tushirish bо‘yicha о‘tkaziladigan barcha tadbirlar mazmuni va tartibi yozilgan
tо‘liq yozma izohini о‘z ichiga oladi. Ekspluatasiya bо‘yicha yо‘riqnomalar
(texnologk xaritalar) uskunalar ekspluatasiyasi texnologik parametrlarining ruxsat
etilgan chegaralari (bosim, temperatura, suyuqlik sathi, ishlab chiqarish, yuklama
va h.)ni belgilaydi.
Texnik xizmat kо‘rsatish ekspluatasion (operator, apparatchi, mashinist) va
xizmat kо‘rsatuvchi (master yordamchisi, navbatchi slesar)
xodimlar orqali
amalga oshiriladi. Ular maxsus tayyorgarlikdan о‘tgan, yо‘riqnoma olgan va
uskunalarni ishlatishda barcha ekspluatasiya shartlariga rioya qilishlari va
javobgarlikni zimmalariga olishlari kerak. Xizmat kо‘rsatish xodimlari vaqti-vaqti
bilan attestasiya qilinadi, sо‘ngra hujjat asosida rasmiylashtiriladi.
Texnik xizmat kо‘rsatish о‘z ichiga: texnologik
xaritalarni va ishlab
chiqarish y yо‘riqnomalarini kо‘z bilan va nazorat-о‘lchov asboblari
kо‘rsatkichlari bо‘yicha barcha
shartlarga amal qilish;
moylash va sovitish
tizimlarini (ba’zi hollarda isitish tizimlarini ham) puxta holatda saqlash; mayda
ta’mirlashlar (salniklarni tortish, kichik о‘lchamdagi armaturalarni almashtirish,
mas’uliyati kichik joylardagi nozichliklarni bartaraf qilish va h.). Agar aniqlangan
ishdan chiqqan joylarni ishga tushirish qiyinchilik tug‘dirsa va buning natijasida
avariya
holati yuzaga kelsa, xizmat kо‘rsatish bо‘yicha boshliq uchastka
ekspluatasiya xizmati rahbarini bu haqida xabardor qiladi va ishdan chiqqan
uskunani avval zahirada bо‘lgan shunday uskunani ishga tushirgandan sо‘ng (agar
shunday uskuna bor bо‘lsa) tо‘xtatadi, bunda tizimda halokat bо‘lmasligini
ta’minlovchi barcha shartlarga amal qilinadi.
Kuzatish natijalari va о‘tkazilgan ta’mirlash ishlari tarkibini xizmatchi
xodimlar ish smenasi jurnaliga yozib qо‘yadi, qaysiki
bu jurnalga uskunaning
hozirgi amaldagi holati va ish smenasi topshirilayotgandagi omillar ham
rasmiylashtiriladi. Ushbu jurnaldagi yozuvlarga va joydagi tekshiruvlar, hamda
kuzatuvlar natijalariga binoan ta’mirlash xizmati normal
ekspluatasiya sharoitini
ta’minlovchi kerakli chora-tadbirlarni qabul qilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: