3. Jismoniy mashqlar yuklamasining o’quvchilar yurak-qon tomir tizimi
va nafas olish tizimiga ta’siri
Bolalar har bir darsda yangi topshiriq va malaka olishlari kerak, jismoniy
mashqlarning maqsadga qaratilgan mashg’ulotlar jarayonida ularning
jismoniy rivojlanishini yaxshilanishini ko’rishi kerak. Shu bilan birga har bir
o’quvchi o’zining shaxsiy rekordiga ega bo’lishi va uni bunga yaqin keltirilishi
kerak.
Buning uchun o’qituvchi kollejda o’quvchining bo’sh vaqtlarida
o’quvchilar bilan birgalikda ishlashini (yilda, darslar seriyasida, ya’ni vaqtning
har xil davrlarida) taqdim etishini aniqlashi zarur: Maqsadning qo’yilishi
o’quvchilar faoliyatini tartibga soladi va boshqaradi.
O’quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi har xil sharoitlarda hayotiy
zaruriy harakatlarni boshqarishni bilish, kollej kursining tugatish vaqtiga
o’quvchilarni g’oyaviy shakllantirishdir hamda uni amaliyotda qo’llash.
43
Har qaysi o’quv yilining maqsadi ushbu sinf uchun kollej dasturi
nazarda tutgan materialni o’zlashtirishdir. Darslar seriyasida yoki o’quv
choragida maqsadli mashqlarni bajarishsa, uni hayotga singdirishga xizmat
qilishdir. Masalan, uzunlikka sakrashni o’rganib olish.
Biri boshqasidan kelib chiqadigan maqsadning barchasi har bir
darsda aniq vazifalar qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Jismonii
tarbiya
darsiga
quyiladigan
vazifalar
maqsadga
qaratilganligidan kelib chiqib uchta guruhga bo’linadi: ta’lim, tarbiyalovchi
va sog’lomlashtiruvchi.
Ta’lim vazifalarini echish jismoniy mashqlarni bajarish mahorati va
uddalay bilishlari bilan o’quvchilarni qurollantiradi.
Tarbiyalovchi vazifalarini echish o’quvchining shaxsiy iroda sifatlari
va ahloqiy rivojlanishiga mashg’ulotlar ijobiy ta’sir ko’rsatishini ta’minlaydi.
Birok, bu guruhlarga bo’linish ancha shartlidir. Masalan, jismoniy
sifatlarni tarbiyalash bo’yicha ishni biz organizmning tizimlari va barcha
organlar yaxshi ishlab turishi uchun va gavdani shakllantirish uchun, uning
ahamiyatini hisobga olib, sog’lomlashtirish vazifalariga kiritamiz.
Binobarin, ularni tarbiyalash bo’yicha ishni ta’lim vazifalariga kiritish
mumkin. Jismoniy sifatlarning rivojlanish jarayonida o’quvchidan iroda,
qat’iylik, botirlikni tarbiyalaydi. Bu esa insonning ahloqiy sifatlarni tashkil
topishi katta ahamiyatga ega.
Sog’lomlashtirish vazifalarini echish jismoniy rivojlanishning muayyan
yoshida gavdani shakllantirish va jismonii tayyorgarlikning oshish
darajasini ta’minlash nazarda tutiladi va mashg’ulotlarda organizmga
mashqlarning sog’lomlashtirishga ta’sir ko’rsatishi uchun eng yaxshi
sharoitlar bilan ta’minlaydi.
Shuning uchun o’qituvchining ishi amaliyotida tarbiyalash
o’rgatishga va sog’lomlashtirish vazifalari yig’indisida echadi.
Alohidaligi bo’yicha ko’rib chiqilgan bu vazifalardan har birining
mazmuniga chuqur kirib borish maqsadi amalga oshiriladi.
44
Ta’lim vazifalarining ma’nosi o’quvchilarning harakat sifatlari
rivojlanishini har qanday hayotiy vaziyatda xususiy qobiliyatini erkin
boshqarish unga imkoniyat ta’minlash darajasigacha kengaytiriladi.
Kimki muayyan miqdorda sport mahoratni egallasa, o’sha hech
qachon sarosimaga tushmaydi. Vujudga kelgan vaziyatlarda eng yaxshi
mos keladigan aynan o’sha harakatlarga o’z vaqtida murojaat qiladi.
Jismonan tayyorlangan o’quvchi masalan, agar suv to’sig’ini uchratsa,
tezda qaror qabul qilishni uddasidan chiqadi. U vaziyatni sakrash bilan
yoxud tayyorgarliksiz ko’prikcha bilan o’tish, yohud kechib o’tish, yohud
suzib o’tish, yohud hamisha kerakli bo’lgan so’zgich yordami bilan
bartaraf qiladi.
Shunday darajaga xususiy vazifalarni har bir darsda izchil echish yo’li
bilan kollej ta’limining borasida erishadilar. Ular harakatlantiruvchi
harakatda keyin birlashtiriladigan ayrim harakatlarni o’rganishga olib boradi.
Masalan, uzunlikka sakrashni o’zlashtirish maqsadida yugurib borish,
depsinish, uchish va erga qo’nishni o’rgatish vazifasi qo’yiladi. O’quvchi
bir xildagi muayyan bilimni o’zlashtirib boradi.
Har bir o’qituvchi o’zining o’quvchisi kollej jismoniy tarbiya dasturi
ko’zda tutgan harakat mahoratlarning to’la to’plamini o’zlashtirishiga intilishi
kerak.
Harakatlar tor doirasini o’zlashtirishga ba’zi bir o’qituvchilarning
intilishlari kelajaksiz,
negaki
harakatar tajribaning birlashtirilishiga
birlashtirilishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida o’rgatishda jiddiy
qiyinchiliklarni keltirib chikaradi.
Jismoniy ma’lumotning yuqori darajasi aloqalar tizimlari bilan
mustahkamlangan jismoniy mashqlarning keng doirasini o’zlashtirishga
ko’maklashadi. Harakatlar bilan boshqarish qobiliyatini tarbiyalash
mushakllar zo’r berishi darajasi bo’yicha makonda va vaqtda bajariladigan
harakatning baholanishini uddalay bilish bilan mustahkam bog’langan.
45
Aniqlanganki, makon va zamon mos kuch baholanishining aniqligi,
bolalarda yo’l qo’yilgan xatolar miqdori to’g’risida tezkor axborot va maxsus
yo’naltirilgan harakatlar foydalanish vaqtida ishlab chiqiladi.
Dastlab butun gavda bilan "qo’llar, gavda, oyoqlar” katta va kichik
ko’lamda tananing ayrim qismlari harakatlarini qo’pol shaklda harakatlar
ayrim tavsifini farqlashga o’rgatish kerak.
Shu bilan birga katta va oz zo’r berish bilan tez va sekinlashtirish katta
va kichik ko’lak bilak harakatni navbat bilan almashtirib turish kerak.
Harakatning xarakteri bo’yicha keskin farq, qiluvchilar o’xshashidan ko’ra
osonroq xotirada qoladi. Shunga o’xshash harakatlantiruvchi topshiriq 17-18
yoshdagi o’quvchlarga oson.
Harakatlar asosiy tavsiflarini tabaqalashtirishga o’rgatish mustaqil
vazifa - umum harakatlantiruvchi tayyorgarlik vazifasi sifatida ajratish kerak.
Bu shuni yuzaga chiqaradiki, harakatlarning ayrim tavsiflarini baholash
qobiliyati jismoniy sifatlar rivojlanishining darajasiga bog’liq emas
(o’quvchilar yaxshi rivojlangan kuchga ega bo’lishi mumkin, biroq ularni
boshqarish qobiliyatiga ega bo’lmasligi mumkin).
Berilgan kuch va ko’lam bilan ma’lum masofada mashqni bajarish
o’quvchilarda katta qiziqishni yuzaga chiqaradi. Bunday ishning turli-
tuman va emotsionallikning elementlari mashg’ulotga kiritiladi. Nihoyat,
harakat mahoratlarning muayyan to’plamini oz o’zlashtirish ularni
hayotga tadbiq etishni o’rganib qolish kerak.
Ta’lim vazifasi ta’lim jarayonining mazmunini aniqlaydi, o’quv
faoliyatining maqsadga qaratilgan ko’rsatmasini beradi, darsni anik natijasini
mo’lllalashga imkon beradi. Ammo bu samara faqat ular to’g’ri
ifodalangan sharoitda erishilgan bo’ladi.
Ta’lim vazifasini noanik quyilishi o’quv jarayonining buzilishiga olib
keladi, o’quvchilar faolligiga ko’maklashmaydi, ularni yo’ldan ozdiradi.
Umumiy o’rta ta’lim vazifalari aniq qo’yilishi barcha harakatlarni
o’zlashtirilishiga sabab bo’ladi. Masalan, yuqoriga sakrashni egallash uchun
46
avvalo yugurib borish, depsinish yoki taxtani ustidan o’tish, erga qo’nish
vazifasi qo’yilishi zarur. Shu bilan birga alohida harakatlarni o’zlashtirish tartibi
ularni bajarilishining tartibsiz amalga oshirish mumkin. Chunonchi,
balandlikka sakrashni yugurib kelish, depsinish, uchish va erga qo’nish
bilan o’zlashtirishdan boshlanadi.
Bundan
tashqari
darsning
vazifasi
"tanishtirish"
(masalan,
musobaqalar koidalari bilan, "Alpomish" va "Barchinoy" majmuasining
talablari va normativlari bilan) va "baholash" (ayrim mashqlar va
kombinatsiyalarni bajarilishini) so’zlari bilan ifodalangan bo’lishi mumkin.
Sog’lomlashtirish, ta’lim vazifasi bilan parallel tarzda o’qituvchi
sog’lomtirish vazifasini ham quyadi. Buning uchun darsda bajariladigan
jismoniy mashqlar shug’ullanuvchilar organizmiga ma’lum darajada ta’sir
o’tkazishiga ko’maklashuvchi qator tadbirlarni amalga oshiradi. Shu asosda
mashg’ulotlarni gigienik sharoitda o’tkazish, ularni toza havoda
uyushtirishning zaruriy jismoniy yuklamasini to’g’ri tashkil qilish
katta ahamiyatta ega.
Har
bir
mashqni
bajarish
vaqtida
alohida
e’tiborni
shug’ullanuvchilarning nafas olishi va gavdasiga qaratish kerak. Mashqlar
bajarilishida vaqtida nafas olish va nafas chiqarish, gavdani to’g’ri holatda
ushlash, nafaqat sog’lomlashtirish samarasi, balki mashqlarni
muvaffaqiyatli bajarilish samarasiga ham bog’liq.
Sog’lomlashtirish vazifalarini echish tufaili bir nechta mashg’ulotlarni
o’tkazib yuborgan vaqtincha jismoniy yuklamalardan ozod etilgan, maxsus
tibbiy guruxlarga salomatligining holati bo’yicha kiritilgan o’quvchilar,
bilan mashg’ulotlarni aloxida tashkillashtirishni talab qiladi.
Shug’ullanuvchilarni jismoniy mashqlarni mustaqil bajarishga o’rgatish
juda muximdir.
Ta’lim bilan parallel tarzda sog’lomlashtirish vazifasini amalga
oshirayotib, o’qituvchi vaqti-vaqti bilan ularga e’tibor qaratishi lozim.
47
Tarbiyaviy vazifasi jismoniy tarbiya darsida o’quvchilarni shaxsining
kamol toptirishning katta imkoniyatlariga ega. Bu imkoniyatlar dars
tuzilishda o’qituvchi tarbiyaviy vazifani o’z oldiga qo’ysa, bu jarayonlarni
boshkarishda ijobiy natijalarga erishadi. Darslarni kuzatishlar shuni
ko’rsatdiki, ba’zi bir o’qituvchilar o’quvchilarning ruhiy tayyorgarligiga
etarlicha ahamiyat bermaydilar. Bunda o’zining holatini boshqarishni
uddalay bilish ta’limi va topshiriklarni bajarishga o’quvchilarni undaydi.
Darsni har tomonlama baholash uchun taklif qilingan normaga ko’ra
organizmga ta’sirini aniqlashga uni xronometraj olib borishga murojat qiladilar.
Hozirgi zamon pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri xalq
xazinalarini insonparvar pedagogik tarbiya tizimida qo’llash va ulardan mohirona
foydalanish, bu bebaho, xalqchil, ma’naviy boyliklarni o’qituvchilarning har kungi
ta’lim tarbiyaviy ishlariga aylantirishdan iborat. Shunga ko’ra o’sib borayotgan
avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari yoshlarning xarakteri va
ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, tadqiqotning maqsadini xalq milliy o’yinlaridan
foydalanish orqali o’quvchilarning jismoniy sifatlarini oshirish yo’llarni aniqlash,
rivojlantirish, milliy o’yinlarning rolini oshirishning samarador shakllarini topish,
xalq o’yinlarining tarbiyaviy imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslash, aniqlash
tashkil etadi.
|