1-bob uchun xulosa
1. Mashg’ulot yuklamalarini tashkil qilish va ularni dam olish oralig’i bilan
almashtirib borishning har bir tartibi jismoniy tarbiya usullari tuzilishining negizi
bo’lib hisoblanadi.
2. Yuklamaning tashqi tomoni – bu mashqlarning takrorlash soni, ularning
davom etish vaqti, tezligi, harakat sur’ati ishlayotgan og’irlik hajmini bildiradi.
Ichki tomoni esa tana faoliyati imkoniyatlarini jalb etish (tomir urushi,
o’pkadagi havo sig’imi, qon tomir bosimi va boshqa ko’rsatkichlar bilan
aniqlanadi.
3. Jismoniy mashqlar yuklamasining kattaligi tibbiy pedagogik nazorat qilish
yurak-qon tomir urishidagi ko’rsatkichlarni bilish o’quv mashg’ulotlari jarayoni
tuzilishi, yuklamalarni me’yorlashda tabaqali yondashish katta ahamiyatga ega
ekanligi ko’rsatilgan.
4. Kollejlar jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun jismoniy yuklamalarni
me’yorlash adabiyotlarda, qo’llanma va ilmiy manbalarda juda kam yoritilgan.
34
II-BOB. TADQIQOT ISHINI TASHKEL ETISH VA JISMONIY
RIVOJLANISHNI ANIQLASH
1. So’rov varaqalarini o’tkazish
Ishning kirish qismida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun
quyidagilar ko’rib chiqildi:
1.
Mavzu bo’yicha adabiy manbalarni o’rganish.
2.
Yuklama va dam olish jismoniy mashqlarni boshqarishning bir-biri
bilan bog’langan natijali ekanligi.
3.
Kollejlarda jismoniy tarbiya darslarida ishlatiladigan uslublarga tavsif.
4.
Xulosalar.
5.
Adabiyotlar ro’yxati.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi usul va uslublardan
foydalanildi.
1.
Adabiy manbalarni va xukumat qarorlaridan foydalanishish.
2.
Pedagogik kuzatish.
3.
Pedagogik tajriba.
4.
Matematik-statistik uslublar.
Savol-javob varaqasini oliy ma’lumotli 30 dan ko’proq o’qituvchi ishtirok
etdi.
Kollej o’quvchilarga jismoniy tarbiya dasturi materiallari ish rejalarini tahlil
qilishda yuklamani taqsimoti seriyada berish me’yorlari, urinishlari aniqlandi.
Jismoniy sifatlarini tarbiyalash vosita va uslublari, darslarni kollej o’quvchilarining
xususiyatlariga mos ravishda olib borish tamoyillari ko’rib chiqildi.
Jismoniy tarbiya darslarida yuklamalarning shiddati, ichki va tashqi
o’lchamlarini o’quvchilarning yoshiga, jismoniy tayyorgarligiga va funktsional
imkoniyatlariga qarab aniqlandi.
Kollej o’quvchilarining kislorod iste’mol qilish va yurak-qon urishini
aniqlashda, tsiklik, atsiklik, statik, sport o’yinlari, milliy kurash elementlari va
harakat uyg’unligini talab qiladigan mashqlardan foydalanildi.
35
Jismoniy tarbiya darslari jarayonida dasturdagi asosiy mashqlarni bajarishda
yurak-qon tomir urishi, nafas olishi tezligi charchashning tashqi belgilari,
mashqlarni bajarish texnikasini baholash, mashqlarning davom etishi, seriyalar va
takrorlashlar oraligidagi dam olish vaqti, urinishlarda va seriyalarda takrorlaganda
sodir bo’ladigan o’zgarishlar kuzatildi.
Butun yil davomida o’quv-tarbiya jarayoni kuzatilib, darsning alohida
qismlaridagi yuklamaning berilishi, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos
holda dasturdagi asosiy mashqlarning, milliy va harakatli o’yinlarning tanlanishi,
jismoniy yuklama shiddati va davom etishi, mashqlar oraliqlarida dam olish,
darsga qatnashish, qo’llanilgan uslublar pedagogik kuzatishlar ob’ekti bo’ldi.
Asosiy e’tibor jismoniy yuklamalar me’yoriga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish
uslublari va sog’lomlashtirishga, ta’lim-tarbiya vazifalarini oshirishga qaratildi.
Kollej
o’quvchilarining jismoniy rivojlanishi asosiy antropometrik
ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlandi:
1.
bo’yi, sm.;
2.
vazni, kg.;
3.
o’ng va chap qo’llarning barmoqlarini kuchi (qo’l dinamometr orqali),
kg.;
4.
o’pkaning tiriklik sig’imi (spirometr orqali), m
3
.;
O’quvchilarning kuch tayyorgarligini turli-tuman anjomlar: gontel,
espanderlar, qadoq toshlar, shtanga va uning latoklari, qumli qoplar, shuningdek,
ular urnini bosuvchi og’ir jismlar yordamida olib borish mumkin. Bundan
tashqari, har bir darsda o’z tana vazni bilan ham albatta mashqlar bajarish lozim.
Gantellar bilan bajariladigan mashqlar kichik mushak guruhlar va alohida
mushaklarni juda yaxshi rivojlantiradi. Kattaroq mushak guruhlarini harakatga jalb
qiluvchi mashqlarni shtanga va qadoq toshlar bilan samarali bajarish mumkin.
Shtanga deyarli barcha mushak guruhlarini harakatga keltiruvchi mashqlar:
ko’krakka va yuqoriga rostlangan qo’llarga ko’tarish va h.k. ni bajarish usul shakl
va og’irlik jihatidan eng qulay sport anjomidir.
36
Darslarda yuklar bilan mashqlarni takrorlash usulida bajarish kerak. 75-80%
li og’irlik bilan bajariladigan mashqlarda tavsiya etiladigan takrorlar miqdori 4-5
marta 50-55% li og’irlik bilan bajariladigan mashqlarda esa 7-10 marta.
Yuklar bilan maksimal natija uchun bajariladigan mashqlarda o’quvchilar
o’zlarini bir oyda bir marta, oylik mashg’ulot dasturini o’tganlaridan so’ng sinab
ko’rishlari kerak, bu o’qituvchining kuch tayyorgarligi darajasidagi o’zgarishlarni
aniqlab olishga imkon beradi. Yangi olingan natijalar maksimal hisoblanib, keyingi
mashg’ulotlar uchun shu asosda mashq og’irliklari belgilanadi. Maksimal natija
uchun urunishlarni dars jarayonidagi maxsus ajratilgan vaqtda yoki darsdan
tashqari vaqtda tashkil etish mumkin. O’z tana og’irligi bilan bajariladigan kuch
mashqlarini takrorlash usuli bilan ham, “imkon darajasida” usuli bilan ham amalga
oshirsa bo’ladi.
Kuch mashqlari bilan shug’ullana boshlangan 1-yarim yillikda “imkon
darajasida” takrorlashlar ko’pi bilan ikki haftada bir marta bo’ladi. Bu urinishlarni
mashg’ulotlarning oylik tsiklidagi so’nggi haftada, shuningdek, yangi mashqni
kiritgan vaqtda o’quvchilarning alohida maksimal darajalarini anqlash uchun
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi yarim yillikdan boshlab shug’ullanganlik darajasi o’sgani sayin
o’quvchilar har bir darsda bir martadan biror-bir mashqda “imkon darajasida”gi
urinishni bajara oladigan bqladi.
Keyingi faslda aniq misollarda kuch tayyorgarligida yuklamani rejalashtirish
va taqsimlash masalalari ko’rib chiqiladi.
Kuch tayyorgarligining yillik dasturi. Jismoniy tarbiya darslarida
o’quvchilar kuch tayyorgarligining o’quv yiliga mo’ljallangan dasturi ikkita yarim
yillik tsikldan iborat bo’lib, ulardan birinchisi oktyabrdan dekabrga qadar,
ikkinchisi fevralning o’rtalaridan maygacha o’tkaziladi.
Dastur vositalari tarkidiga shtanga bilan bajariladigan eng samarali
mashqlar, shuningdek, test hisoblangan va harbiy xizmatchilarning jismoniy
tayyorgarligida keng tarqalgan o’z tana og’irligi bilan amalga oshiriladigan
mashqlar kiradi.
37
Ma’lumotlarga ko’ra kuch tayyorgarligi tsiklining 2-yarim yilligidagi
mashg’ulotlar boshlanishidan avval nazorat mashqlari natijalari bir oz pasayadi. Bu
darslarda ta’tillar hamda chang’i uchish tayyorgarligini o’tash oqibatida kuch
mashqlari bilan muntazam shug’ullanish orasida yuzaga kelagan 1,5 oylik tanaffus
bo’lganligi bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki mazkur dastur bo’yicha kuch
tayyorgarligini o’tagan talabalar uni o’tamaganlarga nisbatan “Alpomish” va
“Barchinoy” majmuasi me’yorlarini topshirishda ancha yuqori natijalar ko’rsata
oladilar.
Kuch tayyorgarligi borasida vaqt-vaqti bilan o’quvchilarning o’z tana
og’irligi bilan mashqlarni imkoniyat darajasida ko’p marataba bajarishga
urinishlarni tashkil etib turish ko’zda tutilgan. Agar mashq va darsga muvofiq
ustunda maksimal test ko’rsatilgan bo’lsa demak, o’quvchilar bir urinishda
mashqni maksimal ko’p miqdorda takrorlashi, ya’ni “imkon darajasida” bajarish
kerak.
Kuch mashqlarida shtanga og’irligi yoki takrorlashlar sonini darsda
beriladigan nisbiy jadallik bilan bog’liq ravishda matematik hisob-kitob yo’li bilan
aniqlash o’quvchilar uchun qiyinchilik tug’dirmaydi.
O’quvchilar o’z tana og’irliklari bilan bajariladigan mashqlarda har xil
maksimal ko’rsatkichlarga erishishlari sababli, bir xil nisbiy jadallik berilganiga
qaramay, mashqlar takrori bo’yicha turli natijalarini ko’rsatadilar. Shunday qilib,
bajarilgan yuklama hajmi ularda har xil bo’lib chiqadi.
O’quvchilar dars, hafta, oy, yarim yillik, o’quv yili davomida bajariladigan
takrorlashlar sonini, shuningdek, yuklamani hisoblab chiqarish uchun o’quv
guruhining kuch tayyorgarligi rejasida har xil dars uchun aniq raqamlar
takrorlashlarning o’rtacha ko’rsatish lozim. O’qituvchi uni muayyan guruh
o’quchilarini dastlabki testlashdan o’tkazib hamda maksimal natijalarning o’rtacha
kattaliklarini hisoblab topib aniqlashi mumkin. Ulardan foydalangan holda u nisbiy
jadallikning rejalashtirilgan kattaliklariga qarab rejaga guruhning o’rtacha
o’quvchisiga mo’ljallangan takrorlashlarning aniq sonini kiritadi.
38
Yuklama hajmi kuch mashqlari dars majmualari uchun ajratilgan vaqt bilan
cheklanganligi sababli II yarim yillikda mashg’ulot samarasiga asosan jadallikni
oshirish yo’li bilan erishiladi. Bu vaqtga kelib etarli darajada mashqlangan
o’quvchilar ancha katta og’irlikdagi shtanga bilan shug’ullanadilar va o’z tana
og’irliklari bilan mashqlarning har bir urinishda ko’p miqdorda takrorlab
bajaradilar.
Maksimal natija uchun (yoki “imkon darajasida”) urinishlar endi ancha ko’p
rejalashtiriladi. Shu tariqa shtanga bilan bajariladigan mashqlarning o’rtacha nisbiy
jadalligi 10,4%ga o’z tana og’irligi bilan o’tkaziladigan mashqlarda esa 5,9% ga
oshadi.
Takrorlashlarning maksimal imkon darajasidagi urinish-larni endi
o’quvchilar 27 taga ko’proq bajaradilar. Har ikkala yarim yillik tsikl o’xshash
tarzda qurilgan bo’lib, ularning har biri 3 ta to’rt haftalik tsikldan iborat.
1-oylik tsikl bundan mustasno bo’lib, unda o’quvchi yuklamaning haftalik
hajmini oshiradi. Haftalik tsikl uchta dars mashg’ulotidan iborat bo’lib, ularda har
biri 12 daqiqaga mo’ljallangan 6 ta kuch mashqlaridan iborat majmualar bajarildi.
Bitta mashqning bajarilishiga 2 daqiqa ajratiladi.
O’tkazilgan test natijalariga ko’ra mashg’ulotlarni tashkil etishning quyidagi
tizimini tavsiya etish mumkin:
1) o’quvchilarning kuch tayyorgarligi darajasiga ko’ra mashqlarini
bajarilishga sarflangan vaqt, yuklama hajmi va jadalligini aniqlash;
2) o’quvchilarning maksimal natijalari darajasiga qarab keyingi mashg’ulot
uchun mashqlarning rejalashtirilgan yuklamasini aniqlash;
3) o’quvchilarni, masalan, o’z kuch tayyorgarligiga ko’ra taxminan bir xil 6
ta guruhga bo’lish; ularning har biri o’z bekatida mashqlarni bajaradi.
Darsni boshlashdan avval o’quvchilarni mashg’ulot rejasi hamda
bekatlardan o’tish tartibi bilan tanishtirish lozim.
Kuch mashqlari darsini aylanma mashg’ulot usulida qanday tashkil etish
mumkinligini yillik dasturning 7-darsi misolida ko’rib chiqamz. 6 ta bekatda
o’quvchilar muvofiq ravishda 6 ta mashq bajaradilar: 1) siqib ko’tarish, 2) o’tirib
39
turish, 3) shtangani ko’krakka ko’tarish, 4) yakkacho’pda tortilish, 5) qo’llarga
tayanib etgan holda ularni bukib-yorish, 6) yotgan holatdan gavdani ko’tarish. Har
bir mashq rejalashtirilgan yuklama bilan 2 urinishda bajariladi.
Mashqlarni bajarish uchun 12-15 daq. har bir bekatga taxminan 2 daq. dan
beriladi.
O’quvchilarning guruhlari, ularning ularning har biri taxminan 4 kishidan
iborat bo’ladi, barcha guruhlar bir vaqtning o’zida mashqlarning bajarishga
kirishadilar. 1,2,3-bekatlarda o’quvchilar shtanga yoniga galma-galdan keladilar va
2 urinishni bajaradilar. Shtangani ko’tarish uchun ajratilgan vaqt-15-20 sek., dam
olish uchun 100 sek beriladi.
4,5,6-bekatlarda o’quvchilar mashqlarni, agar imkon bo’lsa, bir vaqtda
bajara oladilar. Bu bekat uchun ajratilgan maydoni o’lchamlariga bog’liq. Har bir
o’quvchi ikki daqiqa 2 ta urinishni amalga oshiradi. O’z bekatida mashqni bajarib
bo’lgach guruhlar keyingi bekatga o’tadilar.
O’qituvchining bo’yrug’i bilan o’quvchilar tomir urish sur’atini o’lchay
boshlaydilar va ko’rsatkichlarni varaqaga yozadilar, xuddi shunday buyruqdan
so’ng muolajani tugallaydir. Tomir urishning bevosita bolalarning echinish
xonasidada o’lchash ham mumkin.
Kuch mashqlarni aylanma usul bilan bajarganda, agar tomir urishi 220 dan
shug’ullanuvchining yoshini ayirib chiqarilgan natijaning 70-80% ga teng bo’lsa,
me’yorda hisoblanadi.
O’quvchilarning tomir urishini kuch tayyorgarligi jarayonida muntazam
ravishda o’lchab turish o’qituvchiga shug’ullanuvchilarning organizmining
funktsional holatidan kelib chiqib yuklamani o’zgartirish va shu tariqa o’zi ishlab
chiqqan mashg’ulot rejasiga o’z vaqtida tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
|