MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR
17-BILET
1. Mevalarning tabiatdagi va odamlar hayotidagi ahamiyati.
Mevalarning tabiatdagi va odamlar hayotidagi ahamiyati. Mevalar, birinchi navbatda,
o‘simliklaming ko‘payishi, tarqalishi va nasi qoldirishi uchun kerak. Yowoyi
holda o‘sadigan o‘simliklaming mevasidan tabiatdagi
barcha tirik mavjudotlar
oziqlanadi. Ayrim mevalar yerga to‘kilib, chirib, yemi organik moddalarga boyitadi.
Odamlar hayotini esa mevasiz tasawur etib bo‘lmaydi. Mevalar bevosita tabiiyligicha
iste’mol qilinadi. Ulardan oziq-ovqat va qandolatchilik sanoatida
har xil mahsulotlar
tayyorlanadi. Mevalardan olinadigan moylardan xalq xo‘jaligining turli sohalari (oziq-
ovqat, texnika, og‘ir sanoat, atir-upa)da foy- dalaniladi.
Darhaqiqat, juda qadim zamonlardan odamlar 0‘sim- liklaming yowoyi,
keyinchalik
esa madaniy navlarini ekib, har xil maqsadlarda foydalanib kelishgan. Masalan,
mevasi dan oziq-ovqat sifatida (olma, yong‘oq, o‘rik, uzum, bug‘doy, mosh, loviya,
tariq, qo‘noq, no‘xat) va dori-darmon tay- yorlashda (marmarak, zubturum, na’matak)
oydalanishgan. Kundalik turmushimizda iste’mol qiladigan nonimiz bug‘doy
unidan
tayyorlanishi, yog‘imiz g‘o‘za chigiti, kun-
gaboqar pistasi va zaytun mag‘zidan olinishi
hammamizga ma’lum. Shuning uchun ham ulami asrab-avaylash lozim. Har qanday
taomni tayyorlashda, albatta, ziravor 0‘sim-liklaming mevasi ishlatiladi. 0 ‘zbekistonda
eng ko‘p tarqalgan ziravorlarga zira, alqor, kashnich, sedana va murch kiradi.
2. Yerbag‘ir tugmachagulning hayotiy shakli, poyasi, bargi, ildizi, guli, mevasiva
dorivorlik xususiyatlari haqida ma’lumot bering?
Gulxayridoshlaming ko‘p tarqalgan vakillaridan biri yerbag‘ir tugmachaguldir (102-
rasm). U bo‘yi 10-40 sm keladigan, bir yillik begona o‘t. Uni barcha sug‘oriladigan
yerlarda, ariqlar bo‘yida
va ekin-
lar orasida uchratish mum- kin. Poyasi sershox, yer
bag‘irlab yoki yonboshlab o‘sadi. Barglari uzun band li, yaprog‘i deyarli yumaloq,
cheti 5-7 ga bo‘lingan. Gulla ri barg qo‘ltig‘ida o‘mashgan. Gultojbarglari 5 ta, erkin,
gulkosachabarglarga nisba- tan 2 marta uzun. Chang- chilari ko‘p, iplari birikkan,
urug4chini o‘rab turadi. Yerbag‘ir tugmachagul apreldan sentabrgacha gul- laydi.
Mevasi quruq meva, 12-16 ta mevachadan tashkil topgan yig‘ma meva.
Tugmachagulning quritilgan bargi, guli va urug4 i xalq ta- bobatida ichni yumshatuvchi
dori sifatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: