Konstitutsiya va qonunchilikni yaxshi bilgan o‘qituvchi o‘quvchilar yoki
ularning ota-onalari bilan yuzaga kelgan munozarali
vaziyatda masalaga adolatli
yondashib, o‘z haq-huquqlarini joyida himoya qila oladi. Umumiy muammolarni
esa davlat tashkilotlari, kasaba uyushmalari yoxud siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lib,
kerak bo‘lsa, parlament orqali qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, jamiyatdagi
ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisiga aylanishi kerak. Buning uchun esa,
albatta, huquqiy madaniyati yuksak shakllangan bo‘lishi lozim. Ze’ro, Ibn Sino
pedagogik qarashlarida, “Ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat
haqiqatni qaror toptirish uchun harakat qiladigan bo‘lishi lozim”, deb aytgan.
3. O‘z ona tilidan boshqa yana xorijiy tillarni bilishi kerak.
4. Axborot va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi lozim.
Bugungi globallashuv davrida o‘qituvchi o‘z yurti va dunyoda bo‘layotgan
voqea-hodisalardan har kuni xabardor bo‘lishi lozim. Aytaylik, bugungi xabarlar
sahifasining eng muhokama markazida bo‘lgan sahifani olamiz. Masalan, Eron
davlatini biologik yadroviy qurol yaratishda AQSh tanqid qildi. Maktab miqyosida
fizika fani o‘qituvchisi tomonidan
yadroviy qurol yasalishi, uni yasashda
ishlatiladigan moddalarning fizik xususiyatlari o‘rganilsa, kimyo fani o‘qituvchisi
uning havoga ta’siri va yasaladigan qurolning kimyoviy tarkibini o‘rgangan holda
xulosa qiladi. Yoki ertalabki yig‘indayoq huquq fani o‘qituvchisi Eronning yadroviy
qurolni yasash huquqi bor-yo‘qligi, o‘zining ichki ishi yoxud xalqaro huquq
qoidalariga to‘g‘ri kelishi yoki to‘g‘ri kelmasligi haqida aytishi kerak. AQSh uning
ichki ishlariga daxl qilgan yoki qilmayotganligi dalil bilan tushuntirilishi lozim.
Tarix o‘qituvchisi masalaga tarixiy yondashuv bilan baho berishi va xulosa
chiqarishi zarur. Yoki oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ham ushbu sohada
talabalarga o‘z ilmiy nuqtayi nazariga tayanib, fikr
bildirishi yoxud talabaning
fikrini eshitib, muhokama qilib, adolatli, xolis yondashib, bu ikkala davlatga
taalluqli masalaga ilmiy baho berishi lozim. Endi axborot vositalaridan foydalanish
haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi zamon bilan hamnafas bo‘lib ta’limga yangi
innovatsiya joriy qilgan holda dars o‘tishi juda muhim. AKTning jarayonda
qo‘llanilishi yangi usullar va axborotni yig‘ishni takomillashtiradi.
Bolalarning
fikrlash doirasi kengayadi, ilm olishga qiziqishi ortadi. Mustaqil ishlashning roli
ortadi, samaradorlik yaxshilanadi, bolaning aqliy jihatdan rivojlanishiga, hissiy-
estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini orttirishga yordam beradi.
5.
O‘qituvchi ijtimoiy-psixologik moslashuvchan bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy moslashuv nima?
Rus olimi, faylasuf, sotsiolog Vladimir Dobrinkovning
fikriga ko‘ra, ijtimoiy moslashuvchanlik bu bo‘ysunish emas, maqsadga erishish
yo‘lida harakat yoki harakatsizlik kabi o‘zgarish.
Maktab o‘qituvchisi o‘quvchining psixologik-pedagogik tashxis daftaridan
xabardor bo‘lishi kerak. Ya’ni, Dobrinkov g‘oyasiga qaytadigan bo‘lsak, o‘qituvchi
o‘quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, u bilan muloqot jarayonida dastlabki qadam
tashlab, o‘quvchining ruhiyatidan kelib chiqib, uni o‘zgartira olishi shart. Bu,
albatta, dars mobaynida o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi, diqqatini
oshiradi. Ibn Sino har bir insonning temperamentidan kelib chiqib,
unga alohida
e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi. Forobiy bo‘lsa, “Inson aqli faqat bilish bilan
cheklanmaydi, balki odatlar va qarashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira
olishi, yo‘naltirishi, o‘zgartirishi ham mumkin”, - deb yozadi.
Demak,
pedagog
jamiyat,
voqelikka,
atrof-muhitga
psixologik
moslashuvchan bo‘lishi lozim.
6.
O‘qituvchining
qalbi
adabiyotga
oshno
bo‘lishi
kerak.
O‘qituvchi sohasiga taalluqli nafaqat ilmiy, balki badiiy adabiyotlar ham o‘qishi
lozim. Adabiyot bilan yashaydigan talaba va o‘quvchilar illatlardan nafratlanadi. Bu
o‘qituvchi ta’limni tarbiya bilan olib borishida zamonaviy yo‘nalish kasb etadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1912-yilda o‘z xulosalarini shunday ifoda etgan:
“Dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan
bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”.
O‘qituvchida shuncha xislatlarni ko‘rgan o‘quvchi hayotga o‘z ustozining
ko‘zi bilan qaraydi va hayotni oq-qora rangda emas, serjilo ranglarda ko‘rib, unga
muhabbat qo‘yadi. Shu go‘zal hayotning, millatning chiroyiga o‘z hissasini qo‘shish
uchun ulg‘ayadi. Eng asosiysi, u o‘quvchiligidayoq shu jamiyat,
shu millatga
kerakman, degan ruhda kamol topadi. Bugungi g‘ala-g‘ovur dunyoda ustoz o‘z
so‘ziga, o‘z o‘rniga, o‘z obro‘siga ega bo‘lishi, yoshlarni yurtga otilgan har qanday
toshlarga qalqon qilib tarbiyalashi shart. Bu vazifa, muqaddas va sharafli kasb
egalari uchun ham farz, ham qarzdir!
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi – sinfdagi
o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars payti,
qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli
maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik oqituvchilar sinf rahbari
vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.
O‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar,
turli xildagi ijtimoiy
kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga
sub’ektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar
tayyorligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: