180-masala. Kanareykalarda patning yashil bo‘lishini belgilovchi B geni va
jigarrang bo‘lishini ta’minlovchi b geni jins bilan birikkan holda nasldan - naslga
o‘tadi. Boshida kokilning bo‘lishini belgilovchi C geni va kokilsizlikni belgilovchi
c genlari autosomada joylashgan.
1) yashil, kokilli kanareyka xo‘rozi jigarrang, kokilsiz kanareykalar bilan
chatishtirilganda, F
1
, F
2
va har ikkala F
B
da qanday natija olish mumkin? Teskari
chatishtirish o‘tkazilsa-chi?
2) yashil, kokilsiz kanareyka xo‘rozi jigarrang, kokilli makiyon bilan
chatishtirilganda quyidagi natija olingan: 1 ta jigarrang, kokilli xo‘roz; 1 ta
jigarrang, kokilsiz; 2 ta yashil, kokilli makiyon kanareykalar olingan. Ota-ona
kanareykalarning genotipini aniqlang.
3) har ikkala ota-ona kanareykalar yashil, kokilli bo‘lgan. Ularning ikkita
jo‘jasidan bittasi yashil, kokilli xo‘roz va bittasi jigarrang, kokilsiz makiyon
bo‘lgan. Ota-ona kanareykalarning genotipini aniqlang.
181-masala. Odamlarda ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) retsessiv belgi
bo‘lib, uni belgilovchi d geni va uning dominant alleli D geni (ranglarni normal
ajrata olishlik) X xromosomada joylashgan. Ranglarni normal ajrata oladigan qiz,
xuddi shunday ranglarni normal ajrata oladigan yigitga turmushga chiqqan. Oilada
tug‘ilgan qizlarning hammasi normal, o‘g‘illarining ayrimlari esa daltonik bo‘lgan.
Ota-onaning genotipi qanday bo‘lgan?
182-masala.Ranglarni yaxshi ajrata oladigan qiz, xuddi shunday fenotipga ega
bo‘lgan yigitga turmushga chiqqan. Oilada tug‘ilgan barcha bolalar ranglarni
yaxshi ajratgan. Lekin, ayol ikkinchi marta boshqa bir erkakka turmushga
chiqqanda, bu keyingi oilada normal bolalar bilan birga daltonik bolalar ham
tug‘ilgan. Eslatilgan barcha kishilarning genotipini aniqlang.
183-masala.Ranglarni normal ajrata oladigan qiz, daltonik yigitga turmushga
chiqqan. Oilada daltonik qiz bola tug‘ilgan. Daltonik bolaning tug‘ilishiga ota
aybdormi? SHu oilada keyingi tug‘iladigan bolalarning qanday fenotipga ega
bo‘lish ehtimoli bor?