Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Demobilizatsiya
— harbiy xizmatdan bo‘shatish.
Òraktat 
xalqaro shartnoma, bitim.
Ultimatum
— bir davlatning ikkinchi davlatga qo‘yadigan qat’iy
talabi.
Rossiya—Yaponiya
urushi







73
Savol va topshiriqlar
1. Rossiya mustamlakachilik imperiyasi boshqa imperiyalardan qay
jihati bilan farq qilgan?
2. Rossiyaning manfaatlari eng ko‘p darajada to‘qnashgan davlatlar-
dan biri Òurkiya bo‘lganligini qanday omillar bilan izohlaysiz?
3. 1877—1878-yillardagi Rossiya—Òurkiya urushi va uning oqibat-
lari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Rus—Yapon urushi oqibatlari nimalardan iborat bo‘ldi?
Germaniya birlashgandan keyin yagona ichki bozorning vujudga
kelganligi uning gurkirab rivojlanishiga olib keldi. Rossiya esa bir
necha asrlar davomida yaxlit davlat bo‘lsa-da, iqtisodiy jihatdan
qoloqligicha qolaverdi. Buni qanday izohlay olasiz?
Rossiyada Davlat dumasining tashkil etilishi
Rossiya aholisining turmush darajasi G‘ar-
biy Yevropa davlatlariga nisbatan juda past
edi. Bu hol mamlakatda chuqur iqtisodiy-siyosiy islohotlar o‘t-
kazilishini talab qilishga qodir konstitutsiyaviy muxolifatning
yo‘qligi oqibati edi. Mavjud hukmron tuzum esa chuqur ijtimoiy
islohotlarning ashaddiy dushmani edi.
Korxonalarda ish vaqti o‘rta hisobda 12—14 soat davom etar
edi. Fabrikaga yollangan ishchi xo‘jayin do‘konidan mahsulotni
nasiyaga olishga majbur edi. Do‘kon korxona egalari uchun
ishchilarni qo‘shimcha ekspluatatsiya qilish vositasi vazifasini
bajargan.
Milliy chekka o‘lkalarda ishchilar ayniqsa og‘ir va huquqsiz
ahvolda edilar.
Jamiyatda mavjud tuzumni o‘zgartirish haqida o‘ylovchi turli
guruhlar, uyushmalar yo‘q emas edi. Ularning biri — G.V. Ple-
xanov rahbarlik qilgan „Mehnatni ozod qilish“ guruhi edi. Bu
guruh 1883-yilda tuzildi. G.V. Plexanov ishchilar sinfini inqilobiy
kuch deb hisoblagan. Lekin hokimiyatni qurolli qo‘zg‘olon yo‘li
bilan bosib olishga qarshi edi. U jamiyatni islohotlar yo‘li bilan
yangilash tarafdori edi.
1895-yilda Peterburgda „Ishchilar sinfini ozod qilish uchun
kurash ittifoqi“ tuzildi. 1898-yilda Rossiyadagi barcha sotsial-
demokratik guruhlar „Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi“

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin