11
Bu kabi so`zlardagi maza-ta’m belgisi ushbu so`zlarning sifatlar sari siljishiga
ham zamin yaratgan. Bir guruh sifatlar borki, ularning umumiy ma’nosi asosida
kishi ismlari yuzaga kelgan. Sifat asosida hosil bo`lgan atoqli otlarning ma’no
ifodasi bo`yicha aytilgan fikrlar fanda munozaralidir.
Sifat asosida paydo bo`lgan kishi ismlarini quyidagi guruhlarga bo`lib
tadqiq etish mumkin:
1.
Xususiyat sifatlari asosida shakllangan atoqli otlar: Abay, Kuzan,
Bayri, Chevar, Bakir, Daler, Chaqqon, O`ktam, O`tkir;
2.
Holat sifatlari asosida shakllangan atoqli otlar: Uljon, To`qboy,
Toshbotir, So`lim, Suyarbek, Olqinboy, Yorqin, Yolqin, Bo`kay, Gajir, Bayan,
Barlos, Bayna, Bayot, Abjir, Barchin, Bokira;
3.
Rang-tus asosida shakllangan atoqli otlar: Qorajon, Oqqiz,
Sari(sariq sochli), Sariboy, Qoraqiz, Yashil, Qoracha, Ko`kqiz;
4.
Shakl - ko`rinish asosida shakllangan atoqli otlar: Do`mbaqoy,
Oyday, Oydona, Oycha;
5.
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar asosida shakllangan atoqli otlar:
Chuchuk, Shirin, Laziz, Bolbibi, Bolqiz, Totli;
6.
Hajm-o`lchov sifatlari asosida shakllangan atoqli otlar: Kattabek,
Uzoq, Uzun, Mitti, Mittigul, Ortiq va b.
Bu qatorni yana davom ettirishimiz mumkin. Ko`rinadi, so`z ma’no
imkoniyati grammatikani belgilashda ham o`ziga xos o`rin tutadi. Xulosa qilib
shuni aytish lozim ko`rdikki, tilshunoslikda alohida ahamiyat kasb etgan
polesemantika sifatlarda ko`p uchraydigan hodisasi bo`lib, nutqimiz boyligiga
o`z hissasini qo`shib kelgan.
Sifatlar o`ziga xos quyidagi morfologik xususiyatlarga ega:
Dostları ilə paylaş: