Nizomiy nomidagi


 O’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix02.01.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#78265
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
2 5440577043987173933

2. O’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash 
Kollej o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini aniqlashda quyidagi 
testlardan foydalanildi: 
a. past startdan 100 m ga yugurish; 
b. 4x10 m ga mokisimon yugurish; 
v. so’z uslubining qo’llanishi; 
g. ko’rgazmalilik uslubini qo’llanishi; 
Jismoniy ish qobiliyati laboratoriya sharoitida PWC-170 testi orqali aniqlandi. 
Testning mazmuni: tekshiriluvchi o’quvchi uch daqiqa vaqt davomida daqiqada 
50-60 marta aylantirishni veloergometrda bajardi (Veloargotest ritmi V-310). 
Test o’tkazish uslubi: tekshiriluvchi og’irligi aniqlangandan so’ng 1 kg tana 
og’irligiga 2 Vt hisobida yuklama belgilanadi. U veloergometrga o’tirgandan so’ng 
dastlab tinch holatda elektrokardiograf (EK-1T-OZM,,) yordamida A.A.Butchenko 
usulida uning yurak ish faoliyati qayd etildi, yuklama jarayonida ish vaqti 
tugashiga 30 soniya qolganda, ish bajarish barqarorlashganda EKG qayd etildi. 
Olingan natijalar kardiometr asbobi yordamida besh R-R oraligida YUKTU 
aniqlanib, PWC-170 testi nastijasi ishlab chiqildi. 
Tadqiqot ishi 2013 yil oktyabrgacha Toshkent shahar, Mirobod sanoat 
kasb xunar kollejida olib borildi. 
Tadqiqot ishidagi har xil tekshirishlarda asosiy guruhdagi kollej 
o’quvchilaridan 150 ta o’g’il bola ishtirok etdi. 
Ilmiy-uslubiy adabiyotlar, jismoniy tarbiya dasturi va normativ xujjatlar tahlil 
qilindi. Tadqiqot ishlarini olib borish uslublari aniqlandi va vazifalar belgilab 
chiqildi. So’rov varaqalariga javob olish kollej o’qituvchilaridan olindi. 
Jismoniy rivojlanishi, jismoniy ish qobiliyati, jismoniy tayyorgarlikda 
dastlabki testlar qabul qilindi, pedagogik kuzatish va rejalashtirish xujjatlari 
tayyorlandi, yuklama me’yorlari aniqlab chiqildi. Tadqiqotda tajriba va nazorat 
guruhlaridagi o’g’il bolalar ishtirok etdi. Tadqiqot ishlari jismoniy tarbiya 
dasturiga asosan asosiy mashqlar bo’yicha seriyalarda takrorlab bajarish vositasi va 


41 
uslublari yordamida amalga oshirildi hamda yuklamaning me’yorlari ishlab 
chiqildi va amalda qo’llanildi. 
Pedagogik tajriba oxirida boshlang’ich testlar bo’yicha qayta nazorat 
o’tkazildi va boshlang’ich hamda yakuniy natijalar taqqoslandi. 
Tajriba natijalari umumlashtirildi va matematik statistika uslubida ishlandi 
hamda jismoniy tayyorgarlik bo’yicha dastlabki va yakuniy natijalar tahlil qilindi. 
Tadqiqot ishlarining boshi va oxirida o’quvchilarning jismoniy rivojlanishi, 
tayyorgarligi va ish qobiliyati bo’yicha maxsus test natijalari ishlab chiqildi. 
Tajriba va nazorat guruhlarida jismoniy tarbiya darslari «Akadem litsey va 
kollej o’quvchilarini jismoniy tarbiya dasturi» bo’yicha reja sosida olib borildi. 
Jismoniy sifatlarni (kuch sifatini) tarbiyalashning umumiy asoslari.
Bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashda berilayotgan mashqlar ularning 
yoshlik xususiyatlariga va jismoniy sifatlarni qulay yoshlik davrlariga qarab 
tanlanishi va rivojlantirilishi juda muxim hisoblanadi. 
Kishini kuchi deganda tashqi muhit qarshiliklarini muskul kuchi yordamida 
engish qobiliyati tushuniladi. Kuch biologik harakatlarning barchasida namoyon 
bo’ladi. Kuch sifatini rivojlantirish uchun 16 –17 yosh eng qulay hisoblanadi. 
Kuchni rivojlantirishda turli qarshiliklarni engib bajarish bilan bog’liq jismoniy 
mashqlar qo’llaniladi. Bularga asbob anjomlarning og’irligi, o’zining og’irligi va 
maxsus trenajyorlar kiradi. 
Kuchni rivojlantirishda ko’p hollarda quyidagi jismoniy mashq vositalaridan 
foydalaniladi: predmet va predmetlarsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi 
mashqlar; to’ldirma to’plar va gantellar bilan bajariladigan mashqlar, yugurishlar 
(turli yo’nalishlarda, joylarda va xokazo), sakrashlar; irg’itishlar; og’irliklar bilan 
mashqlar (qo’rg’oshin joylashtirilgan belbog’, kazullar, qum to’ldirilgan 
qopchalar, rezinkali, prujinali amartizatorlar va espanderlar); shtanga va 
trenajerlarda mashqlar; maxsus mashqlar ( to’p uchun kurashish, seriyalar bilan 
sakrab to’p tashlash, og’irliklarni qo’llab to’pni olib yurish va aylantirib o’tishlar 
va shu kabilar) 
Kuchni rivojlantirish og’irlik darajasiga bog’liq bo’ladi. 


42 
Absolyut rivojlantirishda og’irlik kattaligi maksimumning 80% tashkil etadi. 
Tezkor – kuchni rivojlantirishda og’irlik kattaligi 30-70 % gacha bo’lishi kerak. 
Kichik og’irliklar (50 %) gacha faqatgina tezkor – kuchnigina emas shu bilan birga 
kuch chidamliyligini xam rivojlantiradi. 
16-17 yoshdagi o’quvchilar uchun 50-75 % kuchlanishga ega bo’lgan statik 
xarakterdagi mashqlar va dinamik xarakterdagi kuchni, o’rta (50-75% gacha) 
kuchlanishga ega bo’lgan mashqlar (qizlar uchun 30-50% gacha) juda foydalidir. 
Mashg’ulot vaqtida mashqlar doimo qiyinlashtirilib boriladi. Bunga og’irliklarni 
orttirib borish, takrorlanish sonini, seriyalar sonini, xarakat suratini oshirish va dam 
olish oralig’ini qisqartirish usullarini qullash bilan erishiladi. Quchni rivojlantirish 
uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: 
1. Maksimal kuchlanish usuli 
2. Dinamik kuchlanish usuli 
3. Takroriy mashq usuli 
4. Izometrik kuchlanish usuli 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin