Abraziv yeyilish - ikki sirt orasidagi o'tkir qirrali va tirnovchi zarrachalarning
ishqalanishidan hosil bo'ladi.
Plastik diformatsiyali yeyilish-detallarga zo'riqish bilan kuch ta'sir etib,
og'irligini o'zgartirmay, o'lchamlarini o'zgartirishi natijasida sodir bo'ladi.
Mo'rt yeyilish - o'zaro bog'langan detallar sirtidagi metall qobig'i ishqalanishi
va plastik diformatsiya natijasida parchalanib, uning ostidagi uchidan mo'rt o'zak
qismining ezilishi natijasida hosil bo'ladi.
Molekular mexanik yeyilish - ishqalanuvchi detallar sirtlarining, molekular
bir biriga ilashishi natijasida hosil bo'ladi.
O'zaro bog'langan detallar ishqalanuvchi sirtiga noteks ishlov berilishi
natijasida metallning o'tkir qirrali qismi bir-biri bilan o'zaro to'qnashadi. Bu
to'qnashuv natijasida sirtdagi zarrachalar bir-biridan bo'linib ajraladi, bu esa yeyilish
hisoblanadi.
Yuqorida aytib o'tilgan ishqalanib yeyilishlar natijasida avtomobilning texnik
holati o'zgaradi, ya'ni yomonlashadi. Ekspluatatsiya jarayonida texnik holatni
o'zgarishiga
avtomobilning tuzilishi, uni ishlab chiqarish texnologiyasi va
foydalanilgan ashyo sifati, ishlatiladigan yonilg'i va moylash mahsulotlarining sifati,
foydalanish sharoitlari hamda ularga TXK va T ishlarining sifati katta ta'sir
ko'rsatadi. Yuqrida ko'rsatilgan omillar ta'sirida agregat va birikmalar detallarining
bir biriga nisbatan ishqalanib ishlash kuchi ortadi va ularning yeyilishi tezlashadi.
Natijada avtomobil texnik holati yomonlashadi.
Avtomobillar tuzilishini takomillashtirish detallarni yeyilishini kamaytiradi,
ishonchliligini va uzoq ishlashini oshiradi. Masalan: dvigatelga inersion moy
tozalagichining o'rnatilishi 98-99% changni ushlab qolishni ta'minlaydi va xizmat
muddatini 2 barobariga oshiradi.
Ashyo sifati, unga mexanik va issiqlik ta'sirida ishlov berilishi yeyilishning
kamayishiga, avtomobildan foydalanish muddati va davrining uzayishiga sabab
bo'ladi. Masalan: dvigatel silindri devorlarini yeyilishga
chidamliligini oshirish
uchun ligerlangan cho'yandan tayyorlangan va yuqori darajadagi zanglashga
chidamlilik xassasiga ega bo'lgan qisqa gilzalardan foydalanilganda, silindrlar
devorini 2-2.5 barobarga kamayadi. Detallarni tayyorlashda ligerlangan po'latlardan
foydalanish va sifatli ashyolarni ishlatish yeyilishga chidamlilikni hamda, dinamik
zo'riqib ishlashga qarshilikni kuchaytiradi va charchash chegarasini o'zgartiradi.
Yonilg'i, moy va sovutish suyuqliklarining sifati barcha standart talablariga
javob berishi zarur. Bu ashyolarning sifati avtomobillarni ishlatish va iqlim sharoiti,
mexanizmlarning tuzilishlariga bog'liq holda baholanadi va tanlanadi. Yonilg'i va
moy mahsulotlarining sifati ishlatish xossalarini ifodalovchi ko'rsatgichlar bilan
baholanadi. Benzinning asosiy ko'rsatgichlari: mexanik qo'shimchalar borligi, quyqa
hosil bo'lish imkoniyati, zanglashni hosil qiluvchanlik, detonatsiyaga turg'unlik va
fraksion tarkibilari hisoblanadi. Dizel yonilg'ilarining qovushqoqligi,
metan soni,
mexanik qo'shimchalarning yo'qligi asosiy ko'rsatgichlar hisoblanadi. Dvigatel va
transmissiya uchun qo'llaniladigan moylarning asosiy ko'rsatgichlari: qovushqoqlik
va uning o'zgarish harorati bo'lib, bunga bog'liq holda ishqalanuvchi sirtlarga
moylarning o'z vaqtida kelishi katta ahamiyatga egadir.
Foydalanish sharoiti-ish tartibi, iqlim va yo'l sharoiti, haydash va TXK sifati
bilan ifodalanuvchi tashqi omillar yig'indisini ifodalaydi.
Avtomobil ish tartibi-uning ishlashini turli harakat tezliklarida va
yuklanishlarda vaqt orqali ifodalaydi. Avtomobil ishida ko'p marotaba qisman
tezlikning oshishi va sekinlashishi kuzatilib, bu hol o'zgaruvchan rejim deyiladi.
Agar belgilangan masofadagi avtomobil harakatida yetaklovchi g'ildiraklarga
qo'yilayotgan tortish kuchi va tezligi o'zgarmas bo'lsa, bunday ish rejimi o'zgarmas
deyiladi. Avtomobilning o'zgaruvchan rejimda ishlashi, detallarni tez yeyilishiga va
yonilg'i sarfi ortib ketishiga olib keladi.
Yo'l
sharoiti-harakat tezligiga, burilish radiusi, qoplamalarining tekisligini,
balandlik va qiyaliklarning kattaligini, yo'lning qurilish sifatini ifodalaydi.
Avtomobil asfalt yo'lda yurmay, tuproqli, notekis yo'lda yurganda, tirsak valining
aylanishlar soni ortib, shu bilan bir qatorda ilashish muftasini ulashlar soni, harakat
tezligini qo'shib ajratishlar, harakatni to'xtatish (tormozlash) lar sonining ortishi
natijasida yonilg'i sarfi ham (asfaltli yo'lda yurganga qaraganda) o'n
barobar va
undan ham oshib ketadi. Buning natijasida avtomobil (agregat, mexanizm va detal)
larning yeyilish jarayoni tezlashadi.
Iqlim sharoiti- havo harorati, barometrik bosim va namlik bilan ifodalanadi.
Mustaqil davlatlar xamdo'stligi hududini yarmidan ko'prog'i sovuq mintaqali
hisoblanib (yarim yildan ko'proq vaqt mobaynida harorat - 200S bo'lib), bu havoni
past harorati, avtomobilni texnikaviy holatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Avtomobillarni
bunday sharoitda ishlashi hamma agregat mexanizmlarni o'ta sovib ketishga olib
keladi. Buning natijasida, sovuq dvigatelni yurgizish qiyinlashadi, sovutish
tizimidagi suyuqlik muzlaydi, akkumulatorlar batareyasi elektroliti o'ta soviydi.
Muhitdagi havo haroratining oshishi radiatordan ajralib chiqayotgan issiqlikni
kamaytiradi, dvigatelni qizib ishlashiga olib keladi.
Bunday holatda dvigatel
siltanish (detonatsiya) bilan ishlab, uning quvvati, tejamkorligi va uzoq ishlashligi
kamayadi.
Dvigatelning qizib ishlash yonilg'i hamda uning chala yonib chiqishi atrof
muhitga zaharli gazlar chiqishini oshiradi.
Avtomobilni haydash sifati - ma'lum yo'l sharoitida haydash usulini
ifodalaydi. Avtomobilni haydashning quyidagi usullari mavjud: beixtiyor yoki
harakat inersiyasi bilan olg'a siljib haydash, (to'siqlaridan o'tib), to'siqlarsiz
belgilangan tezlik bilan haydash va murakkab (kombinirovanno'y). Avtomobil
beixtiyor (impulsiv)
usul bilan haydalganda, harakat to'g'ri uzatma (pryamaya
peredacha) lar bilan (vaqti-vaqti bilan to'siqlardan o'tib) tezlatib, inersiya asosida
haydash tushuniladi.
Avtomobillarni haydash usullarini kuzatish natijalari shuni ko'rsatadiki,
to'siqlardan o'tib, tezlatish (razgon va nakat) usulida haydashda yonilg'i sarfi 5-6%
ga tejaladi, ammo dvigatel detallarining yeyilishi (boshqa usullardagi haydashlarga
qaraganda) jadallashadi. Bunday usulda ilashish muftasi va uzatmalar qutisi (boshqa
agregatlarga qaraganda) ko'proq ishlaydi. Ikkinchi usulning kamchiligi shundan
iboratki, nishab yo'ldan tushishda, bevosita to'xtash ko'p marta tormozlanishlar
natijasida, dvigatelning yeyilishi ortadi. Tajribalardan ko'rinishicha,
haydashda
(ularni usuliy afzalliklarini nazarda tutib, haydash) usullarni almashtirib turish
maqsadga muvofiqdir, bu ta'mirlararo bosib o'tiladigan yo'lni - masofani 60% gacha
oshiradi va yonilg'i sarfini 30 % gacha kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: