Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Hadisi sharifda:
“Qachonki ikki xatna qilingan aloqa qilsa va hashafa (erkak andomining
uchi) g‘oyib bo‘lsa, nutfa xoh inzol bo‘lsin, xoh bo‘lmasin, g‘usl qilish vojibdir”, deyilgan.
Ushbu hukm insonlarga xosdir. Hayvontabiat bir inson
biror hayvon bilan aloqa qilsa,
g‘usl vojib bo‘lishi uchun maniy kelishi shart.
TANBEH: yuqorida birovning orqasiga jimo’ qilish sababidan g‘usl vojib bo‘lish mas’alasi
zikr qilindi. Ushbu fahsh amal og‘ir jinoyat, gunohi azimdir. Hazrati So‘fi Allohyor
rahmatullohi alayh forsiydagi “Maslakul - muttaqin” asarlarida shunday deganlar:
Nakunad in tariqae mal’un,
Balki az tariqai humul odun.
Harki, sozad nazar ba so‘i pas,
La’nati Haq musallati on kas.
V-onki, rozi shavad bo in kor,
Shud sazovori la’nati Jabbor.
(Bunday fahsh ishni (orqa yo‘lga jimo’ qilishni) mal’un
ham qilmaydi, balki bu gunohni
qiluvchilar shaytondan ham battardir. Kimki orqa yo‘lga shahvat bilan nazar qilsa va yo
kimki bu ishga rozi bo‘lsa, Allohning la’natiga giriftor bo‘ladi).
3. Ehtilom. Ya’ni uyqudan uyg‘onganda kiyimi yo badanida maniy yoki maziy ko‘rmog‘i.
Insondan uch xil suyuqlik keladi: maniy, maziy va vadiy. Maniy hukmi yuqorida o‘tdi.
Maziy
shunday suyuqlikki, u er kishi o‘z ayoli bilan hazillashganda, o‘ynashganda keladi,
ammo kelgani bilinmaydi. Rangi oq, maniydan ko‘ra suyuqroq bo‘ladi. Uyg‘oq
holda
kelsa, tahoratni buzadi, ammo g‘usl vojib bo‘lmaydi. Uyquda kelsa, maniy bo‘lishi
ehtimolidan g‘uslni vojib qiladi. Agar kishi tush ko‘rsa-yu suv ko‘rmasa, g‘usl
vojib
bo‘lmaydi. Lekin tush ko‘rmasa ham, uyg‘onganda kiyim yoki badanida maziy yo maniy
asoratini, ya’ni namni topsa, g‘usl qiladi. Hadisi sharifda: “Al mou bil moi”, ya’ni g‘usl
suvni ko‘rishdandir, deb marhamat qilingan.
Vadiy ham shiralik bo‘lib, ba’zan peshobdan keyin keladi. Tahoratni ketkizadi, ammo
g‘uslni vojib qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: