omilini kiritish demakdir. O‘qituvchi o‘quvchiga avvalgidek, tarbiya obekti emas,
balki o‘zi kabi subekt deb qarashi darkor. Ya’ni o‘quvchini teng xuquqli hamkor,
hamfikr deb qarash lozim.
Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pedagogik diqqat
hamda e’tibor markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda
inson
shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini
shakllantirishdek faoliyat yotadi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi-xalqning ko‘p asrlik
qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o‘zlikni anglash,
milliy o‘urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari urf-
odatlari, marosimlari, xalq oo‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va ularda ifodalangan
g’oyalarni o‘quvchilar onggiga singdirish, ularda ushbu g’oyaga nisbatan hurmatni
qaror toptirish lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo‘lgan, insoniyat o‘tmishi,
buguni
hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmatga ega bo‘lgan ananalar, urf-odatlar
haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ularni
qo‘llab-quvvatlash, ezgu g’oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya
jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish pedagogik
harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik darajasini belgilab beradi.
Bunday pedagogik maqsad va vazifalar,
ularning mazmuni tarbiyaviy
jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O‘quvchilarga birdaniga ko‘p talab va
qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O‘qituvchilar o‘quvchilarga bo‘lgan
munosabat jarayonida o‘zaro bir-biriga zid harakatda bo‘lmasliklari, yagona talab
qo‘yishlari lozim.
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish. Yosh avlodning o‘sib
ulo‘ayishi va shaxsning shakllanishiga hayot, ijtimogiy jamiyat tasir etadi.
Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchidan bolalarni tarbiyalashdan maqsad uni
turmush uchun mustaqil hayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, maktab va
tarbiya muassasalarida olib boriladigan bo‘lishi kerak.
Tarbiyani mehnat bilan boo‘lab olib borish. Mehnatning tarbiyaviy tasiri g’oyat
kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o‘z qobiliyati
va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi
uchun juda katta vositadir. O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi
shaxsiga ijobiy tasir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini
ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi.
Mehnat bolalarga siyosiy-
ma’naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda
bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va
mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda
o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning
aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam boo‘langan.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish - o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning
muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil
insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi.
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga
ishonish shart. Tajribalarning ko‘rsatishiga, qayerdaki o‘quvchilarga hurmat,
muhabbat, ishonch bo‘lsagina shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi.
Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo‘shadi o‘qituvchiga nisbatan
hurmatni uyg‘otadi.
Tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish -
tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yoshi va saviyasiga qarab turli
sinflarda turlicha bo‘ladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bolalik,
o‘smirlik va o‘spirinlik bosqichlarini bosib o‘tadilar. Shu davrlar ichida bolaning
axloqiy turg’unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o‘rtasidagi uyg’unlik vujudga keladi.
Tarbiya berishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish
katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o‘sishida
bir qadar
umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari,
irodaviy sifatlari har xil bo‘ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o‘qishi va mehnatida
aks etadi. Bir o‘quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o‘quvchiga nisbatan
qo‘llaganda natijasiz bo‘lib, chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchi
xususiyatini o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayoni o‘quvchilarning
jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o‘zaro yordam tuyo‘usini
o‘stirish xizmat qilishi lozim. Tuyo‘u tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va
iste’dodini rivojlantirish uchun keng yo‘l ochadi. Jamoada bola har tomonlama
rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilar ahil jamoa bo‘lib
uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ancha yengil va
muvaffaqiyatli bo‘ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy
kuchga ega bo‘ladi, har bir shaxsga ta’sir etadi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati
bilan qo‘shib olib borish, o‘zaro yordam kabi fazilatlar avvalo, jamoada shakllanadi.
O‘qituvchi hamma vaqt o‘quvchilar jamoasiga tayanmoo‘i, ularni jamoa bo‘lib turli
ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o‘rgatib borishi lozim.
Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini
yo‘qotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o‘z o‘quvchilarining
shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola
xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko‘radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish
uning salbiy sifatlarini yo‘qotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi
vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning to‘g’ri hal etilishiga ko‘p
jihatdan boo‘liq.
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan
qo‘llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: