Nizomiy nomidagi


KIRISH  Tadqiqotning dolzarbligi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix02.01.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#78265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
2 5440577043987173933

KIRISH 
Tadqiqotning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya 
va sport to’g’risida»gi qonunini hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport 
sohasini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Bunda bolalar va o’smirlar 
jismoniy tarbiyasiga kontseptual yondashib, uzluksiz ta’lim tizimida respublika 
aholisining ko’p millatliligiga tayangan holda har bir millatning madaniy-ma’rifiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy talablari hisobga olinadi
1

Mustaqillik tufayli yurtimizda bolalalr va 
ӯsmirlar sporti davlat siyosatining 
ustivor y
ӯnalishlari doirasidan joy olib, «Sog’lom avlod» dasturi va Prezidentimiz 
tomonidan joriy etilgan «
O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» 
k
ӯmagida yuksak chӯqqi sari qanot yozmoqda. Kechagi yosh sportchi bolalar 
bugun nafaqat 
o’zbek sportini Olimpiya oyinlari, Jahon va Osiyo musobaqalari 
shohsupalariga olib chiqmoqda, balki 
o’z natijalari bilan yurtimiz shon-shuhratini 
jahon hamjamiyati oldida tarannum etmoqda. 
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, Vatan ravnaqini 
ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish masalalariga jiddiy 
e’tibor berilmoqda. Bu borada «Ta’lim to’g’risida»gi qonun hamda «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»ni qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. 
Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy 
siyosiy iqlim keskin o’zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror 
topadi. Inson jamiyatdagi o’rnini ongli ravishda o’zi belgilaydi.  
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng jismoniy tarbiya va sportga 
katta e’tibor berildi. Sportchilarimiz Osiyo hamda jahon miqyosidagi 
musobaqalarda yaxshi natijalarga erishib, O’zbekiston bayrog’ini yuqori 
ko’tarishmoqda. 
Sportning 
bu 
darajaga 
ko’tarilishida 
Prezidentimiz 
I.A.Karimovning hissasi kattadir. Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish 
1
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.; O’zbekiston. 1992. 44 b., O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi 
qonuni. -T., 1997 y., O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.-T., 1997y., O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi qonuni. 
Xalq so’zi. 2002. 31 oktyabr., O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi. Xalq so’zi. 1999. 27 may.



uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bulardan «Jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirish to’g’risida»gi qarori, «Sog’lom avlod uchun» nodavlat dasturi, 
«O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi 
Farmoni va boshqa bir qator xukumat qarorlari sport harakatini rivojlantirishga 
yo’l ochmoqda
2

Jismoniy tarbiya va sportga kundan-kunga qiziqish uyg’onib boriladi. Chunki 
odamlarning sog’lomligini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va sportning 
rivojlanishining ajralmas qismidir deyishi bejiz emas
3

Yosh avlodni har tomonlama: aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan 
rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun 
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunida 
«Kollejgacha yoshdagi bolalar, o’quvchi-yoshlar, talabalar salomatligini asrash va 
mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik ehtiyojini shakllantirish kollejgacha 
tarbiya muassasalari va o’quv yurtlarining asosiy vazifasi hisoblanadi» deyiladi. 
Shunga binoan kollej o’quvchilarida jismoniy tarbiya vositalarini amalga 
oshirishda bir qator mutaxassislar L.P.Matveev (1967), M.M.Bogen, L.Jeleznyak 
o’z uslubiyatini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda o’quvchilarni tayyorlashda 
o’qituvchilar uslublarni tanlashga kam e’tibor berilmoqda. Kollejlarda dastur 
materiallarida kasb amaliy tayyorgarligini amalga oshirishda ko’pchilik 
o’qituvchilar ommaviy dars o’tish bilan chegaralanmoqdalar. O’quvchilar 
qanchalik amaliy jismoniy tayyorgarlikni egallasalar, dars shunchalik qiziqarli 
o’tadi va o’quvchilar kerakli ma’lumotni oladilar. 
Uslublarni tanlash, birinchidan: yurak-qon tomiri faoliyatini kuchaytirishni; 
ikkinchidan, funktsional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan 
quvvatni tejam-tergab sarflashni; uchinchidan, funktsional imkoniyatlardan iloji 
boricha to’la foydalanishni ko’zda tutadi (L.P.Matveev). 
Qat’iy tartiblashtirilgan uslublar kollejlarda mashg’ulotni bir tekisda va har 
xil o’zgaruvchan mashqlar uslubini variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar. 
2
O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.-T., 1997y.,
3
.O’zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi. Xalq so’zi. 2000. 28 may., Karimov I.A. Barkamol avlod 
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori -T., 1997 y., Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.-T.: O’zbekiston.1994.-
30b., Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi “Sharq “ nashriyot-matbaa kontserni bosh tahririyati. Toshkent-1998. 70-78 bet.



Bir tekislik uslubning ijobiy tomoni shundaki, u faoliyat tizimini bir-biriga 
bog’liqligini ish bajarishda kislorod talabini ta’minlovchi yuklamani oshib borishi 
bilan bog’liq. 
O’quv muassasalarida kurash, yengil atletika va boshqa sport turlari 
musobaqalar dasturiga kiritilgan. O’smirlar bu musobaqada ishtirok etishlari uchun 
umumiy tayyorgarlikni amalga oshirish zarur. Bu esa o’quvchining organizmini 
ushbu musobaqaga tayyorlangan bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi. Lekin, o’quvchi 
yoshlarni ko’pchiligi berilgan mezonlarni bajara olishmaydi. Shu sababli
yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda, kollejlarda uslublarni tanlash va 
uni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb muammosidir. 
Yuqorida qayd etilgan muammoning hal qilinishi yengil atletika, kurash, 
suzish, gimnastika va boshqa sport turlaridagi natijalarni yaxshilaydi. Shunga 
asoslanib aytish mumkinki, tadqiqot ishining tanlangan mavzusi dolzarb 
masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin