Reja: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 22,12 Kb.
səhifə1/3
tarix01.05.2023
ölçüsü22,12 Kb.
#105684
  1   2   3
zayniyeva Maftuna onatili kurs ishi (Автосохраненный)

Mavzu:
Reja:


Kirish.
Asosiy qism.
1bob.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini lug’at ustida ishlashga o’rgatishning mohiyati.
1.1 Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida lug’atlar ustida ishlashning ahamiyati.
1.2 Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirishda lug’at boyligidan foydalanish.
2bob.Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirish,lug’at ustida ishlash usullari.
2.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarining lug’at boyligini o’stirish.
2.2 Lug’at ustida ishlash mashg’ulotlarida mustaqil ishlarni tashkil etish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mundarija.

Kirish.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:komil insonni voyaga yetkazishda boshlang’ich ta’lim shubhasiz mustahkam poydevor rolini o’taydi. Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi ona tili va o’qish darslarida amalga oshiriladi.


Ona tili va o’qish darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning yetakchi o’rni nutq o’stirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozishni shakllantirish va o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.
O’quvchilar nutqini o’stirish, avvalo, ularning lug’atini boyitish bilan bog’liq hisoblanadi. So'z boyligini oshirishda lug’at ustida ishlash katta amaliy ahamiyatga ega.
O’rganilayotgan matn yuzasidan lug’at ishi o’tkazish jarayonida o’quvchilar tilning lug’at tarkibiga xos bo’lgan eskirgan so’zlar, yangi paydo bo’lgan so’zlar, kasb-hunarga oid so’zlar, shevaga xos so’zlar, badiiy uslubga xos so’zlar bilan amaliy jihatdan tanishib boradilar. Tilimizda mavjud bo’lgan so’zlarni yodda saqlab qolishda, hamda ularni nutqda to’g’ri va o’rinli qo’llay olishda tilning lug’at tarkibini muayyan qatlamlar yoki guruhlarga ajratib o’rganish juda muhim sanaladi
.So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limidir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisalarini o’rganadi. Shu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.Har qanday nutqiy bayon Grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga xos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo’ladi. O’z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada -nutqni muvaffaqqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili juda katta lug’at boyligiga ega. Besh jildlik “O’zbek tilining izohli lug’ati”da 80000 dan ziyod so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bular umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug’atlari, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atda BOSH so’zining 40 dan ortiq asosiy frazeologizm bilan bog’langan ma’noda ishlatilishi berilgan.
Maktabda nutq o’stirishning asosiy vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, asosiy yo’nalishlarini ajratish va asoslash, o’quvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi. O’quvchilar lug’atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manbaa badiiy asarlar hisoblanadi. O’qish darslarida o’quvchilar Oybek, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, G’afur G’ulom, Hamza Hakimzoda, Zulfiya, Z.Diyor, T.Adashboyev, A.Obidjon kabi so’z ustalarining asarlarini o’qiydilar. O’zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o’zlashtiradilar. O’qish darslarida bolalar lug’ati ma’lum mavzularga oid so’zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug’atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso’z, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsevar kabi ko’pgina so’zlar qo’shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko’p ma’noli so’zlar, sinonimlar, ko’chma ma’noli so’zlarni, ba’zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar.
Lug’atni boyitishda turli lug’atlar juda foydali qo’llanmadir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun “Imlo lug’ati” mavjud. O’qituvchi ma’lumot uchun ham, metarial tanlash uchun ham turli lug’atlardan muvaffaqqiyatli foydalanadi.

Lug’at istida ishlash uchun alohida dars ajratilmaydi. U barcha predmetlarni o’rganishda, asosan, ona tili darsalarida darslik materiallarini o’rgatish bilan bog’liq holda olib boriladi. Ona tili darslarida lug’at ustida ishlash o’quvchilar nutqini o’stirishga, savodxonligini shakllantirishga, maktablarda 1-sinfdan boshlanadi va butun o’quv jarayonida davom etadi.



Yüklə 22,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin