1
4-MAVZU. 1-4-SINF О‘QISH DARSLARIDA О‘QUVCHILARNING
BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH KOMPETENSIYASINI
SHAKLLANTIRISH.
Reja:
1. Asar matnini tahlil qilishning metodik shartlari va bosqichlari.
2. 1-4-sinf о‘qish darslarida о‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish
kompetensiyasini shakllantirish.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: о‘quv dasturi, bilim,
kо‘nikma, malaka, kompetensiya.
1. Asar matnini tahlil qilishning metodik shartlari va bosqichlari.
Asar matnini tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning
tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog‘liq holda qarashdir.
Yana bir asosiy qoida
asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda
amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar
ustida ishlashning asosiy
yо‘nalishini belgilaydi,
shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida о‘quvchilar
bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan
savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash
uch asosiy bosqichga
bо‘linadi:
Birinchi bosqich(birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni
yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan
tanishtirishdan iborat.
Ikkinchi bosqich(analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar
rivojining bog‘lanishini
belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va
ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday
qildi va bu uning qanday
xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta,
yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan
birga tahlil qilish va