27
Buyruq-istak, shart mayli formalari
oldi, olmoqchi, olmoqda kabi zamon
formalari sof fe'l deb tushuniladi. Bulardan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi
funktsional forma sifatida qatnashmaydi. Sof fe'l doim tuslangan bo'ladi va
gapning kesimi vazifasini bajaradi. Masalan:
Hovli olma, qo'shni ol (Maqol).
2. RAVISHDOSH.
Harakatning belgisini ko'rsatadigan gapda ko'pincha
hol yoki ergash
gapning kesimi vazifasini bajarishga xos bo'lgan fe'l formasi
ravishdosh
deyiladi. Masalan:
Yuzlaringni silab-siypalab, baxting bor deb esadi yellar
(H.O.). Yoki:
Zavodga ishlagani bordik. Yomg'ir tingach, ufq qizardi. Barcha
fe'llar kabi ravishdosh ham o'timli, o'timsizlik, nisbat, bo'lishli, bo'lishsiz, zamon
kategoriyalariga ega. Masalan:
Olgach – o'timli,
o'qilib – o'timsiz,
o'qib – aniq
nisbat,
o'qilib – majh
ullik nisbat,
o'qitib – orttirma nisbat,
o'qigach – bo'lishli,
o'qilmagach –
bo'lishsiz,
o'qigach – o'tgan zamon,
o'qilib – hozirgi zamon,
kelmaguncha –
kelasi zamon.
Ravishdoshlarning zamoni shu gapdagi tuslangan fe'llar zamoniga
nisbatan
belgilanadi, ya'ni nisbiy bo'ladi. Ammo u bilan moslashmaydi.
Tuslangan ravishdoshlarning zamoni aniq. Grammatik jihatdan ravishdoshlar ikki
guruhga bo'linadi:
1.
Tuslanadigan ravishdoshlar.
2.
Tuslanmaydigan ravishdoshlar.
Tuslanadigan ravishdoshlarga –b (-ib) va
–a (-y) qo'shimchalari bilan
yasalgan ravishdoshlar kiradi. Masalan:
borib, ishlab, boray, ishlay kabi. Bu
guruhga ravishdosh,
birinchidan, barcha ravishdoshlar kabi tuslovchi olmagan
holda
ishlatilib, gapda hol va ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi.
Shuningdek, murakkab fe'l tarkibidagi yetakchi fe'l ham ravishdosh formasida
bo'ladi.
O'ynab-o'ynab yuraman, erkim qo'limda (Qo'shiq).
Quyosh chiqib,
Dostları ilə paylaş: