71
Kongressda „Berlin traktati“ deb nomlangan hujjat imzolandi.
Bu hujjat Rossiyaning San-Stefano shartnomasi natijasida qo‘lga
kiritgan katta muvaffaqiyatlarining ahamiyatini kamaytirib yubordi.
Chunonchi, Buyuk Britaniya harbiy kemalari Qora dengizga kirish
huquqiga ega bo‘ldi, Kiðr oroli Buyuk Britaniyaga,
Bosniya va
Gersegovina Avstriya-Vengriyaga in’om etildi. Bolgariya ikkiga bo‘lib
yuborildi. Ayni paytda, Òurkiya to‘lashi lozim bo‘lgan tovonning
katta qismi evaziga
Rossiyaga Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan
hududlari berildi. Chernogoriya, Serbiya
va Ruminiyaning davlat
mustaqilligi tan olindi.
Rossiya savdo-sanoat doiralari Uzoq Sharq-
ning qo‘lga kiritilishidan manfaatdor edilar.
Shuning uchun ham Amurbo‘yi va Primorye o‘lkasini bosib oldi.
Shu sababli Rossiya Yaponiya bilan yaxshi munosabatda bo‘-
lishga intildi. AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Yaponiyaga
qarshi qaratilgan harbiy ekspeditsiyalarida ishtirok etmadi. 1875-
yilda Yaponiya hukumati Janubiy Saxalinga bo‘lgan da’vosidan voz
kechish sharti bilan Kuril orollarining
shimoliy qismini Yaponiyaga
berilishi to‘g‘risida shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldi.
70-yillarda podsho hukumati bilan Brita-
niya hukumati o‘rtasida O‘rta Osiyodagi
ta’sir doiralarini
aniqlash uchun muzo-
karalar boshlandi va bu 1873-yil bitim tuzish bilan yakunlandi.
Unga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistonni o‘z ta’siridan tashqari, deb
tan oldi. Buyuk Britaniya esa Xivaga da’vo qilmaydigan bo‘ldi.
1878-yilda Buyuk Britaniya Afg‘onistonga qarshi yangi
bosqinchilik harakatlarini boshladi. Biroq, afg‘on
xalqi bosqinchi-
larga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olonga Afg‘onistonning
Rossiya ta’sirida bo‘lgan siyosiy arbobi Abdurahmon boshchilik
qildi. Qo‘zg‘olonchilar tez orada inglizlar ustidan g‘alaba qozon-
dilar. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng
Buyuk Britaniya hukumati
Abdurahmonni Afg‘oniston amiri deb tan olishga majbur bo‘ldi.
O‘zining strategik maqsadiga erishgan Rossiya hozirgi Òurk-
maniston hududlarini bosib olishga kirishdi. 1880-yilda Rossiya
qo‘shinlari general Skobelev boshchiligida yurish boshladi. 1881-
yilda shiddatli janglardan keyin Ko‘ktepa qal’asi egallandi. Ayni
paytda, turkman qabilalari o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar,
ularning yagona kuch sifatida birlasha
olmaganliklari ham Rossiyaga
juda qo‘l keldi.
Dostları ilə paylaş: