8-jadval
Dam olish samaradorligini uni davom etishi bilan bog’liqligi
Dam olish vaqti
Dam olish samaradorligi,%
sust
Faol
8 daqiqa
100
102
4 daqiqa
85
90
2 daqiqa
63
68
1 daqiqa
51
59
30 soniya
26
32
15 soniya
16
24
8 soniya
10
17
So’zning ma’noli vazifasi. Jismoniy tarbiya terminologiya muammosini
to’g’ri yechish asosida yotadi. Terminologiya predmetlarga va hodisalarga og’zaki
belgilab qo’yishni beradi. Bu o’quvchilarga tanish tushunchani farqlashga,
o’qituvchiga esa umum qabul qilingan so’zlar terminlar bilan tushuntirishni
aniqlashga imkon beradi. Natijada qisqa, ammo katta hajmli so’zlar asosida
o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro tushunish vujudga keladi.
58
So’zning emotsional vazifasi. O’quv va tarbiyalovchi vazifalarni yechishga
ko’maklashadi. Emotsionalli nutq so’zlar ahamiyatini kuchaytiradi va ularning
ma’nosini tushunishga yordam beradi. U o’quvchilarning o’ziga, predmetni
o’rganishga o’qituvchining munosabatini ko’rsatadi. Sog’lomlashtiruvchi
o’qituvchi ularning qiziqishini, o’zining muvofaqqiyatlarida dadilligini,
qiyinchiliklarni bartaraf etish istagini rag’batlantiradi. Emotsionallik ma’noli
mazmun jumlalarning to’g’ri mantiqiy va grammatik qurilishi, ma’noli mazmun
bilan obrazliligi,yaqqolligi, talaffuzi, intonatsiyalar, imo-ishoralar bilan erishiladi.
So’zdan
foydalanishning
qariyb
barcha
xilma-xil
uslublari
umumpedagogikdir. Ulardan jismoniy tarbiya jarayonida foydalanishning faqat
mazmuni bilan va qo’llanishning ba’zi bir uslublari bilan farq qiladi.
So’zlab berish – bayon qilishning xikoya shaklidir. Ko’pincha o’quvchilar
o’yin faoliyatini tashkil qilish vaqtida o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi.
Tasvirlash – bu bolada harakatlar to’g’risida tasavvur tug’dirishning usulidir.
Tasvirlash vaqtida harakatning xarakterli belgilarining ro’yxati beriladi. Nima
qilish kerak, ammo ko’rsatilmaydi, nima uchun shunday qilish kerak gapiriladi. U
dastlabki tasavvur vujudga keltirish vaqtida yoki nisbatan oddiy harakatlarni
o’rganish vaqtida foydalaniladi. Bu vaqtda o’quvchilar o’zining bilim va
tajribalarini foydalanishlari mumkin.
Tushuntirish. Harakatlarga ongli munosabatni rivojlanishining muhim
usulidir. Chunki asosiy savolga «nima uchun» javob berishga, texnika asosini
ochishga qaratilgan.
Suhbat bir tomondan, o’zining fikrini bayon qilishga, ko’nikmani
mustahkamlashga, faollikni oshirishga yordam bersa, boshqasi esa – o’qituvchiga
muayyan ishni baholash, o’zining o’quvchilarini bilishga yordamlashadi, suhbat
o’qituvchining savollari va o’quvchining javoblari ko’rinishida yoki qarashlarni
erkin aniqlash ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ikkinchi xilma-xilligi ko’proq, faolli,
ammo faqat katta harakatlantiruvchi tajribasi bilan va bilimlari yuqori darajasi
bilan o’quvchilarga yengil.
59
Tahlil qilish (razbor) suhbatdan shu bilan farq qiladiki, u biror bir topshiriq
bajarilgandan keyin o’tkaziladi. (Masalan: o’yinlar). Ta’lim bir tomonlama bo’lishi
mumkin, uni faqat o’qituvchi o’tkazadi yoki ikki tomonlama o’quvchilar ishtirok
etishi bilan suhbat ko’rinishida. Ikkinchi shakli ilmiy va tarbiyaviy vazifalarni
ko’proq samarali yechishga imkon beradi.
Topshiriq. Dars oldidan vazifalar yoki darsning borishi bo’yicha shaxsiy
vazifalar qo’yishni nazarda tutadi.
Baholash. Harakatni bajarilishi tahlilining natijasidir. Baholash mezoni o’quv
jarayonining vazifalariga bog’liq. Shuning uchun esa bir nechta xilma-xillarga ega.
1. Boshqa o’quvchining texnikasini bajarilishi bilan taqqoslash yo’li bilan
baholash. U o’quvchini muntazam mashg’ulotlarga, mashqqa qiziqishini
rag’batlantirishga xizmat qiladi.
2. Bajarilishning standartli texnikasi bilan qiyoslash yo’li bilan baholash bu
ta’limning boshlang’ich bosqichida hali o’quvchilarning namunaga taqlid qilish
qobiliyatini imkoniyati chegaralangan vaqtda qo’llaniladi.
3. Harakatning regulyativligini aniqlash yo’li bilan baholash, odatdagidek
didaktik barqarorlikning eng ko’pini egallaydi. U o’quvchini bajarilishning
erishilgan natijalari bilan o’zining texnikasini taqqoslashga va uni
individuallashtirish usullarini qidirishga majbur qiladi. Biroq bunday baholash
faqat jismoniy tarbiyaning samaradorligiga texnik bajarilishining holini
tushunadigan va o’zining harakatini tanqidiy baholay oladigan, yaxshi
tayyorlangan o’quvchilar uchun yaroqlidir. Baholash mezoni o’qituvchining
ma’qullashi yoki ma’qullamasligini aks ettiruvchi «yaxshi», «to’g’ri», «shunday»,
«yomon», «noto’g’ri», «unday emas», «oyoqlar yuqori», «bukilmasin», «qo’llar
bukilmasin» va x.k.larga o’xshash xilma xil turdagi tanbehlarda ifodalanadi.
Shunga o’xshash qisqa-qisqa tanbehlarni o’qituvchi asoslashi kerak.
Buyruq - o’ziga xos va jismoniy tarbiyada so’zdan foydalanishning eng ko’p
tarqalgan uslubidir. U harakatni darhol bajarilishiga, uning tugallanishiga, yoki
harakatlar tezligi darajasining o’zgarishiga buyruq shakliga ega.
60
Armiyada qabul qilingan saf buyruqlari, startli buyruq va x.k. qo’llaniladi.
Kollejgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash vaqtida buyruq qo’llanilmaydi, kichik
kollej yoshidagi bolalar bilan esa cheklanishlar bilan foydalaniladi. Harakatlar
bajarilishining zaruriy tezlik darajasini hisoblash o’quvchilarga yetakchi rolni
o’ynashga imkon beradi. U bir nechta usullar bilan amalga oshiriladi: ovozga
qo’yish bilan hisoblash («bir-ikki-uch-to’rt»), faqat bir xijjali ko’rsatmalar bilan
(«bir-ikki-nafas olish-nafas chiqarish»). Nihoyat, hisoblashning xilma xil qo’shib
olib borishlar bilan taqillatish, qarsak chalish bilan va x.k.
61
Jismoniy tarbiya darslarida so’z uslubidan foydalanish yo’llari
guruhda
individual
Qismlari bo’yicha
qo’shilgan
Sinf bo’yicha
isbotlangan
to’liqligicha
qisqa
Bir marta
Ko’p marta
tushuntirish
butunligicha
qoniqarli
obrazli
62
Ushbu guruhning uslublari o’rganiladigan harakatning ko’rish va eshitadigan
idrokini ta’minlaydi. Harakatlar ritmining, tezlik darajasini ko’rish, ba’zan eshitish
ham shug’ullanuvchilarda harakatlar to’g’risida ko’proq (har tomonlama tasavvur
tug’diradiki, kelgusida qayta tiklash uchun tahminiy asosini kengaytiradi.
Idrok etishning ko’rgazmali printsipining singdirishida ko’rgazmali uslublari
asosiydir (ammo yagona emas). Ularning yordami bilan o’quvchi o’rganilanadigan
harakatning obrazi shakllanishida birinchi bosqichidir, jonli mushohida uchun
imkoniyat oladi. Shu bilan birga hisobga olish kerakki, bir xil odamlarda ko’rish
idroki yaxshi ro’y beradi, boshqalarida esa eshitish. O’qituvchiga ta’limning
uslubida muvofiq uslublar qo’llanishining individuallashtirish imkoniyati bo’yicha
va analizatorning yetakchi rolini nazarda tutishi kerak. Guruhli o’rgatish vaqtida bu
idrok etishni ko’rgazmali uslublarining barcha xilma xilliklaridan foydalanishda
ifodalanadi.
Uslublarni natija berishi ko’pincha ularning o’quvchilar yoshiga muvofiqligi
bilan aniqlanadi. Ayniqsa bu uslublar bolalar bilan ishlash vaqtida katta
ahamiyatga ega. Ularda jonli misollarni kuzatishga intilish, taqlid qilishga
qobiliyati kuchli rivojlangan. Shu bilan birga har xil yoshlardagiga bir xil emas.
Masalan, kichik yoshdagilarda sezgi idroki kuchli rivojlangan.
Idrok
etishning
ko’rgazmali
uslublaridan
foydalanish
ta’limning
bosqichlaridan bog’liq. Birinchi bosqichlarda ular tez-tez foydalaniladi.
Mukammallashtirish bosqichida ular yuzaga kelgan hatolarni to’g’rilash uchun
foydalanadilar.
Ta’limning ko’rgazmalikning barcha qayd qilingan uslublarining ustunligi
faqat ko’rgazmali idrok qilinadigan harakatni o’quvchilarga ma’noli va tushunarli
bo’lgan va uni faollikka uyg’otgan taqdirdagina ta’sirchandir. Aks holda bu
uslublar ermakli tasvirga, o’quvchilar esa passiv mushohidachilarga aylanib
qoladilar. Natijada bolalar harakatni tahlil qilishni o’rgana olmaydilar va faqat
e’tiborni tashqi tomonga qaratadigan bo’ladilarki, ularning puhiy jarayonlarining
faolligi pasayadi. Mulohazani esa bir yoqlamalik qiladi.
63
Pedagogik tajribadan so’ng o’g’il va qiz bolalar tomonidan ko’rsatilgan
natijalar statistik ravishda (tq_____, rq____, tq____, rq____) o’sish farqligi
aniqlandi.
Tajriba guruhi o’g’il bolalari nazorat guruhi o’g’il bolalariga qaraganda 0,28
sekundga yaxshilandi. Bu esa ____ foizni tashkil qildi. Qiz bolalarda esa 0,46
sekundga (___foiz) teng bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |