Neft va gaz konlari mashinalarini rejaviy


Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi



Yüklə 212,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix20.12.2022
ölçüsü212,38 Kb.
#76784
1   2   3   4
LABORATORIYA №6

Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi. Ta’mirlashning 2 kо‘rinishi bor: joriy va 
kapital. Ular yо‘nalishiga kо‘ra, tarkibiga va hajmiga binoan, shuningdek, 
takrorlash chastotasiga kо‘ra bir-biridan farq qiladi. 
Joriy ta’mirlash deganda, kutilayotgan rejaviy ta’mirlashga belgilangan 
ishchi parametrlar chegarasida uskunalarni normal ekspluatasiya qilishni 
ta’minlash maqsadida ta’mirlash yoki buzilgan detalni almashtirish bо‘yicha olib 
boriladigan rejalashtirilgan ishlar majmuasi tushuniladi. 
Joriy ta’mirlash ishlarining muddati va ketma-ketligi tasdiqlangan jadvalga 
qarab belgilanadi. Uzluksiz ishlaydigan uskunalarni ta’mirlash ishlarini olib 
borish uchun tо‘xtatib qо‘yish kerak (odatda bu texnologik mashinani birgalikda 
tо‘xtatish, masalan, uskuna yoki sexni). Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan uskunalarni 
ishlamaydigan smenada ta’mirlanadi, zahiradagi bilan almashtiriladi, yoki о‘rnini 
almashtirish vaqtida ta’mirlanadi. 
Joriy ta’mirlash kichik hajmga ega. Joriy ta’mirlash vaqtida uskunalarning 
faqat ba’zi bir detallarigina ajratib olinadi. Diqqat bilan kо‘rik о‘tkazilganda 
uskunalar holati aniqlanadi va kichik ta’mirlash ishlari о‘tkazish yо‘li bilan uning 


ishga yaroqliligi qayta tiklanadi, bundan tashqari yedirilish jadalligi va xarakteri 
baholanadi, bu esa kapital ta’mirlashni hajmi va vaqtini tо‘g‘ri belgilash uchun 
juda muhimdir. 
Kapital ta’mirlash – hajmi bо‘yicha katta rejalashtirilgan ta’mirlash bо‘lib, 
unda uskunalarni detallari holatini aniqlash maqsadida hajmi bо‘yicha bо‘laklarga 
bо‘linadi (shu bilan birgalikda butunlay qismlarga ham bо‘linadi) va ishga 
yaroqsiz bо‘lib qolgan barcha qismlari almashtiriladi. Kapital ta’mirlash natijasida 
uskunalar boshlang‘ich texnik xarakteristikalarigacha qayta tiklanishi kerak. Bu 
ta’mirlash boshqalaridan ta’mirlash muddatining uzunligiga va qaytarilish 
chastotasining kichikligi bilan farq qiladi. 
Uskunalarni kapital ta’mirlash vaqtida, agar ularni qayta tiklash mumkin 
bо‘lmay qolgan bо‘lsa, yoki katta sarf xarajatlarni qoplay olmaydigan bо‘lsa yoki 
uskunalar ma’naviy eskirgan va uskuna ekspluatasiyasining yangi yuqori 
parametrlarini ta’minlash holatida bо‘lmasa, ularni butunlay almashtirish 
mumkin. Kapital ta’mirlash vaqtida, odatda uskunalarni ba’zi bir qismlarini 
almashtirish yо‘li bilan modernizasiya qilinadi. Modernizasiya ishlab 
chiqarishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarining oshishiga yordam beradi, 
shuning uchun uni har qanday yо‘l bilan keng ommalashtirish kerak. 
Ba’zi bir korxonalar uchun о‘rtacha ta’mirlash toifasini kiritish maqsadga 
muvofiq bо‘lishi mumkin. О‘rtacha ta’mirlash о‘tkaziladigan ishlar hajmi
davomiyligi va takrorlanishi bо‘yicha joriy va kapital ta’mirlashlar orasidagi joyni 
egallaydi.
Joriy ta’mirlash hajmini salgina oshirishda ikki kapital ta’mirlashlar 
orasidagi jihozlar xizmat muddatini chо‘zish mumkin, ya’ni ta’mirlashning har 
qanday kо‘rinishlariga sarflanadigan kuch va vositalarini iqtisod qilishning eng 
qulay sharoitlari ta’minlanadi. Shu maqsadda «Kimyo sanoati korxonalari 
uskunalarining ta’miri va texnik xizmat kо‘rsatish tizimi»da ba’zi bir 
konstruksiyasi murakkab bо‘lgan uskunalar uchun normativda joriy ta’mirlashni 
katta hajmda о‘tkazish yoki bо‘lmasa, kichik hajmdagi qо‘shimcha kapital 
ta’mirlashni qо‘shish imkoni kо‘rib chiqiladi. 
Nazorat savollari: 
1. Uskunalarga qо‘yiladigan asosiy talablar? 
2. Profilaktik ta’mirlashning maqsadi? 
3. Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi usulida qо‘llanilishini izohlang? 
4. Kapital ta’mirlash usulida izohlang? 

Yüklə 212,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin