Bug‘doy unidan oqsillarni ajratish va ular tarkibini o‘rganish
Oqsillar yuqori molekulyar organik birikmalar, tirik hujayra strukturasi tuziladigan asosiy material hisoblanadi.
To’qimalarda oqsilning yig’indi miqdori, ulardagi umumiy azot miqdorini 6,25 koeffitsientiga ko’paytirib topiladi.
Barcha oqsil moddalar ikkita guruhga bo’linadi: oddiy (proteinlar) va murakkab (proteidlar). Oddiy oqsillar gidroliz natijasida faqat aminokislotalarga parchalanadi. Murakkab oqsillar tarkibiga esa aminokislotalardan tashqari oqsil tabiatiga ega bo’lmagan moddalar-nuklein kislotalar, lipidlar, pigmentlar, fosfat kislotasi, metallar va boshqalar kiradi.
Aminokislota va oqsillar amfoter harakterga egadir. Erkin amino- va karboksil gruppalar dissotsiatsiyasida ular qutublanadilar
Aminokislota, peptid va oqsillarga bo‗lgan sifat reaksiyalari ikki guruhga bo’linadi:
a) peptid va aminokislotalar bilan amalga oshadigan reaksiyalar; b) oqsil molekulalarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’zgarishi bilan amalga oshadigan cho’ktirish reaksiyalari.
Mazkur reaksiyalarni amalga oshirish uchun dastavval oqsillarni biologik materialdan ajratib olish zarur.
40 gramm bug’doy unini kimyoviy kolbada 160 ml distillangan suvga solib, aralashtiriladi hamda kolba sovitgich shkafiga (1-20C) bir sutkaga qo’yiladi. So’ng eritma aralashtiriladi, avval gigroskopik momiq paxta keyin esa qavatli qog’oz filtr orqali filtrlanadi. Eritma asosan albuminlarni tutadi. Eritma sovitgichda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |