”
Ushbu topshiriq mashq daftariga bajariladi. Mashq daftarida
gʻisht,
musht, daraxt, poyezd, goʻsht, past-baland soʻzlariga oid rasmlar berilgan. Oʻquvchilar
shu soʻzlarni yozib berishlari kerak. Ushbu topshiriqning maqsadi - soʻzlar oxiridagi
tovushlar ba’zan aytilmasa ham, yozilishini anglatish. Mashq tugatilgach, soʻz oxirida
kelib, talaffuzda tushib qoladigan, lekin yozuvda saqlanadigan undoshlar haqida
nazariy ma’lumot yetkaziladi.
Oʻquvchilar ushbu qoidani yod olishlari kerak emas. Umuman olganda, bu qoida
ham emas, shunchaki bilim beruvchi ma’lumot sifatida qaralishi lozim.
4
Bu dars orqali o‘quvchilarning Samarqand haqidagi bilimlari yanada oshadi va
soʻz oxirida kelib, talaffuzda tushib qoladigan, lekin yozuvda saqlanadigan undoshlar
haqida ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf oʻqituvchilari hamda oliy ta’limning
bitiruvchi kurs talabalariga ham ushbu maqoladan foydalanishni tavsiya beramiz.
Dostları ilə paylaş: