Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Savol va topshiriqlar
1. Shimoliy Afrikada arab davlatlari qay tariqa Turkiya mustamlakasiga
aylanganligini eslang.
2. Shimoliy Afrikada qaysi buyuk davlatlarning manfaatlari to‘q-
nashgan?





Buyuk davlatlarning
Shimoliy Afrikadagi
siyosati


120
3. Misr xalqining milliy-ozodlik kurashi haqida nimalarni bilib
oldingiz?
4. Mahdiylar qo‘zg‘oloni haqida so‘zlab bering.
Tropik* va Janubiy Afrika
mamlakatlari
XIX asrning oxirgi choragida Afrikada
mustamlaka bosqini yanada kuchaydi.
Janubdagi qazilma boyliklarga boy yerlarda
70-yillarda olmos va 80-yillarda oltin konlarining topilishi yevro-
paliklarning „oqib kelishlarini“ yanada tezlashtirdi. Janubiy Afrikani
mustamlaka qilishda Buyuk Britaniya asosiy rol o‘ynadi. Ko‘p
o‘tmay, bu yerga Germaniya ham kirib kela boshladi. Mozambik
va Angola kabi yerlarni birlashtirishni portugallar o‘z rejalariga
kiritdilar. Asosiy mustamlaka o‘choqlaridan biri — Burlar Res-
publikasi (Transvaal va Oranj mustaqil respublikalari) bo‘lib qoldi.
70-yillardan boshlab, Buyuk Britaniya o‘z mustamlakalarini bir-
lashtirib, federatsiya tuzishga urindi. Burlar bu fikrga qo‘shilma-
gach, Buyuk Britaniya 1877-yilda Transvaalni bosib oldi, Zulu-
lendni ham o‘ziga qarashli mustamlaka deb e’lon qildi.
G‘arbiy Sudan, Senegal va Nil daryosi
havzasi XIX asr oxiri — XX asr boshla-
rida Fransiya, Gollandiya va Buyuk Brita-
niya o‘rtasida raqobat maydoniga aylandi.
1892-yilda Fransiya G‘arbiy Sudanni bosib oldi. G‘arbiy
sudanliklarning ozodlik kurashida Samori Ture nomi yorqin iz
qoldirdi. U atoqli lashkarboshi va siyosatchi edi.
Fransuzlar 1898-yildagina uni taslim eta oldilar. Asir olingan
Samori Gabonga surgun qilindi va o‘sha yerda vafot etdi. 1900-
yilda Chad ko‘li atrofi bo‘ysundirildi. 1904-yili esa Gvineya ko‘rfazi
bo‘ylari ham Fransiyaga tobe etildi. Unga Fransiya Gvineyasi deb
nom berildi.
Buyuk Britaniya, Fransiyadan keyin Belgiya ham Afrika yerlari
uchun kurashga qo‘shildi. 1883-yilda Kongo havzasidagi yerlar
Belgiya mustamlakasi deb e’lon qilindi.
Ko‘p o‘tmay yevropaliklar Sharqiy Afrikaga ham kirib kela
boshladilar. Nil daryosi boshlanish havzalarini ilmiy o‘rganish baho-
nasi bilan yevropaliklar Buganda mamlakatini ochishdi. 1894-yili

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin