IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TURISTIK LOGISTIKA Bababekova D. Sh. Toshkent Moliya instituti dotsenti
Aminova N. B. Toshkent Moliya instituti magistri
Turizm doimiy ravishda rivojlanib boruvchi tarmoq bo'lib, har bir turistik kompaniya o'z
oldiga iqtisodiy foyda va raqobatbardosh ustunliklarga ega bo’lishni hamda turistik bozorda
iste'molchilar talab qiladigan logistika xizmatlari sifatini muvofiqlashtirishga erishishni maqsad
qilib qo'ygan. Shu sababli, hozirgi paytda ushbu sohada yuzaga keladigan muammolarni hal
qilish va bozorda katta ulushni egallash orqali yuqori foydaga ega bo’lish uchun turli xil
usullarini izlash ishlari olib borilmoqda.
Bugungi dunyo hamjamiyati hayotimizning barcha sohalariga axborot texnologiyalarining
kirib borishi tufayli global o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Shu jumladan, O’zbekistonning
aksariyat korxonalari, xoh u ishlab chiqarish sohasi bo’lsin, xoh turizm sohasi, o'zlarining biznes
jarayonlarini birinchi navbatda innovatsion logistika kontsepsiyalariga asoslanib qurishning
yuqori samarali usullarini talab qilmoqda. Buning asosiy sababi logistik xarajatlar korxona
xarajatlarini 70-80%ini tashkil etilishi bo’lib hisoblanadi. Innovatsion logistika faqatgina ijobiy
sinergetik ta'sirni kafolatlabgina qolmay, balki bozor munosabatlari va mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishning qat'iy talablariga javob beradigan eng yangi raqamli texnologiyalardan
foydalanishga harakat qilmoqda.
Axborot texnologiyalari - bu kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari orqali ma'lumotlarni
yig'ish, tartibga solish, qayta ishlash va ta'minlash usullari to'plamidir. Evolyutsion va
innovatsion rivojlanishning ancha uzoq yo'lini bosib o'tgan zamonaviy axborot jamiyati uchun
xarakterli jihati shundaki, jamiyatning har bir a'zosiga tarmoq va shaxsiy kompyuterlardan
foydalanish orqali butun dunyo bo'ylab axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini