Jins bilan birikib irsiylanish



Yüklə 169,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix22.12.2022
ölçüsü169,85 Kb.
#77381
1   2   3   4   5   6   7   8
Genetikadan mustaqil ta\'lim 8-semestr

184-masala. Odamlarda ko‘z rangi jigarrang (dominant) va ko‘k (retsessiv) 
bo‘ladi. Ko‘z rangini ta’min etuvchi genlar autosomada joylashgan. Daltonizmni 
belgilaydigan retsessiv gen va uning dominant alleli X xromosomada joylashgan. 
Jigarrang ko‘zli, ranglarni yaxshi ajrata oladigan ayol (otasi ko‘k ko‘z va daltonik), 
ko‘k ko‘z, ranglarni normal ajrata oladigan erkakka turmushga chiqqan. SHu 
oilada o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘lgan farzandlar 
tug‘ilishi mumkin? 
185-masala. Ota-ona sog‘lom bo‘lgan oilada uchta bola tug‘ilgan bo‘lib, ulardan 
biri gemofiliya (qonning normal ivimasligi) kasalligi tufayli vafot etadi. Qolgan 
ikki farzand sog‘lom bo‘lgan. Gemofilik bolaning tug‘ilish sababini tushuntiring. 
Sog‘lom bolalarning genotipi qanday bo‘lishi mumkin? 


186-masala.  Albinizm (terida pigmentning bo‘lmasligi) retsessiv belgi bo‘lib, uni 
ta’min etuvchi gen va uning dominant alleli autosomada joylashgan. Gemofiliya 
kasalligini keltirib chiqaruvchi gen va uning dominant alleli esa jinsiy 
xromosomada joylashgan. Erkak kishi albinos, gemofilik bo‘lishi mumkinmi? 
187-masala. Odamlarda ter bezining yo‘qligi retsessiv belgi sifatida nasldan-
naslga o‘tadi. Uni ta’min etuvchi gen X xromosomada joylashgan. Bu belgi 
bo‘yicha sog‘lom yigit otasi kasal, onasi esa sog‘lom qizga uylandi. Bu yangi 
oilada tug‘iladigan o‘g‘il va qiz bolalarning ter beziga ega bo‘lmaslik ehtimoli 
qanday? 
188-masala. Otasi ko‘k ko‘z, daltonik bo‘lgan jigarrang ko‘z ayol ko‘k ko‘z, 
ranglarni normal ajrata oladigan kishiga turmushga chiqqan. Bu oilada eslatilgan 
belgilar bo‘yicha qanday farzandlar tug‘ilish ehtimoli bor? 
189-masala. O‘rta dengiz aholisi orasida anemiya turlaridan biri – talassemiya 
bilan kasallanish kuzatiladi va uni ta’min etuvchi gen autosomada joylashgan. Bu 
genning dominant alleli bo‘yicha gomozigotalik sog‘lomlikni, geterozigota holati 
kuchsizroq kasallanishni (kichik talassemiya) va retsessiv gomozigotalik kuchli 
kasallanishni (katta talassemiya) belgilaydi. Katta talassemiya bolalarda odatda 
o‘limga olib keladi. Daltonik, kichik talassemiya bilan kasallangan ayol ranglarni 
normal ajratadigan, lekin kichik talassemiya bilan kasallangan erkakka turmushga 
chiqqan. Bu oilada eslatilgan belgilar bo‘yicha qanday fenotipli bolalarning 
tug‘ilish ehtimoli bor? 

Yüklə 169,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin