O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Fakultet:Maxsus ta’lim va inklyuziv ta’lim Kafedra: Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim O’quv yili: 2022-2023 Magistratura talabasi:Shoira Shomuratova
Ilmiy rahbar: p. f.d., professor Z.N.Mamarajabova
Mutaxassisligi:70110401-Maxsus pedagogika, defektologiya (Surdopedagogika)
« ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNI LINGVISTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH » MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Muammoning o‘rganilganlik darajasi.Umumta’lim maktab o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirish, nutqiy malakalarini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslarini G‘.Azizov, T.U.Ziyadova, Koyenov Shamuel, G.M.Axmedova, M.B.Mirmaqsudova, A.Q.Nisanbayeva, Sh.Sh.Yuldasheva tomonidan tadqiq etilgan. Umumta’lim maktabida adabiy ta’limning ilmiy-metodik asoslari, o‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va rivojlantirish, adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularda adabiy nazariy tushunchalarni shakllantirish va takomillashtirish masalalari F.Badriyev, Q.Yo‘ldoshev, S.Matjonov, U.M.Marasulova, M.Mirqosimova, R.X.Niyozmetova, Q.P.Husanbayevaning ilmiy ishlarida tadqiqot ob’yektlari bo‘lgan. M.Yu.Ayupova, Sh.Aripova, L.R.Muminova, X.M.Pulatova, N.X.Raxmonkulova tomonidan nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqiy kamchiliklarini bartaraf etish, nutqiy faoliyat faolligi va lug‘at boyligini oshirish, V.S.Raxmonova, N.Musayeva, D.A.Nurkeldiyeva, R.Sh.Shomaxmudova, M.P.Xamidova, M.F.Xakimova tomonidan aqli zaif bolalarni ona tiliga o‘rgatish, lug‘at boyligini shaklantirish, maktabga nutqiy tayyorlash, kasb-hunarga o‘rgatish, N.Z.Abidova tomonidan ko‘zi ojiz bolalarni nutqini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Maxsus maktab o‘quvchilarini savodga o‘rgatish, so‘zlashuv nutqini va eshitish idrokini shakllantirish va rivojlantirish, bo‘lajak surdopedagoglarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyasining ilmiy-nazariy, metodik asoslari o‘zbek surdopedagog olimlardan F.D.Alimxodjayeva, M.M.Abdullayeva, N.Sh.Bekmurodov, X.M.Gaynutdinov, D.A.Nazarova, R.R.Rustamova, U.Yu.Fayziyeva, M.M.Qodirov, F.U.Qodirova, Z.N.Mamarajabova, F.R.Teshaboyeva D.B.Yakubjanovalarning ilmiy ishlarida metodik jihatdan tahlil etilgan.