Maktabgacha yoshda tarbiya _A muvofiq tarzda olib bo-rilganda ko‘rish,
eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko‘rgazmali-ta’sirchan va
obrazli fikrlash, irodaviy, hissnn va sabab jarayonlari rivojlanadi. Bolalar
bilish jarayonini egallab borar ekanlar,
eng oddiy tahlil eti shva
umumlashtirish, tasniflashga qodir bo‘lib boradilar, o‘zlarini o‘rab
turgan buyumlar va xodisalar to‘g‘risida mulohaza bildira boshlaydilar.
Umuman maktabgacha yosh sinchkovlik, qiziquvchanlik bilan ajralib
turadi.
Kishilarning jamiyatda
birga yashashi, o‘zaro bir-birini qo‘llab-
quvvatlashi, ozchilikdan-ko‘pchilikning afzalligi haqida payg‘ambarimiz
S.s.a.v.ning hadislarida: «Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki
kishidan yaxshi, to‘rt kishi uch kishidan yaxshi, ko‘pchilik bilan birga
bo‘linglar. Tangri ummatlarini faqat to‘g‘ri yo‘lda borishlikka birlashtiradi», -
deyilgan. Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon kun ham tushganda
albatta xal, qarindosh-urug‘ madadkor bo‘ladi. Buni biz uruf-odatlarimizda
ko‘rishimiz mumkin. M: hasharotlar, to‘yga to‘yona bilan kelish va hakazo.
SHaxsni shakllantirishning muhim omillari bo‘lgan jamoa to‘g‘risidagi
ta’limot ahloq tarbiyasida muhim o‘rinni egallaydi. Buning uchun bolalarni
asta-sekin, avval bir necha kichik-kichik guruhlarda uyushtirib, so‘ng
birgalikda Biron ishni bajarishga tortish kerak. Bunda qo‘yilgan maqsad
bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Umumiy ish har bola ozgina bo‘lsa ham
ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday xususiyatlarni
tarbiyalashda san’at, bolalar bayramlari, birgalikdagi mehnat va
faoliyatlarning tutgan o‘rni kattadir.
Bolalar o‘yinlari va mehnatining jamoa tusida bo‘lishi alohida ahamiyatga
ega. Bular bolalarni birga xarakat qilishga, o‘z
intilishlarini umumiy
maqsadga yo‘naltirishga, o‘z ishini va maqsadini boshqarish ishi va
xarakatiga bo‘y sungan holda boshqarishga o‘rgatadi.
Bola yoshligan boshlab, o‘zida boshqalar bilan bolalar jamoasi bilan
muloqotda, birgalikda bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani
o‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi.
YAshab turgan joydagi yoki ota-onasini ish joyidagi maktabgacha ta’lim
muassasalariga qatnay boshlaydi. Bu muassasalarga bola o‘z
xoxishi bilan
bormaydi. SHunga qaramay bola bu jamoaning qonun-qoidalariga bo‘y
sunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. Aks xolda uni jamoa
kechirmaydi. Natijada bola o‘zi yashayotgan ahloq,, odob tadribalarini
egallashga majbur bo‘ladi. SHuning uchun buyuk mutafakkir A.Navoiy bola
yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan
baxramand bo‘lishlarini tavsiya etadi.
Bolalar o‘zaro yashayotgan jamoaga bo‘lgan munosabatiga qarab bir
necha guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh ijobiy xulqli bolalar bo‘lib, ularni
jamoa a’zolari xurmat qiladilar. Bu toifadagi bolalar
jamoasining faollari
bo‘lib, tarbiyachi jamoa munosabatlarini o‘rnatishda ularga suyanadi.
Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo‘shiladi, ammo
barqaror bo‘lishadi.
Uchinchi guruhdagilar tortinchoq bo‘lib, o‘yinda qatnashmaydi,
mashg‘ulotlarida ham sust bo‘lishadi, bunday bolalarga alohida e’tibor va
yordam berish zarur.
Tarbiyachining har bir bolaga nisbatan diqqat e’tiborli bo‘lishi va
pedagogik sharoit bilan yondashishi talab etiladi.
Jamoatchilikning tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni
takomillashtirish.
5.
Dostları ilə paylaş: