1. O'tgan zamon sifatdoshi. O'tgan zamon sifatdoshi predmetning nutq so'zlagan vaqtdan ilgari
bo'lgan harakat belgisini anglatadi. O'tgan zamon sifatdoshi fe'l negiziga –gan (- kan, -qan) qo'shimchalarini qo'shish bilan yasaladi. Masalan: O'qigan, ekkan, chiqqan kabi. O'tgan zamon sifatdoshining ba'zi turlari sifatdoshdan hosil
qilinadi. Masalan: o'qiganman, borgan edim kabi. Eski adabiy tilda o'tgan
zamon sfatdoshi –mish, -dik qo'shimchalari bilan ham yasalgan. Bu
qo'shimchalar hozir ham uchraydi. Masalan: Bobom shu kuni yuz yoshga to'lmish (G'.G'.), E yorim, sevgilim obod ro'zg'orim (E. J.). 2. Hozirgi zamon sifatdoshi. Hozirgi zamon sifatdoshi –yotgan va –vchi (-uvchi) qo'shimchalari bilan
yasaladi. Hozirgi zamon sifatdoshi predmetning nutq so'zlagan vaqtda davom
etayotgan harakat belgisini anglatadi. Bulardan birinchi yot fe'lining o'tgan
zamon sifatdoshi formasi bo'lib, hozir sifatdosh yasovchi qo'shimcha vazifasini
bajaradi. U –a (-y) bilan yasalgan ravishdoshga qo'shiladi. Bor-a-yotgan, kel-a- yotgan, o'qi-yo-tgan kabi.
Oxirgi unli fe'l negiziga –vchi, undosh bo'lgan fe'l negizigi –uvchi qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan sifatdosh predmetga doim xos bo'ladigan
harakat belgisini anglatadi. Masalan: aytuvchi, keluvchi, bo'luvchi kabi.
Bu forma ba'zan hozir ham poeziyada uchraydi. Masalan: Kulimsirab turguvchi toleing porloq (G'.G'.). Hozirgi zamon sifatdoshining – yotgan orqali yasalgan formasi tuslanmaydi, ammo egalik va kelishik qo'shimchasini
oladi. Masalan: o'qiyotganimda, o'qitayotganingda kabi. –vchi, (-uvchi) bilan
yasalgan formasi esa tuslanadi: ishlovchiman, ishlovchisan kabi.
Sifatdoshning bu turi otlashishga moyildir. Masalan: uchuvchi, yozuvchi,