98
nishi ancha orqada qoldi. Shunday bo‘lsa-da, har yili 50 tadan
ko‘proq korxona ishga tushirildi.
Natijada, mamlakat eksport hajmi
2 baravar o‘sdi. Xorijiy davlatlar ichida Buyuk Britaniya tovar
ayirboshlashda birinchi o‘rinda (50 foiz) turar edi.
Xitoyning chet
elliklardan qarzi ortib bordi.
Inqilobchi demokrat Sun Yat Sen (1866—
1925) Xitoydagi milliy-ozodlik haraka-
tining atoqli arbobi edi. U Guanchjou (Kanton) yaqinida dehqon
oilasida tavallud topdi. Sun Yat Sen 90-yillarning
boshida
Gonkongda ingliz tibbiyot institutini tamomladi. Keyingi hayotini
u siyosiy soha bilan bog‘ladi.
Sun Yat Sen 1905-yilda „Xitoy uyushmalari ittifoqi“ (Tun-
minxay) degan siyosiy tashkilot tuzdi. Yirik shaharlarda bu itti-
foqning yashirin bo‘limlari ochildi. Ittifoq 1905-yil
noyabrida
„Minbao“ (Xalq gazetasi)ni chiqara boshladi.
„Ittifoq“ Sun Yat Sen rahbarligida dastur qabul qildi. Das-
turda Sin monarxiyasini ag‘darish, Respublika ta’sis etish va
yerga egalik huquqini tenglashtirish, mustaqillikni tiklash ko‘zda
tutilgan edi.
Sun Yat Sen ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan sust taraqqiy etgan
Xitoyda yerga egalik huquqini tenglashtirish yo‘li bilan, ijtimoiy
adolatli tuzum yaratish mumkin, degan fikrda edi.
Sun Yat Sen tashkiloti
respublika tuzumini
o‘rnatish maqsadini qo‘ydi. Bu g‘oya
manjurlarga qarshi harakatni yanada ku-
chaytirdi. Bu harakat 1911-yili chet el-
liklardan temiryo‘l qurilishi uchun
qarz olish haqida bitim
tuzilgach, qurolli qarshilik tusini oldi. Hatto armiyada ham norozilik
boshlandi.
Uxan shahrida askarlar yotog‘ini tintuv qilishga kirgan manjur
ma’muriyati tarafdorlarini askarlar o‘ldirdilar.
Qurol-aslaha om-
borini bosib oldilar. Boshqa qo‘shin qismlari ham ularga qo‘shildi.
Inqilobchilar 11-oktabrda Uxanni to‘la qo‘lga kiritdilar. Ular
Respublika hukumati tuzdilar va barcha Xitoy viloyatlarini Respub-
lika atrofida birlashishga chaqirdilar. Manjur sulolasi hukmronligi
tugatilganligi e’lon qilindi. Bu inqilob Xitoy tarixiga „Sinxay
inqilobi“ nomi bilan kirgan.
Shunday qilib, „Sinxay inqilobi“
qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan Xitoyda XVII asrdan boshlab hukm
surgan manjurlar hokimiyatini ag‘darib tashladi.
Dostları ilə paylaş: