18
berishga, o‘zining qilichini esa Prussiya qiroliga jo‘natishga majbur
bo‘ldi. Shu tariqa, bu yerdagi 80 ming kishilik qo‘shin Napoleon
boshchiligida taslim bo‘ldi. Napoleon III Sedanda o‘z Vaterloosini
topdi. 100 ming kishilik ikkinchi qo‘shin ham Mets qal’asida qur-
shovga tushib qoldi. Endi Fransiya Germaniyaga
tahdid sola olmas
edi. Bu mag‘lubiyat ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining
halokati ham bo‘ldi.
Depesha
— shoshilinch xabar.
Vaterloo
— hozirgi Belgiya hududidagi qishloqning nomi. Bu qish-
loqda 1815-yilning 18- iyunida Napoleon I qo‘shini tor-mor etilgan
jang bo‘lib o‘tgan.
Savol va topshiriqlar
1. Nega Fransiya — Prussiya urushining yuz berishi muqarrar edi?
2. Fransiya Prussiyaga urush e’lon qilgan 1870-yildan
ikki yil av-
val 1868-yilda qanday bosqinchilik sodir bo‘ldi? So‘zlab be-
ring.
Nega insoniyat o‘rta asrlarda ham, yangi davrda ham urushlardan
xalos bo‘la olmagan? Nega bugungi kunda ham Yer yuzida urushga
to‘la barham berishning iloji bo‘lmayapti?
Fransiya tarixida 1- va 2-imperiyalar qay tariqa tashkil top-
ganligini eslang.
4-§.
Fransiyada Uchinchi Respublika va
1871-yil 18-mart davlat to‘ntarishi
Mag‘lubiyat haqidagi xabarni eshitgan Parij
aholisi 3-sentabr kuni qo‘zg‘olon ko‘tardi.
Ular Respublika e’lon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab
qildilar. Xalq talabi bilan 4-sentabr kuni Fransiyaning qonun
chiqaruvchi Korpusi imperator ag‘darilganligini e’lon qilishga majbur
4-sentabr inqilobi
Urushdagi asosiy janglar nomi
Urushlarning oqibatlari
T/r
1.
2.
3.
~
~
~
~
~
19
bo‘ldi. Ayni paytda, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu
mamlakat tarixidagi
Uchinchi Respublika edi. (Fransiyada 1- va 2-
Respublikalar qachon bo‘lganligini eslang.)
Qonun chiqaruvchi Korpus general Òroshyu
boshchiligida
Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatini tuzdi.
Prussiya Fransiyani iloji boricha ko‘proq holdan toydirishni
xohlar edi. U Fransiyadan katta tovon undirishga hamda uning
foydali qazilmalarga boy viloyatlari bo‘lmish Elzas va Lotaringiyani
tortib olishga intildi. Endi urush Prussiya uchun bosqinchilik uru-
shiga aylandi.
19-sentabr kuni Parij Prussiya qo‘shini
tomonidan qurshab
olindi. Muvaqqat hukumat noiloj taslim bo‘ldi.
Urushdagi g‘alaba Prussiyaga o‘z qo‘l ostida butun Germani-
yani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871-yil 18-
yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya — imperiya,
Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e’lon qilindi.
Otto fon Bismark imperiya kansleri lavozimini egalladi.
1871-yil fevral oyida Fransiyada Milliy Majlisga shoshilinch
saylov o‘tkazildi va Òyer boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Bu
hukumat Fransiya-Germaniya tinchlik shartnomasini imzoladi.
Prussiyaga qarshi urushdagi mag‘lubiyat va
ayanchli shartlar asosida imzolangan yarash
shartnomasi parijliklarning
hukumatga qar-
shi qahr-g‘azabini kuchaytirib yubordi. Buning ustiga, Parijda muh-
tojlik, ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib
ketishi yuz berdi. Hatto o‘rta tabaqa vakillari ham xonavayron bo‘la
boshladi.
Parijliklarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘ldi. Bunga
qamaldan so‘ng aholining qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lashga
majbur bo‘la boshlaganligi hamda hukumat
qarorgohi etib Versal
shahri tanlanganligi sabab bo‘ldi.
Ayni paytda Bosh vazir Òyer Milliy gvardiyani qurolsizlan-
tirishni buyurdi. 18-mart kuni kechasi hukumat qo‘shini Milliy
gvardiyaga hujum qildi. Bu hodisa Parij aholisini oyoqqa turg‘azdi.
Ular hukumat qo‘shinini chekinishga majbur etdilar. Òyer huku-
matni Versalga ko‘chirish haqida ko‘rsatma berdi. Bunga javoban
Parij mehnatkashlari qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ular Milliy gvardiya
bilan
birgalikda harakat qilib, shaharning muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan joylarini qo‘lga kiritdilar.
Ko‘p o‘tmay hukumat binosi, harbiy kazarmalar va barcha davlat
muassasalarini ham qo‘zg‘olonchilar qo‘lga oldi.
Dostları ilə paylaş: