103
topdi. Endi inglizlar hind-musulmon raqobatini
yanada kuchaytirib
yubordilar.
Kongress o‘z safiga yirik savdo-sanoat kapitali vakillarini, li-
beral pomeshiklar hamda milliy ziyolilarni birlashtirdi. Dastlabki
vaqtlarda Hindiston milliy kongressiga ingliz mustamlaka ma’-
muriyati qarshilik qilmadi. Bunday
munosabatni Hindiston vitse-
qiroli lord Dafferin „milliy kongress inqilobdan arzonroq“ deb
izohlagan edi.
Inglizlar o‘ylagandek, milliy kongressning talablari dastlabki
paytlarda juda ham mo‘tadil bo‘ldi. Bu talablar Britaniya
hukmronligini
saqlab qolgan holda, ba’zi islohotlar o‘tkazishnigina
ko‘zda tutardi. Ya’ni chetdan keltiriladigan ið-gazlamalarga boj
belgilash, mahalliy vakillik muassasalarining huquqini kengaytirish,
hindlarni boshqarish ishlariga jalb etish, texnik ta’limni
uyushtirish
va boshqalar edi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan bu partiya katta mavqega
ega bo‘la bordi.
1890-yilda „so‘l“ — radikal oqim shakllandi. Unga Bal
Gangadxara Tilak (1856—1920) rahbarlik qildi.
U hind xalqining
milliy ongini uyg‘otish, milliy g‘ururini ko‘tarish yo‘lidan bordi.
Dinga, uning ommani uyushtiruvchi kuchiga katta baho berdi.
Tez orada u Puna shahrida mustaqil o‘rta maktab tashkil qildi.
Maktab o‘quvchilar ongiga vatanparvarlik g‘oyalarini singdira
boshladi. Tilak „Kesari“ (Sher) gazetasini tashkil etdi. Yoshlar
o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qildi.
Hindiston sharoitida
qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan ozodlikka chiqishning iloji yo‘qligini
anglagan Tilak „kuch ishlatmaslik“ yo‘lini tanladi. Bu usulda asosiy
e’tibor ingliz tovarlarini boykot qilishga qaratildi. „Xudo Hin-
distonni xorijiy mamlakatlarga hech qachon hadya qilgan emas“,
der edi Tilak.
Tilak tarafdorlari ommani mustamlakachilarga qarshi nafrat
ruhida tarbiyalashardi. Bundan xavfsiragan inglizlar 1897-yili Tilakni
bir yarim yilga qamadilar. Lekin tez
orada ozod qilishga majbur
bo‘ldilar.
Milliy-ozodlik harakatini bo‘g‘ishga intilib,
ingliz mustamlakachilari 1905-yilda Ben-
galiyani ikki qismga bo‘lib tashlashdi. Chun-
ki, Bengaliya mustamlakachilikka qarshi kurashning eng kuchli
harakat markazlaridan biriga aylangan edi. Bu tadbir aks ta’sirga
ega bo‘ldi. Hindistonda milliy-ozodlik harakati yangidan kuchayib
Dostları ilə paylaş: