18.2-rasm. 3GPP loyihasining bosqichlari.
Funksional jihatdan tarmoq tuzilmasi yer usti radioulanish tarmog„i –
UTRAN (ingl. UMTS Terrestrial Radio Access Network) va tayanch tarmog„i –
CN (ingl. Core Network) lardan iborat (16.3-rasmga qarang). GSM tarmoqlardan
farqli ravishda UMTS tarmoqlarida foydalanuvchi qurilmasi - UE (ingl. User
Equipment - abonent uskunasi) deb nomlanadi.
Bunga sabab shuki UMTS
tarmoqlarida UE nafaqat mobil stansiya vazifasini, balki ma‟lumot uzatish
terminali funksiyalarini ham bajaradi.
18.3-rasm. UMTS tizimlarining arxitekturasi.
UTRAN tarmog„i tayanch tarmog„i CNga ulangan RNS (ingl. Radio
Network Subsystem) radioulanish tarmoqlarining
nimtizimlari majmuasidan
tashkil topgan. RNS nimtizimi RNS kontrolleri va bir yoki bir nechta tayanch
stansiyalar Node B larini o„z ichiga oladi. Radiotarmoq kontrolleri - RNS tayanch
stansiyalarni boshqaruvini bajaradi hamda MSC/VLR - mobil kommutatsiya
markazi bilan o„zaro ishlashni amalga oshiradi. RNSning asosiy vazifalariga
quyidagilar kiradi:
- radiokanallar taqsimlanishini boshqarish;
- ulanishlarni nazorat qilish hamda ularni ketma-ketligini boshqarish;
- masofadan dinamik kommutatsiya qilish;
- abonent yuklamalarining taqsimlanishini nazorat qilish.
Tayanch stansiya Node B ning asosiy funksiyasi
radiointerfeysni tashkil
etishdadir. Bunga quyidagilar kiradi: radiosignalni qayta ishlash, signal spektrini
kengaytirish/siqish bilan modulyatsiya/demodulyatsiya, kodlash/dekodlash va
boshqalar, shu jumladan, RNC radiokanallarni boshqarish bo„yicha ba‟zi
operatsiyalarni bajarish (masalan,
nurlanish quvvatini boshqarish, “xendoverni”
amalga oshirish) va h.k. Tayanch stansiya FDD, TDD yoki aralash (ingl. dual-
mode) rejimlarda ishlay oladi. UMTS tizimining tayanch tarmog„i - CN quyidagi
elementlardan iborat:
MSC/VLR – mobil kommutatsiya markazitarmoqning markaziy elementi
hisoblanadi. U tayanch stansiyalarni (TS) katta guruhiga
xizmat qilishi mumkin
hamda abonent uskunalarining (AU) ish jarayonida zarur bo„ladigan barcha turdagi
ulanishlarini ta‟minlaydi. MSC/VLR turli tarmoq elementlarini (xususan, RNS
nimtizimlari elementlarini) o„zaro ulagan holda UMTS tarmog„i ichida ma‟lumot
almashuvini ta‟minlab beradi. Shuningdek, MSC/VLR boshqa MSClar, qisman
hududiy GMSC va yana boshqa qismlar bilan ham ulanishni amalga oshiradi. MSC
tarkibidagi VLR registrida mehmon abonentlar uchun ko„rsatilgan
aloqa
xizmatlari, shuningdek, tizimning xizmat ko„rsatish doirasidagi AUlarning
joylashgan o„rni haqidagi aniq ma‟lumotlar saqlanadi. HLR registri, SGSN va
GGSN tugunlari huddi GSM tarmoqlaridagi kabi vazifalarni bajarishadi.
Operatorlar o„zlariga mos tarmoq konfiguratsiyalarini
yaratishlari uchun UMTS
tizimining arxitekturasi yetarli darajada moslashuvchan va universaldir.
UTRAN tarmog„i 4ta asosiy interfeysdan foydalanishini eslab o„tamiz:
Dostları ilə paylaş: