66
suv ostidagi inshootlardan foydalanish, ularni egallash va nazorat
qilish huquqini Amerika Qo‘shma Shtatlariga abadiy topshiradi.
3-modda. Panama Respublikasi Amerika Qo‘shma
Shtatlariga zona-
dagi barcha huquqlarni, vakolatlarni va butun hokimiyatni topshi-
radi...“
XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA
PODSHO ROSSIYASI, MARKAZIY
VA JANUBI-SHARQIY YEVROPA
DAVLATLARI
XIX asr oxiri—XX asr boshlarida
podsho Rossiyasining ijtimoiy-siyosiy
va iqtisodiy ahvoli
Rossiya bu davrda cheklanmagan monar-
xiya bo‘lib, butun hokimiyat podsho qo‘-
lida to‘plangan edi. (Òarix kitoblarida pod-
sho hokimiyatiga nisbatan „chorizm“, „samoderjaviye“
iboralari
ham ishlatiladi.)
Podsho hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshiklar hamda
pravoslav cherkovi edi. Podsho xonadonining o‘zi eng katta po-
meshik bo‘lib, 7 mln. desyatina (1 desyatina = 1,1 gektar) yerga
egalik qilardi.
Pomeshik xo‘jaligi Rossiyaning kapitalistik taraqqiyoti yo‘li-
dagi asosiy to‘siq edi. Pomeshiklar
jon-jahdlari bilan eski
tartiblarning saqlanib qolishiga harakat qilar edilar.
Rossiyada burjuaziya sinfi ham bor edi. Ularning sarmoyalari
hajmi tobora o‘sib bordi. Biroq, burjuaziyaning siyosiy nufuzi
past, davlatni boshqarishdagi ishtiroki deyarli sezilmas edi.
Rossiya agrar-industrial davlat edi.
Mamla-
kat aholisining 85%i qishloqlarda yashardi.
Shunday bo‘lsa-da, podsho Rossiyasida kapitalizm shiddat bilan
rivojlanib bordi. Chet el kapitalining kirib kelishi tufayli og‘ir
sanoat tezlik bilan ilgariladi. Uning metallurgiya,
mashinasozlik,
neft va ko‘mir qazib olish kabi tarmoqlari yuksala boshladi.
Rossiya qisqa vaqt ichida neft qazib chiqarish bo‘yicha AQSHni
ham ortda qoldirdi va dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Chetga
ko‘plab kerosin eksport qilindi. Metall eritish bo‘yicha
dunyoda
4-o‘rinni egalladi.
Dostları ilə paylaş: