Феъл сыз туркуми


Nasriddin Afandining latifalarini aytib, ruslarni kuldiradi (O)



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Феъл сыз туркуми

Nasriddin Afandining latifalarini aytib, ruslarni kuldiradi (O). Ravishlar 
gapda asosan, hol vazifasida kelsa-da, ba'zan ular otga bog'lanib, sifatlovchi 
vazifasida qo'llanadi. Masalan: Tongning uzoq-yaqin yon bag'irlaridan 
yanada balandroq va dahshatliroq aks-sado eshitildi (S.A.). Ravishlar 
belgini ifodalashi jihatidan sifatga o'xshaydi. Biroq, sifatlar otga bog'lanib, 
harakat yoki holatning belgisini ifodalaydi. Ravishlarda so'z yasalish hodisasi 
mavjud.
2. RAVISHLARNING MA'NO JIHATDAN TURLARI. 
Ravishlar ma'no jihatdan olti turga bo'linadi:
1. 
Holat (tarz) ravishi. 
2. 
Miqdor-daraja ravishi.
3. 
Payt ravishi.
4. 
O'rin ravishi.
5. 
Sabab ravishi.
6. 
Maqsad ravishi.
1. Holat (tarz) ravishi.  
Holat (tarz) ravishi ish-harakatning qay holatda, qay usulda bajarilishini 
ifodalab, qanday?, qanday qilib?, qay tarzda? so'roqlariga javob bo'ladi. 
Ravishlarning asosiy qismini holat ravishlari tashkil etadi. Holat ravishlarini jim, 
piyoda, to'kin, tiriklay, astoydil, yaqqol, birdan, mardona, yonma-yon, 
tasodifan, ko'pincha, xomligicha, yangicha, asta, sekin kabi so'zlar hosil 
qiladi. Masalan: Yo'lchi boshini quyi solib, jim o'tirdi (O). Holat ravishi gapda:
a) tarz holi vazifasida keladi. Masalan: Zulfiya turmush sinovlariga 
mardonavor bardosh berdi;  
b) aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan: Kolxozga yangicha ilm kerak;  
v) kesim vazifasida keladi. Masalan: Auditoriya jim-jit, hamma unga 
qarar. (N. K.). 
 
2. Miqdor-daraja ravishi.  


36 
Miqdor-daraja ravishlari ish-harakat yoki belgining miqdorini yoki kuchini 
bildiradi, shuningdek, predmetning noaniq miqdorini bildiradi va qancha?, qay 
daraja? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Miqdor – daraja ravishlari ma'nosiga ko'ra 
yo miqdor tushunchasini ifodalaydi yoki boshqa so'zning faqat ma'nosini 
kuchaytiradi. Shunga ko'ra bu guruh ikkiga bo'linadi.
1. 
Miqdor ravishi.
2. 
Daraja ravishi.
1. Miqdor ravishi harakat yoki predmetning noaniq miqdorini anglatadi: 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin