2
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA ANNOTATSIYA
Sifat o`zbek tilida o`zining leksik-grammatik xususiyatlariga ko`ra
mustaqil so`z turkumi sifatida ajratilgan. Sifat leksemalarni yoritishda
semantik-uslubiy xususiyatlar oqsamoqda.
Bu kabi holatlar mavzuning
dolzarbligini belgilaydi.
MDning maqsadi sifatning ma’no jihatidan turlarini semantik-funksional
xususiyatlarini ochish. Vazifalari:
– sifat so`z turkumi va uning lingvistik tabiatiga munosabat bildirish;
– sifat leksemalarining ma’no ko`chish sabablarini o`rganish;
– konversiya
hodisasini sharhlash;
– sifatlarning semantik-funksional xususiyatlarini ochish
MDning obyekti sifatida o`zbek adiblari asarlari, “O`zbek tilining izohli
lug`ati”, “O`zbek tilining etimologik lug`ati” dan foydalanildi.
Tadqiqotning predmeti. Hozirgi o`zbek tilida
sifatlarning semantik-
funksional xususiyatlaridir.
Metodologik asosida dialektik, tavsifiy, qiyosiy-tarixiy
tahlil usullaridan
foydalanildi.
Ishning yangiligi:
– o`zbek tilida sifat so`z turkumi va uning lingvistik tabiatiga munosabat
bildirildi;
– sifat leksemalarining ma’no ko`chish sabablari o`rganildi;
– sifatda kuzatiladigan konversiya hodisasi yoritildi;
Amaliy ahamiyati va tatbiqi: ish nazariy jihatdan
sifatlarga xos semantik
xususiyatlarni yanada chuqur anglashga asos yaratadi. Amaliy jihatdan esa turli
3
o`quv qo`llanmalar, lug`atlar tuzishda, ma’lum bir narsaga xos rangni
bildiruvchi
sifatlar, sifat asosida shakllangan o`zbekcha kishi ismlariga oid
monografiyalar yaratish uchun xizmat qiladi. Mavzu yuzasidan “Filologiya
masalalari” (2013, 2014 yillar)da, magistrlar to`plamlarida maqolalar nashr
qilindi, BuxDU professor-o`qituvchilarining 2013-yilda o`tkazilgan an’anaviy-
ilmiy anjumanida ma`ruza qilindi.
Ish kirish (Ishning umumiy tavsifi), uch bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, 83 sahifani tashkil etadi.
Ilmiy rahbar T. Asadov
Magistratura talabasi G.Muqimova