Dalada ochilgan paxtalar ko'zni qamashtiradi. Bu sifatlovchi bo'lgan
harakatni anglatadi. Sifatdosh barcha fe'llar singari, o'timli-o'timsizlik, nisbat,
bo'lishli, bo'lishsizlik va zamon kategoriyalariga ega. Masalan: O'qigan (nimani?) kitobni – o'timli, qo'rqqan (nima qilgan?) o'timsiz.
O'qigan – aniq nisbat, o'qilgan – majhullik nisbat, o'qitgan – orttirma
nisbat, o'qigan -bo'lishli, o'qimagan– bo'lishsiz. O'qigan – o'tgan zamon,
o'qiyotgan – hozirgi zamon, o'qimaydigan – kelasi zamon kabi.
Sifatdosh o'ziga tobe bo'lgan so'zlar (to'ldiruvchi, hol) hisobiga kengayib,
sifatdosh oboroti hosil qilgan holda sostavli sifatlovchi vazifasini bajaradi.
Masalan: Uzoq Sharqdan kelgan mehmonlar O'zbekiston boyliklari qarshisida hayratdan yoqa ushladilar. Sifatdoshga tuslovchi qo'shimchani qo'shish bilan aniqlik maylining birorta
zamoniga xos bo'lgan fe'l hosil qilinadi. Tuslangan sifatdosh gapning kesimi
bo'lib keladi. Masalan: Men o'qiganman, bugun mashg'ulotga borasan kabi.
Sifatdosh odatda tuslanmaydi, sifatdoshga odatdagi hollarda kelishik
qo'shimchalarini qo'shish mumkin:
1. Otlashganda: O'qiganga hamma havas bilan qaraydi. Bu gapda kishiga
so'zi tushib qolganligi uchun sifatdosh otlashadi va kelishik qo'shimchasini oladi.
2. Otlashgan hollarda o'rin kelishigining qo'shimchasini olishi mumkin.
Bunda u asosan, ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi. Masalan: Oq oltin ochilganda, hamma yoq ravshan bo'lur. Sifatlovchi va kesim vazifasidagi
sifatdosh zamonni aniq ifodalaydi. Sifatdoshning zamoni agar u sifatlovchi
vazifasida bo'lsa, shaxsli fe'lning zamoni bilan moslashishi shart emas. Masalan:
Biz toshlar orasidan sharqirab chiqayotgan suvni tomosha qildik.Bunda
shaxsli fe'l (kesim) o'tgan zamonni ifodalasa, sifatdosh (oqayotgan) hozirgi
zamonni ifodalaydi. Sifatdoshlar zamon ma'nosiga ko'ra 3 turga bo'linadi:
1. O'tgan zamon sifatdoshi.
2. Hozirgi zamon sifatdoshi.
3. Kelasi zamon sifatdoshi.