Jins bilan birikib irsiylanish



Yüklə 169,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix22.12.2022
ölçüsü169,85 Kb.
#77381
1   2   3   4   5   6   7   8
Genetikadan mustaqil ta\'lim 8-semestr

175-masala. Akvariumda boqiladigan baliq zotlaridan birining (guppi) kulrang 
urg‘ochi baliqlari ola-bula erkak baliqlar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda 
olingan baliqchalarning 50% i urg‘ochi bo‘lib, ular kulrang bo‘lgan, 50% i esa 
erkak bo‘lib, ular ola-bula bo‘lgan. F
2
va F
3
da ham bu natija takrorlangan. 
Olingan natijalarni izohlang. CHatishtirish uchun olingan dastlabki urg‘ochi va 
erkak baliqlarning genotipini aniqlang. 
176-masala. Oq rangli erkak akvarium baliqlari qizil urg‘ochi baliqlar bilan 
chatishtirilgan. F
1
da olingan barcha erkak va urg‘ochi baliqchalar qizil rangli 
bo‘lgan. F
2
da olingan 117 ta baliqchalar erkak va urg‘ochi bo‘lishiga qaramay 
qizil bo‘lgan, 43 tasi esa erkak bo‘lib, ular oq rangli bo‘lgan. Teskari chatishtirish 
o‘tkazilganda esa F
1
da olingan 197 ta baliq oq, erkak jinsli va 130 ta baliq qizil, 
urg‘ochi jinsli bo‘lgan. Bu belgi qanday irsiylanadi? Baliqlarning genotipini 
aniqlang. 
177-masala. Endi tuxumdan chiqqan jo‘jalarning jinsini birdaniga aniqlab 
bo‘lmaydi. CHunki, ularning jinsidan darak beruvchi tashqi belgilar hali yaxshi 
rivojlanmagan bo‘ladi. Patning qora yoki chipor bo‘lishini ta’min etuvchi gen X 
xromosomada joylashganligi e’tiborga olinsa, jo‘jalarning jinsini vaqtliroq 
aniqlash uchun belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi hodisasidan 
foydalanish mumkinmi?
178-masala. CHipor tovuqlar qora xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi 
avlodda olingan jo‘jalarning 1/2 qismi chipor va 1/2 qismi qora patli bo‘lgan. 
Jo‘jalarning jinsi aniqlanganda chipor patli jo‘jalarning hammasi xo‘roz va qora 
patlilarning hammasi tovuq bo‘lib chiqqan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va 
xo‘rozlarning hamda jo‘jalarning genotipini aniqlang. 
179-masala. Kanareykalarda patning yashil bo‘lishini B va jigarrang bo‘lishini b 
genlari ta’minlaydi. Har ikala gen X xromosomada joylashgan. YAshil rangli nar 
kanareykalar jigarrang patli moda kanareykalar bilan chatishtirilganda, keyingi 


avlodda olingan kanareykalarning 50% i nar va 50% i moda bo‘lgan. Har qaysi 
jinsga mansub qushlarning 50% i yashil va 50% i jigarrang bo‘lgan. CHatishtirish 
uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan kanareykalarning genotipini 
aniqlang. 

Yüklə 169,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin