Klasterlarni shakllantirish: tajribalar, natijalar va innovatsion yondashuvlar



Yüklə 289,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix05.01.2023
ölçüsü289,14 Kb.
#78529
növüСборник
1   2   3   4   5   6
admin, 4981-Текст статьи-13596-1-2-20220226

 
 


89 
KLASTER-RAQOBATDA YUTIB CHIQISHNING ENG OQILONA YO’LI 
Qulliyev Oxunjon Anvar o’g’li
Buxoro davlat universiteti
iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi 
Ekspertlar hisob-kitoblariga koʻra, bugungi kunda dunyodagi ilgʻor davlatlar 
iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga oʻtgan. Masalan, Yevropa Ittifoqida 2 mingdan 
ziyod klasterlar mavjud boʻlib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan. Daniya, 
Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya sanoatida toʻliq klaster usuli tatbiq qilingan. AQSHda esa 
mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ziyodi shu tizimda ishlab, ular tomonidan 
tayyorlanayotgan tovarlar yalpi ichki mahsulotning 60 foizini tashkil qiladi. 
Ularning eng mashhuri sizu bizga tanish boʻlgan “Silikon vodiysi”dir. 87 mingta 
kompaniya, 40 ta tadqiqot markazi va oʻnlab universitetlar faoliyat yuritadigan mazkur 
innovatsion klaster infratuzilmasiga 180 ta venchur firmasi, 47 ta investitsiya va 700 ta tijorat 
banki xizmat koʻrsatib keladi. Xoʻsh, nima uchun jahonning eng ilgʻor iqtisodiyotlari aynan 
klasterlashtirish yoʻlidan bormoqda? 
Germaniyalik mutaxassislar fikricha, aynan klaster kelajakdagi kuchli, murosasiz raqobat 
muhitida yutib chiqishning eng oqilona yoʻlidir. Zero, bunday mexanizm har qanday sharoitga 
moslasha oladi, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolarni izchillik bilan samarali yechib beradi, 
nafaqat 
muayyan 
hudud, 
balki 
davlatning 
xalqaro 
maydondagi 
raqobatdoshligini 
mustahkamlaydi, nufuzini oshiradi. Qolaversa, innovatsion iqtisodiyotga oʻtishning muhim 
bosqichi hisoblangan ushbu tizim ilm-fan, taʼlim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini 
chuqurlashtirish, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga xizmat qiladi. 
Oʻzbekistonda ham mamlakat va jamiyatning mukammal innovatsion qiyofasini yaratishda 
klaster usulidan foydalanishga katta eʼtibor qaratilyapti. Bunga agrar sohadagi saʼy-harakatlar 
yaqqol misol boʻla oladi. Ayni paytda paxta-toʻqimachilik klasterlari soni koʻpayib borayotgani, 
kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 tumandan 70 tasi toʻliq klaster tizimiga oʻtishi, yangi 
tuzilayotgan klasterlar tomonidan 41 korxona tashkil etilib, 25 mingga yaqin ish oʻrinlari 
yaratilishi rejalashtirilayotgani diqqatga sazovor.
Oʻzbekiston sharoitida agroklasterlarni rivojlantirish eng toʻgʻri yoʻldir. Chunki qishloq 
xoʻjaligi uchun noqulay kelgan yillarda ham klasterning boshqa tashkilotlari hisobidan umumiy 
ish oʻrni va ish haqi saqlab qolinadi. Yaʼni tabiat injiqligining biznesga, ishlovchilar daromadiga 
taʼsiri kamayadi. Almashlab ekish imkoniyati paydo boʻladi va tuproq unumdorligi qayta 
tiklanadi. 
Oʻzbekiston Prezidentining 2017 yil 19 maydagi Buxoro viloyatida zamonaviy paxta-
toʻqimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori asosida tuzilgan “VST 
Cluster” xorijiy korxonamiz ham shunday mezonlar boʻyicha faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur 
klaster tizimida jami sakkizta kompaniya faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. 
Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik sohasida klaster tizimini tanlab juda toʻgʻri qildi. 
Masalan, Turkiya 20 — 25 yil ichida jahon toʻqimachilik bozoridan oʻzining mustahkam oʻrnini 
egallashga erishdi. Mamlakatingiz esa klaster sharofati bilan bunday natijaga kelgusi ikki-uch 
yilda muvaffaq boʻladi, deb oʻylayman. Sababi yurtingizda kechayotgan jadal oʻzgarishlar, 
ayniqsa, har bir hududning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib klaster sohasini rivojlantirishga 
qaratilayotgan eʼtibor shunday deyishimga asos boʻladi. 
Davlatimiz rahbari dunyoning ilgʻor mamlakatlari qatoridan joy olish yoʻli, bu — agrar 
sohada, ilm-fanda, taʼlim tizimida va boshqa sohalarda klaster tizimlari joriy etilishi 
hisoblanishini koʻp bor taʼkidlab kelyapti. Yengil sanoat, neft-gaz, kimyo, biotexnologiya, AKT, 
avtomobilsozlik, transport-logistika, rekreatsion-turistik, oziq-ovqat, taʼlim, baliqchilik, 
parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik shular jumlasidandir. Mazkur sohalarda klaster 
tizimlarini yaratish ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini koʻpaytiradi, sifatini 
yaxshilaydi. Investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va 
malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi. 


90 
Bundan tashqari, klaster tizimida taʼlim ishlanmalarini yaratish, ularni qisqa muddatda 
sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar 
mehnatlarini koʻproq ragʻbatlantirish, yangi tovarlarni Oʻzbekiston brendi bilan ixtiro qilish 
uchun keng imkoniyatlar va sharoit paydo boʻladi. 
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil 
soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda boʻlgan taʼlim, ilmiy, injiniring, 
konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uygʻunlashtirish – 
innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga 
yoʻnaltirishdan iborat. Bunda aholini ish bilan taʼminlashdek muhim jihat ham oʻzini namoyon 
etadi. 
Oʻzbekistonda paxta-toʻqimachilik sanoatida klaster tizimini joriy qilish tashabbusi 
mamlakat qishloq xoʻjaligini yaxlit bir tizim asosida rivojlantirish uchun muhim omil boʻldi. Eng 
muhimi bu tizim asosida mamlakatimizning qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat qilayotgan olimlar 
birlashdi. 
Davlatimiz rahbarining “Eng muhim vazifa – xalqimiz ongida innovatsion tafakkurni 
shakllantirish, innovatsiyalar boʻlmagan joyda rivojlanish va raqobat boʻlmaydi” degan gʻoyaviy 
fikri zamirida katta hayotiy maʼno mujassam. 
Shu maʼnoda, qishloq xoʻjaligi tizimida milliy boyligimiz hisoblangan paxta-toʻqimachilik 
klasterida qoʻllanilayotgan innovatsion gʻoyalar nafaqat yengil sanoatni, balki oʻz yoʻlida 
qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish kabi oʻnlab 
tarmoqlarni ham qamrab oladi. 
Oʻzbekistonda paxta xomashyosining asosiy isteʼmolchisi toʻqimachilik sanoati boʻlib, u 
respublikaning sanoat kompleksida muhim oʻrin tutadi. Qishloq xoʻjaligi sohasida ham amalga 
oshirilayotgan ishlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. 

Yüklə 289,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin