Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Bengaliyaning
bo‘linishi


104
ketdi. Kalkuttada namoyish bo‘lib, unda 100 ming kishi qatnashdi.
Norozilik chiqishlari birin-ketin mamlakatning katta qismini
egalladi.
1906-yil dekabrda „so‘l“ radikal oqim talabi bilan Hindiston
milliy kongressi qo‘shimcha qaror qabul qildi. „Svaraj“ („o‘z
hokimiyatimiz“), „Svadeshi“ („o‘z ishlab chiqarishimiz“), „Ingliz
mollariga boykot“ xalq orasida katta e’tibor qozondi. Tilak nafaqat
ingliz mollaridan, balki ingliz boshqaruvidan ham voz kechishga
chaqirdi. Boshqaruvni hindlashtirishga, mahalliy burjuaziyani
fabrika va zavod qurishga chaqirdi.
„Svaraj“, „Svadeshi“ dasturi ommaga katta ta’sir ko‘rsatdi.
1908-yili Bombey viloyatining Surat shahrida Hindiston milliy
kongressining qurultoyi chaqirildi. Mo‘tadil oqim ingliz imperiya-
si tarkibida qolish, ayni paytda, o‘z-o‘zini boshqarish huquqi
berilishi tarafdorlarining fikri ma’qullandi. Radikal oqim (Tilak
boshliq) HMK tarkibidan chiqarildi.
Ingliz ma’murlari tez orada qonunga xilof majlislar va matbuot
haqida taqiqlovchi qonunlar chiqardilar va shafqatsiz qatag‘onga
zo‘r berdilar. Ish tashlash harakatining rahbarlarini sud qilin-
masdan otishga hukm qilina boshlandi. Shu yo‘l bilan Hindistondagi
ozodlik harakatini vaqtincha bostirishga muvaffaq bo‘lindi.
Hindistonning mahalliy hukmron doiralari
ingliz mustamlakachi ma’muriyati bilan
kelishib, 1909-yilda „Hindiston kengashlari haqida qonun“ nomli
hujjat qabul qildi. Bu qonunga ko‘ra, aholining faqat yarim foi-
zigina saylov huquqini oldi. Saylovlar diniy jamoa asosida
o‘tkaziladigan bo‘ldi (ya’ni hindlar va musulmonlar alohida-alo-
hida ovoz beradigan bo‘ldilar). Bundan maqsad hindlar va musul-
monlar o‘rtasiga nifoq solish edi.
Bu davrda Hindiston Buyuk Britaniyaning bo‘lg‘usi jahon
urushi rejalarida muhim rol o‘ynay boshladi. Shuning uchun ham
u Hindistondagi vaziyatni yumshatishga intildi. Chunonchi, 1911-
yili mustamlaka ma’muriyati ish vaqtini 12 soat bilan cheklash
haqida qonun qabul qildi.
1911-yil mehnatkashlarning harakatlaridan cho‘chigan mus-
tamlaka ma’murlari bo‘lib tashlangan Bengaliyani birlashtirishga
majbur bo‘ldilar. Poytaxt xavfsizroq hududda joylashgan Dehliga
ko‘chirildi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin