2-mavzu: O‘zgarishlarga moslashuvchanlik psixologiyasi. Ta’lim jarayonida yuz bergan turli o‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez hamda oson moslasha olish Reja



Yüklə 305,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix29.12.2022
ölçüsü305,85 Kb.
#78088
1   2   3   4   5   6
1281001 - Pedagog mas\'uliyati va moslashuvchanligi (Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik)

 
O‘qituvchilik mas‘uliyati 
Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. Boshqa kishilar 
oldidagi o‘z burchini anglash va uni kishi xulqining rag‘batiga aylantirish, odam o‘z 
faoliyatini boshqalarga ko‘proq yaxshilik qtsilishga ongli va ixtiyoriy ravishda 
yo‘naltirishi mas‘uliyat tushunchasining mazmunini tashkil etadi. 
O‘qituvchining mas‘uliyati-mas‘uliyat tushunchasining butun mazmunini 
saqlagan holda, muallimning faoliyati va ta‘lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini 
ham o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida 
tarbiyalash mas‘uliyati yuklanadi. Muallim o‘quvchilarga chuqur nazariy bilimlar 
berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga, u boladagi mavjud 
layoqat va qobiliyatlarni payqab, alohida yondashishi, unda mavjud bo‘lgan ijobiy 
axloqiy fazilatlarni avaylab o’stirishi lozim. 


Muallim sinfda jamiyatning, xalqning, davlatning vakili sifatida o‘quvchilar 
jamoasi bilan yolg‘iz o‘zi ish olib boradi. Bunday sharoitda o‘qituvchining 
mas‘uliyati uning xulqini tartibga solib turadigan, boshqaradigan kuch, 
o‘quvchilarga ta‘sir o‘tkazish darajasining asosiy mezoni hisoblanadi. Jamiyatning 
kelajagi, ota-onaning umidi, nuri-diydasi-farzandning taqdiri, kelajagi uning qo‘liga 
ishonib topshirilgan. Muallim o‘quvchilarning bilimiga baho qo‘yadi, baho esa 
jamiyatning, kattalarning, ota-onaning bolaga munosabatini belgilovchi mezon
omillardan biridir. Yaxshilik, adolat, sha‘n, qadr-qimmat insoniylik kabilarning 
mavjudligiga bolada ishonchni vujudga keltirish ham o‘qituvchining mas‘uliyatiga 
bog‘liq. Shunisi ham borki, buni ko‘pincha nazorat qilib ham bo‘lmaydi. Bu 
muallimning vijdoniga havola qilinadi. 
O‘qituvchilik qilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o‘z 
zimmalariga qanchalik yuksak sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur 
etishlari lozim. Oliy va o‘rta maxsus pedagogika o‘quv yurtini bitirib, muallimlik 
faoliyatini boshlagan kishi barcha o‘quvchilarga o‘zini yaqin tutishi, odobi, odilligi 
bilan bolalarga ijobiy axloqiy namuna ko‘rsatishi zarurligini yoddan chiqarmasligi 
kerak. 
Nazorat uchun savollar: 
1. O‘zgarishlarga nisbatan moslashuvchanlik deganda nimani tushunasiz? 
2. 
Ta’limdagi o’zgarishlarda o’qituvchi ijodkorligi qanday bo’lishi lozim? 
3. 
Moslashuvchanlik bo’lmasa pedagogik jamoada qanday muammo va 
nizolar kelib chiqadi? 

Yüklə 305,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin