Феъл сыз туркуми


Dalada ochilgan paxtalar ko'zni qamashtiradi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Феъл сыз туркуми

Dalada ochilgan paxtalar ko'zni qamashtiradi. Bu sifatlovchi bo'lgan 
harakatni anglatadi. Sifatdosh barcha fe'llar singari, o'timli-o'timsizlik, nisbat, 
bo'lishli, bo'lishsizlik va zamon kategoriyalariga ega. Masalan: O'qigan 
(nimani?) kitobni – o'timli, qo'rqqan (nima qilgan?) o'timsiz.
O'qigan – aniq nisbat, o'qilgan – majhullik nisbat, o'qitgan – orttirma 
nisbat, o'qigan -bo'lishli, o'qimagan– bo'lishsiz. O'qigan – o'tgan zamon, 
o'qiyotgan – hozirgi zamon, o'qimaydigan – kelasi zamon kabi.
Sifatdosh o'ziga tobe bo'lgan so'zlar (to'ldiruvchi, hol) hisobiga kengayib, 
sifatdosh oboroti hosil qilgan holda sostavli sifatlovchi vazifasini bajaradi. 
Masalan: Uzoq Sharqdan kelgan mehmonlar O'zbekiston boyliklari 
qarshisida hayratdan yoqa ushladilar.  
Sifatdoshga tuslovchi qo'shimchani qo'shish bilan aniqlik maylining birorta 
zamoniga xos bo'lgan fe'l hosil qilinadi. Tuslangan sifatdosh gapning kesimi 
bo'lib keladi. Masalan: Men o'qiganman, bugun mashg'ulotga borasan kabi. 
Sifatdosh odatda tuslanmaydi, sifatdoshga odatdagi hollarda kelishik 
qo'shimchalarini qo'shish mumkin: 
1. Otlashganda: O'qiganga hamma havas bilan qaraydi. Bu gapda kishiga 
so'zi tushib qolganligi uchun sifatdosh otlashadi va kelishik qo'shimchasini oladi.
2. Otlashgan hollarda o'rin kelishigining qo'shimchasini olishi mumkin. 
Bunda u asosan, ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi. Masalan: Oq oltin 
ochilganda, hamma yoq ravshan bo'lur. Sifatlovchi va kesim vazifasidagi 
sifatdosh zamonni aniq ifodalaydi. Sifatdoshning zamoni agar u sifatlovchi 
vazifasida bo'lsa, shaxsli fe'lning zamoni bilan moslashishi shart emas. Masalan: 
Biz toshlar orasidan sharqirab chiqayotgan suvni tomosha qildik. Bunda 
shaxsli fe'l (kesim) o'tgan zamonni ifodalasa, sifatdosh (oqayotgan) hozirgi 
zamonni ifodalaydi. Sifatdoshlar zamon ma'nosiga ko'ra 3 turga bo'linadi:
1. O'tgan zamon sifatdoshi.
2. Hozirgi zamon sifatdoshi.
3. Kelasi zamon sifatdoshi.


31 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin