Raxmonova d. B


Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning roli



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.01.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#78995
1   2   3   4   5
Bolalar jamoasi

Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning roli. 
Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, 
buning asosida roli uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat 
va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi 
shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, 
ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni 
o‘zlashtiradi, SHu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs 
xususiyatlari shakllanadi. 
Bolaning faoliyatdagi faol mavqei uni faqat tarbiya ob’ek-tiga emas, shu 
bilan birga tarbiya sub’ektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va 
rivojlantirishda faoliyatning etakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning 
rivojlanishi va tarbiya-lanishining yosh bilan bog‘lik davrlarida 
faoliyatning turli xil-lari yonma-yon bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, 
lekin bunda ularning roli bir xil bo‘lmaydi: har bir bosqichda 
faoliyatning etakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy 
yutuqlar namoyon bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat 
maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshi-riladigan 
harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma’lumotlarning 


dalolat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta 
yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-
xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar 
bog‘chasidagi tarbiya va ta’lim sharoitlariga bog‘lik, bo‘ladi. (A. N. 
Leontev va boshqalar). 
Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng od-diy 
turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va at-rofdagi 
narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisob-lanadi. 
Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (hissiy va hissiy-
predmetli muomalasining) eng oddiy turlari unda taassurotlarga bo‘lgan 
ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvurlarini shakllantiradi. YAngi xarakat 
usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq 
faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo‘yilgan 
zamin-ga, taqlid kilishga ham borliq bo‘ladi. Hayotning dastlabki yil-
larida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni 
o‘z ichiga oladigan yo‘l-yo‘riq tadqiqot faoliyati bolalar faoliyatining 
asosiy turlari bo‘ladi. Tarbiyachilar bola-lar bilan muomalada bo‘lar 
ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. SHunday yo‘l bilan 
bolalar o‘ziga xos buyumlar bilan bog‘liq faoliyatni egallaydilar. Bunda 
muomalaning o‘zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi. 
Buyumlar bilan bog‘lik faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha 
tarbiya muassasasida ham bir va ikki eshli bolalarni tarbiyalash 
vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu faoliyatda barcha bilish 
jarayonlari, maqsadlari va xulk-atvor sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda 


bolalar tarbiyachilar rahbarligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan 
kilinadigan harakatlar to‘g‘risida dastlabki bilimlarni o‘zlashtiradilar. 
Bola ikki yarim yoshga to‘lganda buyumlar bilan bog‘lik fao-liyat va 
muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi, o‘yin va tasviriy 
faoliyatga o‘tish uchun asos yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan muloqot va 
faoliyatda bolalarda o‘zini-o‘zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. 
Bola o‘ziii atrof-dagi odamlardan ajratadigan, o‘z imkoniyatlarini anglab 
etadi^ gan bo‘la boshlaydi. Mustakillik rivojlanishining ana shu bosqichida 
bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O‘zini-o‘zi 
anglashning dastlabki shakllari xulq-atvor sabablarini shakllantirishning 
boshlanishi bo‘ladi. 
Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning 
ishtiroki va ta’siri ostida ro‘y bersa, 4—6 yoshli bolalar xilma-xil 
faoliyatga tobora mustaqil, o‘z xoxishlariga ko‘ra qo‘shiladilar, bunda 
ongning roli oshadi va ba’zan ijodiy xususiyatga ega bo‘ladi. 
Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya yoshi-da 
etakchi bo‘ladigan o‘yin faolyyatida maktabgacha yoshdagi bolaning 
ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rah-barligidagi o‘yinlar 
chog‘ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari 
va belgilari to‘g‘risidagi bilim-larni o‘zlashtiradilar. Bolalar makon, vakt 
munosabatlarini, o‘xshashlikka va bir xillikka oid alokalarni anglab 
etadi-lar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o‘yinlar harakatlar-ning 
rivojlanishiga, makonda yul-yo‘riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi 
o‘yinlarda bolalar odamlar o‘rtasidagi munosabat-larni, harakatlarni 


muvofiklashtirishning ahamiyatini anglab etadilar va o‘zlashtiradilar, 
atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi ta-savvurlarini kengaytiradilar. 
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining maz-muni 
xilma-xil bo‘ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyat-lari kengayadi. 
Uyin hayolni rivojlantirishga, atrofdagn voqelik, odamlar mehnati 
to‘rrisidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxs-ning jamoachilik 
xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi. 
Muntazam mehnat topshiriqlari o‘z faoliyatini jamoat man-faatlariga 
bo‘ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy 
natijalaridan quvonish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi. 
Mashg‘ulotlardagi eng oddiy o‘quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy 
turmush, odamlar hakidagi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek aqliy 
va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 3—4 
yoshda ta’lim paytida bolalarning e’tibori tabiat, odamlar xayotidagi anik 
faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5—6 yoshli bolalarga ta’lim berish 
muhim aloqalar va munosabatlarni o‘zlashtirishga va aloqalarni 
umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga 
karatilgan bo‘la-di, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining 
rivojlanishiga olib keladi. O‘zlashtirllgan bilimlar va rivojlangan aqliy 
qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda ko‘llaydilar. 
Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda 
faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi. 


Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, 
maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadikn, u bolaga 
maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi. 
Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo‘lib qoladi va uni bolalar 
ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushuna-dilar. Bolaning 
jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-
harakatini o‘zgacha nuktai nazardan — maktab o‘quvchnsi nuqtai 
nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik 
ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan 
tobora murakkablashib boraetgan talablarini bajarishga intiladi. 
Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijti-moiy-tarixiy 
tabiati har bir yosh avlodga ob’ektiv ravishda berilgan bo‘ladi. 
Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, ahloqda 
va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi 
faoliyatda va mulokotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta 
avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana 
shunday shakllanadi. 
Tarbiya tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi 
hulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagi-na kutilgan 
natijalarga erishadi. 
Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchi-lik roli 
to‘rrisidagi qoidadan kelib chiqib, uning o‘quv-tarbiya muassasalaridagi 
va oiladagi hayotini u faoliyatning xil-xil turlariga boy bo‘ladigan qilib 
uyushtirish zarur. Bunda ularga mazmunni boyitishga, yangi 


ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, mustaqil-likni rivojlantirishga qaratilgan 
rahbarlik ta’minlanishi ke-rak. 
Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari bo-lalarning 
rivojlanish jarayoni, ularning yoshi bnlan izohlanadi. Jumladan, kichik 
yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ularning mustaqil hayotga 
butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi. 
Keyingi yosh gruppalarida maktabgacha yoshdagi bolaning musta-qilligi 
va moslashishi ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta’lim-
tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari 
o‘zgaradi. Bolaning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan 
rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan tar-biya-ta’lim ishini 
murakkablashtirish imkonini beradi. 
Tarbiya vazifalari mazmuni, metodlarini yoshga karab tabaqa-lashtirish 
hozirgi fanda qabul qilingan odam hayotini davrlarga bo‘lishga tayanadi. 
Bir tomondan, vaqtni orkaga qaytarib bo‘lmasligi, odam umrining 
qancha davom etishi va ikkinchi tomon-dan, tarbiya va ta’lim sistemasi 
bilan izohlanadigan ruhiy rivojlanishning olg‘a harakat qilishi yoshga 
qarab tabakalashtirishning asosi hisoblanadi. YOsh davrlari — odam 
rivojlanishining majburiy bosqichlaridir. 
Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistema-larining 
etilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy 
tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan 
belgilanadi. 


YOsh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga 
teskari jarayon ham ro‘y beradi, shu sababli har bir yosh uchun 
shaxsning sensor, aqliy, hissiy, irodaviy, sababiy tomonlari kabi 
xususiyatlar xosdir; ular orasidagi o‘zaro aloqa o‘zgaradi, bu esa 
rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvor-ni tartibga solishga ta’sir 
ko‘rsatadi. Esh bilan birga faoliyat-ning etakchi turi xam o‘zgaradi. 
Biroq shaxsning‘ ruhiy rivojla-nish darajasi faqat yashagan yillar natijasi 
emas: har qanday yoshda, ayniqsa bolalikda tarbiya va ta’lim sistemasi, 
shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Esh bilan 
bog‘lik. rivojlanish muddatlarida o‘ziga xos siljishlar xam bo‘lishi 
mumkin. 
Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj, ko‘ngli nozik bo‘adi. SHu bilan 
birga bu o‘sish va rivojlanish sur’atlari juda yukori bo‘lgan yoshdir. SHu 
sababli to‘laqonli rivojlanishni ta’minlash uchun bolalarning sog‘lig‘ini 
muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning hayotini to‘g‘ri tashkil etish 
uchun har bir bolaning hissiy ijobiy holatiga ko‘maklashuvchi shart-
sharoitlarini yaratish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarur. 
Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilib 
o‘zini ko‘tarish, yurish kabi xilma-xnl harakatlarni egallaydi- 
lar. Xarakat ayrim turlarining o‘z vaqtida paydo bo‘lishi va ket- 
ma-ketligi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlariga va tarbiya sis- 
temasiga borliq bo‘ladi. Zotan, bolalarni yaxshi ovqatlantirish, 
parvarish kilksh, ular bilan tez-tez mulokotda bo‘lib turish tu- 
fayli ular bu sharoitlar yo‘q bo‘lgan paytdagidan ancha erta 


mustakil yura boshlaydilar. Ilk yoshda sensor rivojlanish, aq- 
liy 
rivojlanish 
asoslari, 
his-tuyg‘ularni, 
idrok etishni, tasav- 
vurlarni takomillashtirish katta ahamiyatga ega. 
Nutqning shakllanishi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning muhim esh 
xususiyati hisoblanadi, 3 yoshga borganda bolalar ona tilining deyarli 
barcha jihatlarini egallagan bo‘ladilar va kattalar hamda tengdoshlari 
bilan nutkdan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. 
Ilk yoshda buyshlar bilan ysh yuritishning asosiy yo‘nalish-lari, o‘yin 
faoliyati, tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib 
topadi. Bolalar o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsa-tishning eng sodda 
ko‘nikmalarini egallaydilar, bu bolaning o‘ziga xos mustaqilligini 
belgilab beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch yoshda tengdoshlari bilan 
o‘zaro munosabatlar rivojlanadi: ular birgalikdagi o‘yinlarda bir-birlari 
bilan muomalada bo‘lishni va o‘zlarini o‘yin qoidalariga muvofiq 
tutishni o‘rganadilar. 


Yosh xususiyatlari faqat aqliy sohagagina emas, shu bilan birga hissiy, 
irodaviy, sabab sohalariga ham taalluqli bo‘ladi: hayotning dastlabki 
yillarida bolalarning xulq-atvori asosan bevosita his-tuyg‘ular bilan 
tartibga solnnadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, 
ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni tushunishni 
o‘rgatib borish kerak. 
Bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning 
yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish kerak, bu ishni ilk yoshdan 
boshlab amalga oshirish zarur. 
Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash sistemasi yosh avlod umu-miy ta’lim-
tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblana-di. 



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin