Baholash tizimi


II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi



Yüklə 247,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.12.2022
ölçüsü247,77 Kb.
#77968
1   2   3   4   5   6
NIZOM baholash-tizimi

II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
4. Nazorat turlari, uni o’tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim
muassasasining (fakultet) o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda
har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.
5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan
maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar
fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
6. Talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga
2 / 11


Baholash tizimi
14.05.2015 09:39 - Oxirgi yangilash 16.05.2015 04:03
muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat — talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash
va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar,
laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi,
kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat — semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z
ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini
aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko’p
o’tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy
soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat — semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy
ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat
asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiyot oliy ta’lim
muassasalari uchun «Yozma ish» yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida
o’tkaziladi.
Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
fakultet Ilmiy kengashi qarori asosida ko’pi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa
shakllarda (og’zaki, test va hokazo) o’tkazilishi mumkin.
7. Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida
davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat
natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
8. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi
rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda
o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor
qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
3 / 11



Yüklə 247,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin