Феъл сыз туркуми



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Феъл сыз туркуми


a, -y yoki 

b, -ib qo'shimchasi bilan yasalgan 
ravishdosh formasida bo'ladi, ikkinchi qism esa tuslanadi. Bunday fe'l ikki xil 
bo'ladi:
1. Leksikalizatsiyalashgan murakkab fe'l.
2. Grammatikalizatsiyalashgan murakkab fe'l (yoki analitik forma).
Birikkan fe'llarning har biri o'z leksik ma'nosini saqlagani holda birgalikda 
bitta murakkab harakatni ifodalasa, leksikalizatsiyalashgan murakkab fe'l hosil 
bo'ladi. Masalan, olib chiq, borib kel, sotib ol, ola kel kabi.
Birikkan fe'llarda biri o'z leksik ma'nosini ifodalagan holda, ikkinchisi 
grammatik ma'no ifodalasa, grammatikalizatsiyalashgan murakkab fe'l yoki 
fe'lning analitik formasi hosil bo'ladi. Masalan, yozib ko'r, o'qib ber, ko'rib chiq 
kabi.
Murakkab fe'lning leksik ma'nosini ko'pincha uning birinchi qismi 
ifodalaydi. Unda birikkan so'z esa murakkab fe'l bo'ladi. Masalan, yozib ko'r, 
ko'rib chiq, olib tur fe'llarida ish-harakat yozib, ko'rib, olib fe'llaridan anglashilib 
ko'makchi fe'llar (ko'r, chiq, tur) yetakchi fe'lning ma'nosiga qo'shimcha modal 
ma'no qo'shadi. Ikkinchi tip murakkab fe'l yasashda tubandagi fe'llar ko'makchi 
fe'l sifatida ishlatiladi.
1. Gorizontal harakat bildiradigan kel, ket, bor, yur, o't, chiq, yubor so'zlari.
2. Holat bildiradigan o'tir, tur, yot, qol, bo'l so'zlari.
3. Turli ish-harakatni bildiradigan ol, bil, quy, ber, tashla, ko'r, boq, yoz, 
boshla so'zlari. Ko'makchi fe'llar yetakchi fe'lga shunday modal ma'nolarni 
qo'shishi mumkin.
a) harakatning davomli ekanligi: ayta tur kabi;
b) harakatning endi boshlanishi: ayta boshla kabi;
d) harakatning takrorlanib turishi: aytib yur kabi;
ye) harakatning tugallanganligi: aytib bo'l kabi;
f) harakatning so'zlovchidan boshqa shaxsga yoki boshqa shaxsdan 
so'zlovchiga yo'nalishi: olib bor, aytib ket, aytib chiq, ola kel, yozib ol, yozib ber 
kabi;
g) harakatning bajarilish usuli: yozib tashla, aytib yubor kabi;
Yetakchi fe'l bilan ko'makchi fe'l bir formada bo'lsa, juft fe'l hosil bo'ladi. 
Bunda ham leksik ma'no salmog'i birinchi qismda bo'ladi. Masalan, aytdi-qo'ydi, 
o'tdi-ketdi, oldi-qoldi, bordi-keldi kabi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin