Nizomiy nomidagi


 Jismoniy mashqlar yuklamasining o’quvchilar yurak-qon tomir



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix02.01.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#78265
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
2 5440577043987173933

3. Jismoniy mashqlar yuklamasining o’quvchilar yurak-qon tomir 
tizimi va nafas olish tizimiga ta’siri 
Jismoniy mashqlar yuklamasining kattaligini tibbiy-pedagogik nazorat qilish 
YUQTU da muhim ahamiyatga ega. Bu ko’rsatkichni bilish o’quv mashg’ulotlari 
jarayonini tuzishda, o’quvchilarga yuklamalarni me’yorlashda differentsial 
yondoshish katta ahamiyatga ega. 
Yuklama hajmi va kengligini aniqlashda mashg’ulotlar jarayonida YUQTU 
ning egri chizig’i qabul qilingan va shunga asoslanib ularni ilmiy ishlanishni 
taqozo etadi. 


30 
Shunday qilib, adabiyotlar tahlilining ko’rsatishicha, kollej o’quvchilarining 
o’sishi va rivojlanishida optimal jismoniy yuklama muntazam tashkil qilinganda 
qon aylanish tizimi, qonning daqiqalik hajmi (KDX) qonning tashib berish hajmi 
(KTBX) arterial bosimga va YUQTU ga ijobiy ta’sir etadi. Yuklama YUQTU va 
kislorod talabi o’rtasida korrelyatsion aloqa aniqlangan ba’zi bir yuklamada 
YUQTU va KDX orasida mustahkam aloqadorlik topilgan, turli tipdagi ishlarda 
YUQTU va yuklama kengligida bog’liqlik aniqlangan.
Barcha sanab o’tilgan ma’lumotlar tajriba qilinayotgan jismoniy yuklamaning 
ta’sir darajasini baholashda mezon sifatida YUQTU dan foydalanish va ish 
qobiliyatini aniqlash uslubini ishlab chiqishga xizmat qiladi. 
Kollej yoshidagi bolalar mushak yuklamasida maksimal bosimning oshishi, 
minimal bosimning pasayishi va qon puls bosimining ortishi kuzatilgan. 
O’smirlarda va yoshlarda bosim kam o’zgaradi.
Kollej yoshidagi bolalar orasida jismoniy mashqlar yuklamasini nafas 
olish tizimiga ta’sirini bilish yuzasidan L.I.Abrosimova, A.A.Guminskiy, 
R.A.Shabuninlar tomonidan bir qator ishlar bajarilgan. Ularning fikricha bolalar 
organizmining yurak-qon tomir va nafas organlari tizimining bitta ma’lum 
me’yorlangan yuklamaga bo’lgan reaktsiyasi bosh namuna bo’lib hisoblanadi. 
O’smirlar yoshida jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish tez va 
katta sur’atda morfologik hamda funktsional o’zgarishlarga ta’sir etadi. Yetuklik 
yoshdan farqi shundaki, uning funktsiyasida tejamkorlik ma’lum darajada 
namoyon bo’ladi. Bu tinch holatda kislorod talabining pasayishi va ish rejimida 
to’qimalarga kislorodning yetib kelishi bilan namoyon bo’ladi. 
Sport bilan muntazam shug’ullanish o’pkaning maksimal ventilyatsiyasining 
(UMV) o’sishiga yordam beradi. Sportchilarda UMV yuqori. UMV tana 
og’irligining 1 kg. Ga 10-11 yoshda daqiqada 1,94 l gacha kamayadi. O’smirlik va 
yigitlik davrida uning hajmi o’zgarmaydi. 1 kg og’irlikka 1,8 l teng keladi. 
O’pkaning tiriklik sig’imi va vazn nisbati tsiklik sport turlari bilan shug’ullanuvchi 
o’smir va yigitlarda yuqori bo’ladi. 


31 
Gazlar almashinuvining asosiy ko’rsatkichlaridan bir kislorodni maksimal 
iste’molidir (KMI). Sport bilan shug’ullangan 10-12 yoshli bolalarda KMI yuqori, 
bunday farq yanada yoshroq bolalarda past. Normal rivojlanish sharoitida KMI 
qizlarda 4 yoshli, o’g’il bolalarda 16 yoshda barqarorlashadi, o’smirlar muntazam 
shug’ullansa, KMI rivojlanishi davom etaveradi. 
Bolalarda hech qachon katta hajmdagi kislorod qarzi sodir bo’lmaydi, bunday 
holat kattalarda yuqori mushak ishida aniqlangan. 
7 yoshdan 11 yoshgacha va 4 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan davrlarda 
KMIning o’sishi aniqlangan, 11 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan davrda bu 
ko’rsatkich nisbatan barqarorlanishi bilan xarakterlanadi. 
KMI ning yosh xususiyatiga nisbatan o’sish xarakteri turli mualliflarning 
fikricha o’smirlarda nisbiy KMI kengligi katta yoshdagi shug’ullanmagan 
kishilardan ortda qolmaydi. 
Organizmning aerob imkoniyatini to’liq ochish KMI sharoitida amalga 
oshiriladi. Uning kattaligi individual rivojlanish jarayonida ko’payadi, 10 yoshdan 
20 yoshgacha bo’lgan davrlarda bu ko’rsatkich 1,8 l dan 5 l daqiqagacha oshadi, 
10-16 yoshdagi sport bilan shug’ullanmaydiganlarda KMI ning mutloq kattaligi 1-
3 l daqiqa atrofida tebranib turadi. Bu yoshdagi davrda KMI ning nisbatan hajmi 
(tananing 1 kg og’irligiga) 33,3-53,1 l daqiqa kg. ga to’g’ri keladi. 
Katta yoshdagilar ish bajarganda anaerobli glikoliz faol kirishib, yurak 
urishining daqiqada 180 martadan oshishiga ta’sir etadi, ish bajarish shiddati 
glikolitik energiya ta’minotiga kirishganda anaerob almashinuv yetishmovchiligi 
belgilanadi. 
Sport bilan shug’ullanmagan kishilarda maksimal kislorod talabidan 50% 
yuklamada AAE (aerob almashinuv yetishmovchiligi) yuzaga keladi. 
14-16 yoshdagi o’g’il bolalarda 50-100% li yuklama bajarilganda yurak va 
nafas tsikllarida kislorod ishlab chiqarish ancha oshadi, bu ishlayotgan 
mushaklarga kislorodning yaxshi yetib borishini ko’rsatadi. 
Shunday qilib, 14-16 yoshli o’g’il bolalarda ish qobiliyatining oshishi bilan 
yuklama paytida nafas va yurak tsiklida kislorodni ishlab chiqarish ko’payadi. Ular 


32 
11-12 yoshli o’g’il bolalarga nisbatan tashqi naas olish apparatining funktsional 
imkoniyatidan yaxshi foydalanadi. 
Anaerob sharoitda bajariladigan mashqlar (kuch, tezkor-kuch, portlovchi kuch 
xususiyatidagi) maksimal, maksimal atrofida yoki submaksimal anaerob 
quvvatdagi mashqlarga bo’linadi: 

maksimal anaerob quvvatidagi mashqlar KRF va ATF energiya bilan 
ta’minlanadi; 

maksimal atrofidagi anaerob quvvatdagi mashqlar fosfagen va kislorodsiz 
glikoliz energiya bilan ta’minlanadi; 

submaksimal anaerob quvvatdagi mashqlar energiya glikoliz va aerob 
jarayonlarda ta’minlanadi. 
Shunday qilib adabiy manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya 
mashg’ulotlari jarayonida yuklama eng muhim masalalardan biri deyiladi. Lekin 
bugungi kungacha kelib yuklama me’yorlari bo’yicha u o’quvchilarning yoshi, 
jinsi, jismoniy tayyorgarligi va ish qobiliyatiga mos holda 14-16 yoshli o’smirlar 
uchun aniq me’yorlar ishlab chiqilmagan. Ayniqsa kollejda jismoniy tarbiya 
o’qituvchilari uchun jismoniy yuklamalarni me’yorlash adabiyotlarda, qo’llanma 
va ilmiy manbalarda juda kam yoritilgan. 


33 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin