9
Yuklamani tashkil qilish va uni dam olish bilan almashinib borishning har bir
tartibi jismoniy tarbiya usullari tuzilishining asosi bo’lib hisoblanadi.
1-chizma. Yuklama turlari.
O’zgarmas yuklama jarayonida mashq bajarishda mushak ishlarining doimiy
shiddati saqlanadi. Bunda:
Tashqi yuklama hajmi bir xil bo’lib, quyidagi omillar bilan bajariladi:
Yuklama shiddatini quyidagi omillar bilan boshqariladi:
harakat tezligi m.s.
-1
;
tezlanish kengligi, m.s.
-1
;
koordinatsiya murakkabligi;
mashqlarni bajarish sur’ati (ma’lum vaqt ichida takrorlash soni)
nisbatan quvvatni kengligi (ma’lum mashqlarda
yoki shaxsiy rekordiga
qarab foiz hisobida);
harakat amplitudasi qancha katta bo’lsa, yuklamaning shiddati ham katta.
Yuklamaning ichki tomoni (fiziologik, ruhiy) ham doimiy bo’lib, faqat
davom etish vaqtiga nisbati jihatidan o’zgaradi.
Shartli ravishda yuklamaning ichki va tashqi
tomonlarini farqlash qabul
qilingan.
Yuklama
O’sib boruvchi
O’zgaruvchan
O’zgarmas
Uzluksiz
Oraliq
Pasayib boruvchi
O’zgaruvchi
10
Tashqi tomoni – bu mashqlarni takrorlash soni,
ularning davom etish vaqti,
tezligi, harakat sur’ati, ishlatilayotgan og’irlik hajmi.
Ichki tomoni tana faoliyati imkoniyatlarini jalb etish (tomir urishi, o’pkadagi
havo sig’imi, qon tomir bosimi va boshqa ko’rsatkichlar).
Tashqi ko’rsatkichlar mashq jarayonidagi alohida mashg’ulotlar bo’lib,
mashqlarning sonini aniqlab, sportchiga yuklamani mo’ljallashga yordamlashadi.
Ichki ko’rsatkichlar – tana faoliyati o’zgarishining ko’rsatkichlari, mashqlar
bilan maqsadga muvofiq holda yuklamani taqozo etib, mashqlar ta’sirida sportchi
tanasida yuz beradigan o’zgarishlar rivojina ob’ektiv baholashga imkon beradi.
Yuklamaning hajmi deyilganda ayrim mashqlarning uzoq ta’sir qilishi,
shuningdek, muayyan vaqt ichida (ayrim
mashqlarda, mikrotsiklda,
bosqichda,
davrda) bajariladigan jismoniy ishning jami miqdori tushuniladi.
Yuklamaning shiddati deyilganda esa jismoniy mashqlarni bajarishda
ularning shug’ullanuvchilar organizmiga ko’rsatgan ma’lum ta’siri tushuniladi.
Yuklamaning shiddatini quyidagi omillar bilan boshqarish mumkin:
Harakat tezligi, m.s.
-1
;;
tezlanish kengligi, m.s.
-1
;;
koordinatsion qiyinchilik
mashqni bajarish shiddati;
kuchlanishni nisbiy kengligi (aniq
mashqni bajarish rekordi, foiz
hisobida);
harakat amplituda qancha katta bo’lsa, shunga yuklamani shiddati ham
katta;
atrof muhitni qarshiligi (shu joyning relefi, shamol, suvni oqimi va b.);
qo’shimcha qarshilik kengligi. M.:qo’shimcha
qarshilik bilan oldingi
tezlikda yugurish;
mashqni bajarish vaqtidagi ruhiy shiddat. M.:
qilichbozlikni javobgar
musobaqalarda qatnashganda YUQTU 180 m ursa, kichik ahamiyatsiz
musobaqalarga 140-160 zarba uradi (Keller, Liner, Turetskiy, 1989).