Феъл сыз туркуми



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Феъл сыз туркуми

sug'orish kerak kabi. Ikkinchi tomondan, otga xos bo'lgan son, egalik, kelishik 
qo'shimchalarini olib, gapda ega, to'ldiruvchi, ba'zan kesim vazifalarini bajaradi. 
Masalan:
1. 
O'qituvchi uchun esa bo'sh joy yo'q (H.O.). 
2. 
Besh-olti bekatgacha tikka borish kishini charchatib qo'yadi.
3. 
Har dilda quyosh yondirmoq burchim.
4. 
Ishlashning foydasi keyin bilinadi.
Ba'zi vaqtlarda ko'makchilar bilan birga qo'llanib, hol vazifasida qo'llanadi. 
Masalan: Mansur ertalab yugurish uchun stadion tomon yo'l oldi. Harakat 
nomi –sh, -ish, -moq, -v, -uv qo'shimchalari bilan yasaladi. Hozirgi o'zbek tilida 
–sh, -ish qo'shimchalari bilan yasalgan harakat nomi vaqtli matbuotda, ilmiy 
asarlarda ko'p uchraydi. Bu forma kalka yo'li bilan, ya'ni so'zning o'zi emas, balki 
uning ma'nosi o'zlashtirilib, yangi atama yaratishda, ayniqsa, faol qatnashadi. 
Masalan: proizvodstvo-ishlab chiqarish, dom otdixa-dam olish uyi, prixod-
kelish, uxod-ketish, nablyudeniya-kuzatish, pedagogicheskoye chteniya-
pedagogik o'qish kabilar. –moq qo'shimchasi bilan yasalgan harakat nomi 
esa, hozirgi adabiy tilda kamdan-kam ishlatiladi. Bir-biriga ma'nodosh bo'lgan bu 
uch xil harakat nomidan –moq qo'shimchasi bilan yasalgan forma fe'lga yaqin 


33 
turadi. Shuning uchun uni shartli ravishda infinitiv (fe'lning noaniq formasi) deb 
olinadi.
-sh, -ish qo'shimchalari bilan yasalgan forma esa otga yaqin turadi. Shu 
bois, bu forma o'rnida –moq qo'shimchasi bilan yasalgan harakat nomini har 
vaqt ham ishlataverish mumkin bo'lmaydi. Masalan: Yuqori hosil olish – 
texnikadan foydalana olishga bog'liq. Gapdagi harakat nomini –moq 
qo'shimchasi bilan yasalgan (olmoq), bilmoqqa formalari bilan almashtirish 
stilistik jihatdan to'g'ri emas.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin