112
muharriri Muhammad Tarziy rahbarlik qildi. U Habibulloxonning
uchinchi o‘g‘li Omonulloxonning qaynatasi edi.
Islohotchilarning butun umidi shu Omonulloxonga qaratildi.
Chunki, u „yosh afg‘onlar“ ruhida tarbiyalangan edi.
Missiya
(lotincha) —
yuksak burch, mas’uliyatli vazifa; bir
davlatning ikkinchi davlatga maxsus topshiriq bilan yuborgan
vakillari.
Rezidensiya
(lotincha) — bir davlat diðlomatik vakillari qarorgohi.
Savol va topshiriqlar
1. 2- ingliz—afg‘on urushining sabab va oqibatlari haqida nimalarni
bilib oldingiz?
2. Nega XIX asrning ikkinchi yarmida Afg‘oniston
Buyuk Britaniya
va Rossiya o‘rtasida „talash“ mamlakat bo‘lib qoldi?
3. Nega Afg‘onistonni bo‘ysundirish uchun Buyuk Britaniyaning
olib borgan kurashi uzoq davom etgan?
XIX asr oxiri — XX asr
boshlarida Turkiya
Turkiya monarxiya bo‘lib,
uni sulton
boshqarardi. Mamlakatda o‘rta asr feodal
tartiblari hukmron edi.
Turkiya iqtisodining asosini tashkil qilgan qishloq xo‘jaligi ni-
hoyatda orqada qolgan edi. Haydaladigan yerlarning 65%i katta
yer egalari va ruhoniylarga qarashli bo‘lib,
u yersiz va kam yerli
dehqonlarga ijaraga berilardi. Mehnat unumdorligi kam bo‘lganligi
uchun, 1873—1875-yillardagi kuchli ocharchilik oqibatida ko‘plab
odamlar qirilib ketdi.
Shahar aholisining ham ahvoli og‘irlashdi. Hunarmandchilik
tushkunlikka uchradi. Eski tartiblar va xorijiy tovarlarning ko‘pli-
gi mamlakatda iqtisodiyotning taraqqiyotiga to‘siq bo‘ldi.
Sanoatda
o‘sish yo‘q edi. Chunki, sanoat uchun qishloq xo‘jaligi zarur
xomashyo yetkazib berishga qodir emas edi.
Sulton hukumati o‘zining moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun
chet eldan qarz ola boshladi.
Chunonchi, 1870—1874-yillarda
3 mlrd. frankdan ortiq asoratli qarz olindi.
Davlatning moliyaviy ahvoli halokat yoqasiga kelib qoldi. Tashqi
qarz yanada ko‘payib, 5,5 mlrd. frankka yetdi. 1876-yilda
hukumat
Turkiyani moliyaviy bankrot deb e’lon qilishga majbur bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: