71
Kinofilm barcha texnikaviy qiyinchiliklarda uning pedagogik jarayonini
borishida namoyish etilishi ulkan didaktik imkoniyatlar yaratadi. Kinofilmning
yordami bilan yuqori sport ko’nikmasi darajasidagi harakatning bajarilishini,
shu bilan barcha detallarni ta’kidlash uchun har xil tekislikda, yirik rejada va
umumiy rejada ko’p marta namoyish qilish mumkin. Harakatlarni ko’rgazmali
idrok etishi uchun rapidli tasvir deb ataladigan katta ahamiyatga ega. Ya’ni
harakatlarni oshirilgan tezlik bilan kino tasviri. Kino tasmada olingan proektsiya
ekranda kino tasvirning tezligidan ko’ra, kam tezlik bilan harakatlarni
susaytirilgan holda ko’rsatadiki, uning barcha detallariga qarab chiqish imkonini
beradi.
Tovushli va yorug’lik signalizatsiyasi harakatning boshlanishi va
tugallanishi uchun eshitish va ko’rishning zaruriy mo’ljalini vujudga keltiradi.
Harakatlar yo’nalishi amplitudasining muayyan ritm va tezlik darajasini tashkil
qiladi.
Bayroqchalar, qoziqchalar, tuproqdagi belgilar, metronomning zarbasi va
x.k.kabi signalizatsiyalarning oddiy o’xshash usullari, yugurish va uloqtirishning
yo’nalishi va balandligini aniqlaydi. Bajarilanayotgan harakat to’g’risida tez
axborot olish uchun elektr nishon, elektrozvukoliderlar keng tarqalmoqda.
Dostları ilə paylaş: